Agar ari chaqib olsa. Ari, asalari, tukli ari yoki qovog‘ari chaqib olgan taqdirda birinchi yordam ko‘rsatish
Agar ari chaqib olsa. Ari, asalari, tukli ari yoki qovog‘ari chaqib olgan taqdirda birinchi yordam ko‘rsatish
Agar Sizni yoki yoningizdagilarni ari, asalari, tukli ari yoki qovog‘ari chaqib olgan bo‘lsa eng avvalo vazminlikni yo‘qotmang va vahima qilmang. Albatta, bu juda nohush tuyg‘u, lekin bu chaqish dahshatga aylanib ketib qolmasligi uchun quyidagi narsalarni bilib olsangiz, zarar qilmaydi. Aniqrog‘i, ushbu narsalarni bilib olish zarur!

Ularning basharasini tanib oling

Oddiy sariq arini umrida hech bo‘lmasa bir marta uchratmagan insonni topish juda qiyin. Agar shunday odamni bilsangiz uni ari bilan tanishtirishning eng oddiy usuli - kichginagina bir bo‘lak xom go‘sht yoki bir piyola suvga ikki qoshiq shakarni aralashtirib ochiq joyga qo‘yib qo‘ying. Ari o‘zini ko‘p kuttirmaydi. Asalari, tukli ari, qovog‘arilar esa oddiy arilarga nisbatan kamroq uchraydi.    

Mana bu chaqag‘onlarning tashqi ko‘rinishi:

Mana bu chaqag‘onlarning tashqi ko‘rinishi: Ari chaqishning alomatlari

Ari chaqqandan so‘ng, odatda badanda organizmning mahalliy reaktsiyasi kuzatiladi.Ko‘z, qovoq, yuz yoki terining boshqa nisabatan yumshoq joylari chaqib olinganbo‘lsa shishlar yoki solqishlar kuchliroq bo‘ladi. Yana shuni ham e’tiborga olish kerakki, zaiflashgan kishilar, allergiyasi borlar, bolalar va ayollar zaharga ta’sirchanligi ancha yuqoriroq bo‘ladi.

Chaqib olingan joyning shishib yoki solqib ketishidan tashqari inson organizmida quyidagi alomatlar vujudga kelishi mumkin:  

— kuchliog‘riq va achishish;

— chaqib olingan joyning qizarib ketishi;

— chaqib olingan joyning o‘ta shishib ketishi;

— butun badanga tarvoq toshib ketishi;

— badan haroratining oshib ketishi;

— boshning og‘rishi;

— ko‘ngil aynishi va qusish;

— badanning qaltiroqqa tushishi.

Sog‘lom odamda chaqishning oqibatlari odatda birnecha kundan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi.

Ari chaqib olgan paytdagi xavf-xatar

Agar Sizni yoki yaqinlaringizni bitta ari chaqib olgan bo‘lsa hech qanday jiddiy oqibatlar ro‘y bermaydi, ammo agar bir vaqtning o‘zida bir necha ari chaqib olgan bo‘lsa umumiy toksik reaktsiya to‘g‘risida gapirish mumkin. Uning og‘ir kechishi organizmga kirib qolgan zaharning umumiy miqdoriga bog‘liq. 500 va undan ortiq pardaqanotli hasharotlar chaqishidan qolgan zaharning miqdori inson uchun halokatli hisoblanishi ma’lum.

Ari,asalari, tukli ari, qovog‘ari yoki boshqa pardaqanotli hasharotlarning zahriga allergiyasi bor atigi 1-2 foiz odamlargina bundan mustasno. Bunday kishini hatto bitta hasharot chaqib olsa ham oqibatlari juda og‘ir yoki o‘ta ayanchli bo‘lishi mumkin. Achishish va shishib ketishdan tashqari bir qator hodisalarda nafas qisish, kuchli yurak urishi, bosh aylanishi, qorindagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, yuqori harorat, badanning qartiroqqa tushishi va hatto qisqa muddatli hushdan ketish holati ham kuzatilishi mumkin. Til va hiqildoqning shishib ketishi juda ham katta xavf tug‘diradi, chunki bu bo‘g‘ilib qolishga va nafas olish yo‘llarini to‘sib qo‘yishga olib kelishi mumkin.

Juda muhim! Allergik reaksiya insonni pardaqanotli hasharot birinchi marta chaqqanida vujudga kelmaydi. Ammo har bir keyingi chaqishdan so‘ng paydo bo‘ladigan reaksiya avvalgi safardan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi. Hayot uchun xavf tug‘diradigan eng og‘ir allergik reaksiya - anafilaktik shok. Bu holda chaqib olishdan keyin inson shu zahotiyoq o‘zining hushini yo‘qotadi, undagi ko‘p organlar va tizimlarining faoliyati, va birinchi navbatda yurak-tomir tizimi buziladi.

Ari, asalari, tukli ari yoki qovog‘ari chaqib olganda birinchi yordam ko‘rsatish

Ayrim chaqog‘on hasharotlarni tanib olish masalasini ko‘rib chiqdik. Ular chaqib olishidan keyingi alomatlari bilan ham tanishib oldik. Endigi navbatda ari, asalari, tukli ari, qovog‘ari yoki shu kabilar chaqib olganida nima qilish kerakligini bilib olish qoldi.

1. Nishni chiqarib tashlang.

Shuni doim esda tutish lozimki, ari chaqqandan keyin badaningizdan uning nishini izlab vaqt o‘tkazishning keragi yo‘q, chunki u nishni badaningizda qoldirmaydi, agaruni o‘z badaningizga “pechatlab” qo‘ymagan bo‘lsangiz, albatta. Ammo asalari chaqib olgandagi holat mutlaqo boshqacha kechadi. Asalarining nishida kertikliklari bor. U chaqqan paytda nishi badaningizda qolib ketadi. Shuning uchun ham uni chiqarib tashlash kerak. Bu juda oson, eng asosiysi - yaraga infeksiya kirib qolmasligi uchun uni, va shu bilan birga asalari nishini olish asbobini dezinfeksiya qilib tashlash kerak. Buni yara uchun vodorod perekisi,suv bilan chatishtirilgan nashatir spirti, yod, spirt eritmasi yordamida, asbob (masalan pinset) uchun esa oddiy tibbiy etil spirti yordamida amalga oshirish mumkin.

Juda muhim! Zaharni siqib chiqarishga urinmang, chunki salga yaraga infeksiya kiritib qo‘yish mumkin.

Nishni albatta sterillangan asbob bilan chiqaring

Nishni albatta sterillangan asbob bilan chiqaring

2.Zaharni organizmga tarqalib ketishiga to‘sqinlik qilish

2. Endi, nish chiqarib tashlangandan so‘ng, zaharni organizmga tarqalib ketishiga to‘sqinlik qilish, shuningdek allergik reaksiyaning oldini olib, uni vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

— umumiy toksik reaksiya paytida jabrlangan iloji bor qadar ko‘proq suyuqlik ichishi tavsiya etiladi. Eng afzalrog‘i — shirin toza suv, issiq shirin choy;

— Shishib ketgan joyga sovuq suv to‘ldirigan grelka yoki nam sochiq qo‘yilgani ma’qul, buzaharning organizmga singishini ancha sekinlashtiradi;

— Birparcha matoni oziq-ovqat sodasi eritmasi (1 stakan suvga 1 choy qoshig‘i) bilan ho‘llab chaqib olingan joyga 15-20 daqiqaga qo‘yish kerak.

— Yaraga qo‘yilgan suvga ivitilgan oqqand bo‘lakchasi zaharni chiqarib tashlashga yordam beradi.

—“Klaritin”, “Suprastin” yoki shunga o‘xshash boshqa dori moddalar qabul qilinishi bilan allergik reaksiyaning oldi olinadi.

3. Og‘riq va shishish yoki solqishni yo‘qotish uchun

— Chaqib olingan joyga sovuq kompress yoki matoga o‘ralgan muz eng kamida 30 daqiqaga qo‘yilishi kerak. Shu bilan birga yaraga spirtga yoki suv bilan chatishtirilgan sirkaga ivitilgan matodan kompressni ham qo‘ysa bo‘ladi;

— Limon sharbatidan kompress tayyorlash og‘riqni bartaraf qilib shishib ketishni pasaytiradi;

— hushbo‘y kalliziya damlamasi bilan aroqdan kompress tayyorlash mumkin;

— chaqib olingan joyga kesilgan piyozbosh, pomidor yoki sarimsoq piyozni qo‘yish;

— yarachaga kesilgan olmani qo‘yish;

— yarachaga maydalangan yoki chaynalgan yangi uzilgan petrushka (kashnichsimon ko‘kat) barglarini qo‘yish;

— chaqib olingan joyga suvga ivitilgan Validol tabletkasini qo‘yish;

— Dimedrol qabul qilish. Bu dori moddasini faqat agar shish juda katta bo‘lib ketsa, ya’ni allergik reaksiya boshlangan bo‘lsagina qabul qilish zarur;

— soda bilan suvdan tayyorlangan bo‘tqachani chaqib olingan joyga qo‘yish. Qizarishniham, bo‘rtishni ham, og‘riqni ham qoldiradi;

— yarachaga kalanxoe yoki zupturum bargini qo‘yish;

— chaqib olingan joydagi teriga kalendula yoki zupturum eritmasini surtish. Ularni dorixonada sotib olish mumkin;

Muhim! Alkogol mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi, chunki ushishlar va solqishlarni badtar kuchaytirib yuboradi.

Arterial qon bosimining keskin tushib ketishini oldini olish uchun, jabrlangan kishiga kordiaminning 20-25 tomchisini berish mumkin.

Muhim! Hasharotlarning chaqishiga allergiyasi bor kishilar yozda o‘zi bilan birga allergolog tomonidan allergik kasallikka egabemor “pasporti”ni olib yurish tavsiya etiladi. Bunday hujjatda bemorning ismi, familiyasi va otasining ismi, uningyoshi, uy adresi, telefon raqami, diagnoz, bemor tekshirishdan o‘tgan allergologik kabinetning telefon raqami va pardaqanotlilar tomonidan chaqish hodisasi ro‘y bergan holdagi birinchi zaruriy yordam choralari yozilgan bo‘ladi. Bundan tashqari shpris va “pasport”da ko‘rsatilgan dori moddalar ham kerak bo‘ladi, albatta. Biroq, anafilaktik shok holati yuz bergan taqdirda zudlik bilan “Tez tibbiy yordam”ni chaqirish yoki jabrlangan kishini eng yaqin tibbiy muassasaga yetkazib qo‘yish zarur.

Agar o‘ta kuchli allergik reaksiya boshlangan bo‘lsa (anafilaktik shok)

Ari yoki boshqa chaqag‘on hasharotning chaqishidan keyin agar anafilaktik shok (o‘ta kuchli allergik reaksiya) boshlangan taqdirda asoratlar yoki o‘ta mushkul vaziyatni oldini olish uchun quyidagi choralarni ko‘rish zarur:

1.Jabrlangan kishini tor kiyimdan xalos qilish va toza havo bilan ta’minlash.

2. 2 kubikli shprisga bir ampula (1 ml) adrenalin olinadi. Shundan keyin jabrlangan kishining yelkasiga 0,5 ml in'yeksiya qilinadi. Shpris bekitilib har ehtimolga qarshi adrenalin bilan birga bir chetga olib qo‘yiladi.

3. 5 kubikli yana bir shprisga 3 ampula deksametazon (3 ml) olinib boshqa yelkaga in'yeksiya qilinadi.

4. Agar alomatlar 15 daqiqada yo'qola boshlamasa-yu, allergik reaksiya kuchayib borsa,qolgan 0,5 ml adrenalin in'yeksiya qilinadi.

5. Shu bilan birga 2 tabletka “Tsetrina”, “Suprastin”, “Klaritin” yoki shu kabi boshqa antigistamin dori modda ichilishi kerak.

6. Chaqib olingan joyga sovuq kompress qo‘yilib jabrlangan zudlik bilan tibbiy muassasaga yetkazilishi kerak.

7. Agar anafilaktik shokning alomatlari qaytadan paydo bo‘la boshlasa (qichshish kuchaysa, nafas olish qiyinlashsa) yana 3 ml “Deksametazon” mushaklar ichiga kiritiladi.

8.Shifokorlar yetib kelguniga qadar “Ari chaqqanda birinchi yordam” bo‘limida ta’riflab berilgan choralarni amalga oshirish mumkin.

Muhim! “Deksametazon”ning nojo‘ya ta’siri bor, shuning uchun ham ushbu dori moddasiga ilova qilingan qo‘llanma bilan yaxshilab tanishib chiqish zarur.

9.Shiddatli ravishdagi anafilaktik shokning rivojlanishi paytida yurak to‘htab qolsa, sun’iy nafas oldirish va yurakning to‘g‘ri bo‘lmagan (yopiq) massaj qilishni boshlash kerak.

Ari fe’l-atvorining ayrim xususiyatlari

Shuni esda tutish zarurki, arilar hech qachon odamga sababsiz hujum qilmaydi. Ular faqat himoyalangan paytda, yoki o‘ziga nisbatan tajovuzni sezgan paytida chaqadi. Albatta, odam boshi uzra yoki yuzi atrofida ari g‘o‘ng‘illab turishi juda yoqimsiz. Shunda aksariyat odamlar arini haydab yuborish maqsadida qo‘lllarini siltay boshlaydi. Ari esa insonning bu harakatini o‘ziga nisbatan tajovuzkorlik sifatida qabul qiladi, shuning uchun ham, himoyalanishning chorasini qo‘llaydi va chaqib oladi.

Asalarilar oddiy aridan farqli o‘laroq hech qanday sababsiz ham chaqishi mumkin. Asalarilar ter hidiga o‘ta chidamsiz, bu esa chaqish hodisalarining 99 foizidaularning hujumga o‘tishiga olib keladi. Bundan tashqari, asalari chaqqan paytda, zahardan tashqari boshqa asalarilarni “shu nishonga qarab olg‘a!” tarzidagi signal sifatida undovchi maxsus moddani ham chaqqan joyga quyadi. Shuning uchun ham, agar issiq kunda asalari uyalarining yaqinida yursangiz-u, Sizga bitta asalari hujum qilsa, asalari xo‘jaligidan iloji bor qadar tezroq uzoqlashishga harakat qiling.

Hech qachon vahimaga tushmang va qo‘llaringizni keskin siltamang, ayniqsa ari yoki asalarini o‘z qo‘lingiz bilan urib o‘ldirishga urinmang. Hech bo‘lmaganda hasharotni sochiq, ro‘mol, gazeta o‘rami yoki boshqa narsa bilan urib yerga tushirish mumkin. Biroq buni ham eng oxirgi chora sifatida qo‘llash tavsiya etiladi. Bunday holda tutilgan eng to‘g‘ri yo‘l - shunchaki o‘girilib bir chekkaga o‘tib olish.

Gohida ari, asalari, tukli ari yoki qovog‘ari eng kutilmagan hollarda chaqib olishi mumkin, masalan, motosiklada shlemsiz harakatlangan paytda ularga o‘z yuzingiz bilan kelib urilsangiz, ularning yerda joylashgan uyiga bosib olsangiz, yoki yopiq gul nima uchun qimirlayotganini tekshirshga urinsangiz. Nima bo‘lganida ham vahimaga yo‘l qo‘ymang. Buning o‘rniga vaziyatga hushyorlik bilan baho bergan holda muammoni hal qilishga kirishing.

Muhim! Agar badaningizdagi chaqib olingan haddan ziyod shishib ketayotganligini payqab qolsangiz, harorat oshib borayotgan bo‘lsa yoki boshqa keskin alomatlar vujudga kelayotgan bo‘lsa vaziyat o‘ta murakkablashib ketmasdan darhol shifokorga murojaat qiling. Ari chaqishiga yengil-yelpi qaramang. Shuni esda tutingki, har yili akulalar, zaharli ilonlar, meduzalar, yirqich hayvonlarning tajovuzidan ko‘ra arilar, asalarilar, tukli arilar va qovog‘arilarning chaqishidan bir necha barobar ko‘proq odam hayotdan ko‘z yumadi. 

Eng ko'p uchraydigan oddiy ari

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook