Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)
Amalga oshmay qolgan loyihaning tarixi (12 fotosurat)
Bir qarashda, bu surat uzoq kelajakning ta'siri bo'lsa kerak, deb o'ylash mumkin, aslida esa - uzoq o'tmishdan ekan.....

“Kuzov shisha toladan qilingan, bu tajriba namunasining umumiy vazni 330 kilogrammga teng, odamlar uni oddiy avtomobilni boshqarish bilan samolyot sifatida boshqarishlari ham mumkin”, — deb yozgan F. Berrouz Kolton National Geographic jurnalining 1948 yil fevral oyidagi ushbu fotosurat chop etilgan nashrida. 

Biroq hamma mashinada ham ertami-kechmi benzini tugaydi va bu Conv Air Car mashinasining uchinchi parvozida sodir bo'ldi. Uchuvchi tirik qoldi, ammo bu “avtolyot”ning ishlab chiqarish loyihasi amalga oshmay qolib ketdi.  

 

Samolyotni avtomobil bilan bitta narsaga aylantirish g'oyasi aqlli onglarga ancha erta kelgan, hali endigina ikkala transport vositalari ham dastlabki qadamlarini tashlayotgan payti edi bu. Bu duragayning dastlabki loyihasi1917 yilga tegishli, ammo u uchuvchi avtomobildan ko'ra ko'proq yerda yuruvchi aeroplanni eslatar edi. 

Qanchalar g'alati tuyulsa ham ishchan uchuvchi mashinaning yaratilishiga aynan aviakonstruktorlar yaqinlashgan. Balki buning sababi, baribir aviatsiya texnikasini yerda yurishga o'rgatish avtomobilni uchishga o'rgatishdan ko'ra ancha osonroq bo'lganidadir. Bugungi kunda bu yog'i bizga qorong'u. 

1940 yilda Consolidated-Vultee kompaniyasi (Convair debham ataladi) aerokar loyihasining amalga oshirishga kirishadi – muxandis Teodor P. Xoll iloji bor qadar yengillashtirilgan avtomobilning tomida bir motorli tashuvchi samolyotni qotirib qo'yishni taklif etgan. Uning fikricha bu yer yuzasida yuradigan mashinani uchuvchi vositaga aylantirishi mumkin bo'lgan emish. Bu safar avtomobil – xaqiqiy avtomobil, unga o'rnatilgan samolyot ham basavlat ko'rinishga ega bo'lgan. 

AQSHning ikkinchi jahon urushiga kirishi ushbu model ustida ish olib borishni to'htatib qo'ygan. Bu ishlarga 1946 yilda qaytilgan va shu tarzda birinchi tajriba namunasi yaratilgan. Avtokarning dastlabki parvozi 1946 yilning 12 iyul kunida amalga oshirilgan. Prototip Model 116 (NX90654) bir soat parvoz qilib 72 kilometrga 5 litr yoqilg'i sarflagan holda yaxshi natija ko'rsatgan. 

Mashina jami 66 marta sinov tajriba parvozlarini amalga oshirgan va Sonvair kompaniyasining rahbariyati Conv Air Caraerokarining seriyali namunasini ishlab chiqarilishi to'g'risida e'lon berishga shoshilgan.Bu o'rnatilib yechiladigan planyoriga ega, quvvati 190 ot kuchiga teng bo'lgan Lycoming O-435C dvigatellik, ikki kishi uchun mo'ljallangan sedan bo'lgan. Yo'l rejimida mashina 25,5 ot kuchiga ega bo'lgan Crosley benzin dvigateli yordamida harakatga keltirilgan. Mashina bir soatdan ortiqroq parvoz eta olishi mumkin bo'lgan. Qanotlarining umumiy kengligi 12,3 metrga teng bo'lgan. 

Samolyot ko'rinishidagi ustki qavatni boshqarish avtomobil salonining ichidan amalga oshirilgan. Mashina turar joyida qanotlarning ostiga ustunlar qo'yilgan, ular yechib olinib, mashina oddiy engil avtomobilga aylangan. Nazariy jihatdan bunday qilib deyarli har bir avtomobilni samolyotga aylantirish imkoni mavjud edi. Buning uchun qanotlarning o'lchamlari bilan samolyot qismidagi motorning quvvatini moslashtirilsa bas. Uchish zarurati bo'lmagan paytda planyor yuqorida ko'rsatilgan tarzda yechib olinib, pritsepga tahlab qo'yilar edi. 

 

Xollning loyihasiga o'sha davrda Consoli dated-Vultee(Convair) kompaniyasining bosh muxandisi bo'lib ishlagan mashhur ixtirochi Uilyam Bushnell Staut yashil chiroqni yoqib bergan edi. 1947 yilning 15 noyabr kuni Model 118 (NX90850) birinchi marta havoga ko'tarildi. Oradan uch hafta o'tib yoqilg'i uzatish tizimining ishdan chiqishi tufayli Conv Air Car qulab tushib,chilparchin bo'lib ketdi, lekin uchuvchi Roben Snodgrass tirik qoldi. Ommaviy axborot vositalarida shov-shuv ko'tarilib ketdi. Oldindan loyihani moliyalashtirishga rozilik bildirgan sarmoyadorlar o'zlarini orqaga tashladilar. 1948 yilning yanvar oyida mashina qayta tiklangan va sinov parvozlari yangilangan edi, ammo ko'p o'tmay Conv Air Car ustidagi olib borilayotgan ishlar to'htatilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook