Afsonaga aylangan go’zallar taqdiri: XX asrning mashxur 4 aktrisasi haqida
Afsonaga aylangan go’zallar taqdiri: XX asrning mashxur 4 aktrisasi haqida
Rivojlanib borayotgan zamonda, ayollarning husn me'yorlari ham harakatda bo’ladi. Bugungi kun kishilari o’z tashqi ko’rinishidagi kamchiliklarni zamonaviy texnologiyalar, turli kosmetik vositalar yordamida berkitish imkoniyatiga egadirlar. Biroq o’tgan asrda yashab o’tgan aktrisa va ayol ijodkorlar saxnaga faqat o’zlarining tabiiy chiroyiga ishongan holda chiqqanlar. Bu kabi go’zallar qiyofasi esa bugungi kunning zamonaviy ayollari havasini keltirishi ham ayni haqiqiat.

Maftunkor aktrisa Greys Kelli faoliyatini atigi 4 yil davom ettirgan. U 1952-yildan1956-yilga qadar kino olamida faoliyat olib borgan. Aktrisaning nomzodi ushbu davr ichida ikkita nominatsiya bo’yicha “Oskar” mukofotiga qo’yilgan. Yulduz “Qishloqi qiz” filmi uchun mukofotni qo’lga kiritdi. Greys Kelli avsonaviy Alfred Xichkokning 3ta filmida suratga tushdi. Aktrisa o’z muhabbati uchun faoliyatiga nuqta qo’ydi.

Monakoning buyuk knyazi Rene III rafiqasining filmlarda suratga tushishiga qarshilik qilgan. Ular 3 nafar farzandning ota-onasiga aylanishgan. Greys Kelli 52 yoshda avtomobil halokati oqibatida dunyodan ko’z yumdi.

O’z vaqtida Odri Xepbern Gollivudning eng go’zal, zamonaviy va talabgir aktrisalaridan biri bo’lgan. Uni Amerika kino olamidagi eng yaxshi aktrisa deb ham atashadi. Yulduzning oshiqlari son-sanoq bilmasdi. Odri juda o’qimishli inson o’lib, 6 ta tilni bilgan, adabiyotga juda qiziqqan. U o’zining faoliyati davomida 32 ta filmda suratga tushgan. Ularning eng mashxurlari esa “Rim ta’tillari”, “Mening sohibjamol honimim”, “Urush vatinchlik”, “Sharada” kabilar bo’lgan. Odri Xepbern ichak saratoni kasalligidan vafot etgan.

Gollivudning eng sohibjamol aktrisalari haqida so’zlay turib, Merlin Monroni yoddan chiqarish mumkin emas, albatta. Merlin Monro o’z davrining moda timsoliga aylangan, jozibasi bilan barchani maftun eta olgan va shoirlar she'rlariga mavzu bo’la olgan maftunkor aktrisa edi. Merlin Monroning shuxrati bugungi kunga qadar yetib kelgani ham bejizga emas. Merlin Monro ijodiy faoliyati davomida 28 filmda suratga tushgan. Aktrisa juda erta 36 yoshida olamdan ko’z yumdi. Uni Los-Anjelesdagi uyidan jonsiz holda topishgan. O’limiga sabab esa ko’p midorda ichilgan uyqu dori bo’lgan ekan. 

 “Shamollarda qolgan hislarim” serialidagi Skarlett Oxara roli bilan barchaga tanilgan Viven Li Gollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri bo’lgan. Orson Uells kunlarning birida aktrisa haqida uning asr davomida dunyoga keladigan va butun dunyo nigohini o’ziga rom eta oladigan ayollardan ekanligini aytgan edi. U barcha rejissorlarning orzusi bo’lishiga qaramay ijodi davomida atigi 21 ta filmda ro’l ijro qildi. Ular orasida “Shamollarda qolgan hislarim”, “Anna Karenina”, “Orzu tramvayi” kabi asarlarni alohida ta’kidlab o’tish lozim. Viven Li 53 yoshida sil kasalligi sabab olamdan ko’z yumdi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook