Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater
Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater
35 yoshlik Britaniya fuqarosi hamyonbop bo’lgan dunyodagi eng etzyurar kater-gidroplanni yasadi. Alpha Centaurida poyga avtomobilining 1000-kuchli dvigateli turibdi, kemaning o’zi esa Betmen transportiga o’xshaydi.

Kris Fillips 5 yil davomida otasining ustaxonasida ishlagan. U butun umri davomida orzu qilgan motorli qayig’ini o’zi loyihalashtirib, o’zi yasagan. Loyihani yakunlashga xattoki u o’zining Maserattisini sotib yuborishga majbur bo’ldi. Motorli qayiq prototipini Kris Alpha Cenaturi (Sentavr alfasi) deb nomladi. Osmondagi eng yorqin yulduzlardan biriga bag’ishlangan. Ushbu ixtironi ommaga ko’rsatilganda, darxol investorlar topilib, buyurtmalar tusha boshladi.

Kema ikki korpusli sxema asosida yaratilgan va suvga tushib qolgan qiruvchi samolyot bilan sport avtomobilini eslatadi.

Alpha Centaurining karkasi zanglamaydigan metalldan yasalganligi uning mustaxkamligini ta’minlaydi. Yuqori tezlikda harakatlanayotganda qarshilikning past koeffitsiyentini va kemaning barqarorligini saqlab qolish maqsadida, tashqi panel shaklini loyihalashtirish jarayonida gidrodinamik kompyuter hisoblari amalga oshirilgan.

Apha Centaurining yaratuvchisi o’z kemasini “o’ta samarasiz va qo’rqinchili” deb baholaydi. Lekin u rostdan ham zo’r ko’rinadi. Uning rangini qoraga bo’yalgandan keyin esa uni “Betmen filmidan nimadir” deb atay boshlashdi.

Kema Chevrolet V8 ning 9.5 litrli dvigateli bilan jihozlangan, u Scott firmasining ikkiqadamli jarayonini harakatga keltiradi. Shundan so’ng kema maksimal tezlikka erishadi, suvda 60 ta tugun (110 km/soat). Maxsus mijozlar uchun kema kuchini 1000 l.s.ga oshirish mumkin bo’lgan maxsus “paket” taklif etiladi. Ushbu dvigatellarini NASCAR poyga mashinalarida ham ishlatiladi.

Alpha Centauriga 4 tagacha kishi sig’adi. Ular kemaga ochiladigan tom orqali tushadi. Kema ichi charm o’rindiqlar va Rockford-Fostage akustik sistemasi bilan jihozlangan. Biroq yuqori tezlikda yurganda uni eshitish qiyin.

Hozirga qadar bunday yuqori tezlikdagi motorga ega kemalar juda qimmat turardi. Ularni faqat millionerlar yoki poyga guruhlari sotib olardi. Endi esa Alpha Centaurini Chris’s Alpha Centauri Boat firmasidan 120 000 funt sterlingga olish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook