6 daqiqa ichida supermarketnikidan ham mazaliroq chipslarni mikroto’lqinli pechda tayyorlash usuli
6 daqiqa ichida supermarketnikidan ham mazaliroq chipslarni mikroto’lqinli pechda tayyorlash usuli
Mazali narsalarni barchasi - zararli, foydali narsalar esa- shaffof. Ammo qiziqarli badiiy film tomosha qila turib chipslar pachkasini paqqos tushirayotgan paytda falsafaga nima bor?

Gazaklarning nozik ta’bli qadrlovchilari bemalol tantana qilishlari mumkin: ortiqcha kaloriyalar uchun vijdon boshqa azoblanmaydi, chunki “foydali” chipslar haqiqatdan ham mavjud! Buning ustiga ularni o’zingiz uydan ham chiqmagan holda tayyorlashingiz mumkin. Tayyorlasangizular supermarketnikidan ham mazaliroq bo’ladi.

Kartofel chipslari – dunyodagi eng keng tarqalgan gazak. U bunga arziydi: yorqin qadoqning ichidagi mazali gazak oldida kim ham o’zini ushlab tura olardi? Ammo shu qadoqning ichiga bir qator aromatizatorlar, stabilizatorlar va boshqa “E”- lar qo’shiladi. 

Aynan shular tanada kaloriya to’plab yog’ hujayralarida bosib saqlanishiga sababchi bo’ladi.Xo’sh, bu mazali taomdan umuman voz kechish kerakmi? Bizning javobimiz – yo’q. Ammo supermarketdagi chisplarning o’rniga boshqasini tatib ko’rish arzigudek. Boz ustiga siz uni o’zingiz 10 daqiqada, balki undan ham kamroq vaqtda tayyorlashingiz mumkin.

 

 

“Sog’lom” chipslarni tayyorlash uchun sizga quyidagilar kerak bo’ladi:

 

 

1. Bitta yirik kartoshka (jamoa vakillari soni va ishtahaga qarab ko’roq ham tayyorlash mumkin);

2. Zaytun yog’i;

3. Tuz vaziravorlar (ta’bga muvofiq);

4. Sovuq suvli kosa;

5. Qog’oz salfetkalar;

6. Mikroto’lqinli pech va unda isitish uchun idish.

Kartoshkani iloji bor qadar, shaffoflikka erishgan darajada  yupqaroq qilib kesing. Oqibatdagi “qarsillash” qobiliyati aynan kesilgan bo’lakchalarni qalinligiga bog’liq. Eng qulay usulbuning uchun maxsus qirg’ich yoki sabzavot archgichdan foydalanish. Ammo bosh oshpazning o’tkir pichog’i ham ma’qul bo’ladi.

Bo’lakchalarni kesib bo’lgandan keyin darhol ularni sovuq suvli kosaga soling. Ularni eng yaxshisi ikki daqiqaga suvning ichida qoldirgan ma’qul. Keyin suvni to’kib tashlang.Bu ortiqcha kraxmalni yo’qotish maqsadida bajariladi.

 

Bo’lakchalarni toza oshxona sochig’iga o’rab ustidan yengilgina bosib chiqib quriting.

 

 

Endi mikroto’lqinli pechda quritish uchun yaroqli bo’lgan xohlagan idishni oling. Unga ikki qavat qog’oz (pergament yoki oddiy qog’ozli salfetka) to’shang. Qog’ozning ustiga kartoshkaning dumaloq bo’lakchalarini terib chiqing. Ular bir biriga tegib qolmasin, aks holda bir biriga yopishib qolib bitta o’ta ko’rimsiz, tasqara shaklda pishadi. 

Endi bo’lakchlarni ikkala tomonidan zaytun yog’i bilan surtib chiqing (yaltiroq po’stloq hosil qilish uchun), ustidan esa ta’bingizga qarab tuz va ziravorlarni seping. Masalan, qizil qalampir bilan karrini bir vaqtda sepsa bo’ladi. 

Tayyorlangan kartoshkali idishni 3 daqiqa rejimini o’rnatib mikroto’lqinli pechning ichiga qo’ying. Keyin har bir bo’lakchani o’girib chiqing, pech quvvatini 50 foizga tushiring va yana uch daqiqaga idishni soling. Agar chipslarning bir qismi tayyor bo’lsa ularni oling. Tayyor bo’lmaganlarini 50 foizli quvvat rejimida yana bir daqiqaga qaytib solib qo’ying. Shu tarzda to’liq tayyor bo’lgunicha 1 daqiqadan davom ettiravering.

Uzog’i bilan 6-10 daqiqa ichida (bo’lakchalarning qalinligi va mikroto’lqinli pechning quvvatiga bog’liq) o’z qo’lingiz bilan tayyorlagan a’lo darajadagi gazak kutadi. Natija tayyor va buning uchun hech qanday kimyoviy qo’shimchaning ham keragi yo’q – sof tabiiy mahsulot! Yoqimli ishtaha! 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook