Psixologik test: Shaxsiy imzo orqali feʼl-atvorni aniqlash usuli

Imzo oʻlchamingiz katta-katta boʻlsa, fikrlash doirasi va dunyo qarashi keng odam sanalasiz. Agar imzoyingiz kichik oʻlchamda boʻlsa siz bir soʻzli odamlar toifasiga kirasiz.
Uzun imzo –sinchkov va baʼzan mijgʻov odamlarga tegishli.

Kalta imzo chekuvchi shaxslar gapning magʻzini tezda chaqishadi. Ular bir xillikni sira ham hushlamaydilar.
Dumaloq imzo egalari yuvosh, mehribon va oʻgir-vazmin boʻladilar.

Burchaksimon imzo chekuvchilar betoqat, injiq va jizzakilar sirasiga kiradi.
Harflar orasidagi oraliq katta boʻlsa, saxiy va pul sarflashni yaxshi koʻruvchi shaxs ekanligidan dalolat.
Imzodagi harflar zich va mayda boʻlsa uning egasi oʻta tejamkor odamdir.

Har xil elementlarga boy imzo, masalan, aylana mavjud boʻlsa - bu insonning bir qancha muammolari bor ekanligidan dalolatdir. Ilmoqcha boʻlsa – shaxsning ehtiyotkor va qatiyatli ekanligi, suratlar bilan boʻlsa- har bir ishga ijodkorona yondashishi , murakkab elementlar mavjud boʻlsa – katta lavozimlarni koʻzlovchi odam ekanligini biladiradi.

Imzoning yakunidagi element yuqoriga boʻlsa, hayotdan mamnun; bordi-yu pastga yoʻnalgan boʻlsa, tushkunlikka moyil odam ekanligini bilib olish mumkin. Imzo yakuni toʻgʻriga yoʻnalib tugagan boʻlsa, feʼl atvoridagi oʻzgaruvchanlikni sezish mumkin.
Bordiyu imzodagi “dum” lar uzun boʻlsa, bunday odamlar oʻzgalarning fikrini eshitishga qodir boʻlishmaydi. “Dum” kalta boʻlgan taqdirda yuragi tor inson deya oʻylashimiz mumkin.

Oddiy imzo egalari “muammo yoʻq” qabilida yashovchilar sirasiga kiradi, bachkana qoʻl qoʻyuvchi odamlar esa biroz pashshadan fil yasash hususiyatiga ega boʻladilar.
Noodatiy va original imzo egalari katta ijodiy salohiyatga ega, kashfiyotchi hamda hamisha koʻtarinki kayfiyatda yuruvchilar toifasidandirlar. Bunday insonlar bilan esa zerikish nimaligini unutish mumkin. Xazilkashliklari bois atrofdagi barcha odamlarga ham kayfiyat ulasha oladilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



