Apple kompaniyasi tog’risida ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan qiziqarli faktlar
Apple kompaniyasi tog’risida ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan qiziqarli faktlar
Bugungi kunga qadar Apple kompaniyasi to’g’grisida juda ko’plab kitoblar yozilgan va hattoki to’liq metrajli film ham ishlangan. Kompaniyaning eng sodiq muhlislari ham bilmaydigan eng kamida 14 ta qiziqarli faktlar mavjud.

Apple kompaniyasi juda boy va yorqin tarixga ega. Kompaniya Jobsning kichik garajidagi startaptidan milliard dollorlik korporatsiya  va texnologiyaga nisbatan insonlarning qarashlari o’zgarishi kabi qiziqarli yo’llardan o’tgan.  

Kampaniya asoschisi – Stiv Jobs kopchilik uchun buyuk shaxs timsoliga aylanib ulgurgan. 

1. Appleni uchta odam tashkil qilgan.

Applening kelib chiqishi: Voznyak va Jobsning  "juftligi" ni tashkil qilgan ikkita asosiy raqamni deyarli hamma biladi, ammo kompaniyaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shgan uchinchi shaxsni ham e’tirof etmasak bo’lmaydi. Uning ismi Ronald Uayn bo’lib, Jobs Atarida  ishlayotgan paytida u bilan do'stlashdi.  Ueyn nafaqat kompyuterni rivojlantirishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo'llanma yaratgan, shuningdek  "Apple" kompaniyasining birinchi logotipini ham kashf etgan.  Keyinchalik Uayn, Stiv Jobsning ehtimoliy xavf-xatarlari g'oyalaridan cho'chigani bois, u kompaniyadagi aktsiyalarini 800 $ ga sotib Appleni tark etdi.  O'shandan buyon uning karerasi yuqori cho’qqilarni zabt etmagan , u hozirda Nevada shahridagi romork parkida muhrlar va tanga sotadi.  Unda Apple kompaniyasi mahsulotlaridan hech biri bo’lmagan , faqatgina 2011 – yilda unga iPadni sovg’a qilmagunlariga qadar. 

2. Hammasi kalkulyator bilan boshlandi

Kompaniyani ishga tushirish uchun mablag’ yig’ish maqsadida Jobs o'z mikroavtobusini Voznyak esa kalkulyatorini sotishga majbur bo’ldilar.   Aslida o’sha paytlarda kalkulyator avtomobildan qimmatroq turgan edi. O'sha kunlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnikasi juda qimmat va Voz kabi dasturlashtirilgan hisob-kitoblar oltinning qiymatiga sazovor bo'lgan edi. Uning narxi 500 dollarni tashkil etgan (zamonaviy dollarlar bo'yicha 2000 dollar).  Endilikda eBayda huddi shunday kalkulyatorni ellikdan kamroqqa sotib olishingiz mumkin.

3. Stiv Jobsning biologik ota-onasi asrab olish uchun uni topshirdi.

Shtat universiteti talabasi Joanna Shible 1955 yilda homilador bo'ldi.  U va uning jufti, Suriyalik immigrant Abdufattah Jandaliy bolani qoldirishni hohlagan bo'lsalar-da, sevishganlarning ota-onalari bolani asrab olish uchun topshirib yuborishga majburlashadi. Shible chaqaloqning farzandlikka oladigan ota-onalari oliy ma'lumotga ega bo'lishlari talab qilgan.  Shunga qaramasdan o’zlari farzandli bo’la olmaydigan o’rta maktab o’quvchisi Pol Jobs va kollej o’quvchisi Klaraga farzand qilib berishadi.  Sibi  va Jandali biroz vaqtdan keyin turmush qurishgan va qizi Mona Simpson dunyoga kelgan. Jobs o’zining biologik otasi bilan sira ko’rishmagan lekin elektron pochta orqali o’limidan sal oldin yozishmalar yozib turgan. 

4. Stiv Voznyak hali ham "Apple" da ishlaydi.

Keyinchalik u rasmiy ravishda ro'yxatga olingan va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi.  Voznyak o'zi introvert bo’lib , an'anaviy ish kunilarini yoqtirmaydi.  Shuning uchun u 1987 yilga kelib muntazam ravishda ofisga borishni to'xtatdi.

5. Birinchi Apple kompyuteri hayvonning soniga bog'liq bo’lgan.

Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1 uchun chakana narxi $ 666.66 ni tashkil qildi. Voznyakga bunday narxni tanlash qanchalik oqilona bo'lganligi haqida so'ralganda, u bu raqamlarning Biblyaga ahamiyatli ekanligini bilmasligini va faqat kompyuter markirovkasini ulgurji narxning 30 foiziga teng bo'lishini talab qilgani uchun qo’yganini aytib o’tgan. Bu kabi qo'shimcha xarajatlar bilan qurilma 666,67 $ ni tashkil qilgan, Stiven oxirgi yetti sonini  olti bilan almashtirdi xalos.  Birinchidan bu yozish uchun qulayroq ikkinchidan esa Voznyak takroriy raqamlarni yoqtiradi. U yetarli darajada g’aroyib  odam.

6. Apple mahsulotlari samolyot orqali yetkazib beriladi.

 Apple o'z mahsulotlarini etkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi.  Bu juda ham qimmat, lekin bu usul ham o'z afzalliklariga ega.  Birinchidan, qurilmalar javonlarda juda tez ko'rinadi.  Ikkinchidan, samolyotlarni talon-taroj qilishning  yoki ularni to'xtatib olishning ilojisi deyarli bo’lmaydi. Apple kompaniyasining eng yirik aviahamkori – Cathay Pacific aviakompaniyasidir. 

7. Stiv Jobs Macintosh nomini yoqtirmadi

Jobs Jeff Raskinning  Macintosh loyihasi bilan qiziqqanidan keyin bu kompyuterning rivojlanishi juda tez suratlarda ko’zga ko’rindi. Raskin o'z mahsulotini o'zining sevimli olma navi ("Makintosh") sharafiga nomladi. Ushbu so’z vaqtinchalik loyiha nomi sifatida  Stivni qoniqtirar, lekin kelajakda  u bu nom ostida kompyuter sotishni istamadi.  Bir marta, Ruskin ofisda bo'lmaganida, Jobs hatto uni o'zgartirishga harakat qildi, lekin o'sha vaqtda u har qancha harakat qilmasin hal  qiluvchi so'z kompaniyaga tegishli bo’lib uning harakati samara bermadi.  

8. Jobs oq rangni yoqtirmasdi

Stiv Jobs Applega qaytib kelganida, kompaniyaning barcha kompyuterlari chindan ham chiroyli ko'rinishini ega bolishini xohlagan. Uning maqsadi kompyuterlar egalariga mag'rurlik bag’shlashi va qaraganida yoqimli ko’rinishda bo’lishi edi.  O'z qarorlarini qabul qilishda ko’maklashish  uchun dizayner Jon Ayve (u hali ham Apple kompaniyasining asosiy xodimi) ga blansh-kartalarini topshirdi.  Deyarli hamma narsa Stivni qoniqtirardi , faqatgina  asosiy rang sifatida oqdan  foydalanishni istamadi, shuning uchun Ayvedan oqdan bo’lak istagan rangini tanlashini so'radi.  Dizayner tayyorgina mahsulotni kul rangga (ya'ni oyning rangi) bo'yashini osonlik bilan o'zgartirdi, ammo Jobs bu variantni ham kamroq yoqtirdi.  Shunday qilib baribir o’shandan beri oq barcha Apple mahsulotlarining asosiy belgilaridan biridir.

9. Apple "baxtli" kiyimlarga ishonadi

Jobsning prezentatsiyalarining o'ziga xos jihatlaridan biri, u har doim bir xil kiyim kiygan: Levi’sdan  jinsi shim, qora vadalaska va New Balans poyafzallari.  Ushbu "kostyum" ni juda yaxshi tanib olishdi va kiyim tadbirkorning kiyimini bir deganda aks ettirib berardi. Stiv vafotidan so’ng ham Jonatan Ayv  ham aynan shu uslub va o'sha ishlab chiqaruvchi markasidagi futbolka kiygan holda omma qarshisida ko'rinish beradi.

10. Birinchi bor iPodda Breakout o'yinini o'ynash uchun yashirin imkoniyat bor edi.

Breakout asoschisi -Stiv Vozniak, u 1976-yilda "Apple" ning rivojlanish davrida Atari uchun Brekoutni ishlab chiqdi.  Muayyan harakatlar ketma-ketligini tugatgandan so'ng, bu o'yinni 15 yil o'tib chiqqan birinchi avlod iPodida o’ynash mumkin edi.  Buning uchun "Qurilma haqida" sahifasiga o'ting yoki markaziy tugmani uch soniya bosib turing.

11. Apple va Isaak Nyuton

Nyuton -ingliz fizigi va matematigi, inson sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk shaxslardanbiri.  Afsonaga ko'ra, olma uning boshiga tushganidan keyin u yerning tortishish qonunini aniqlagan.  Shuning uchun ham boshida kompaniya logotipida olma daraxti ostida o'tirgan Nyuton surati tasvirlangan.  Apple tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki cho’ntak kompyuterlardan biri "Apple Nyuton" deb nomlangan.

12. Dunyoda raqamli kamera aynan Apple kompaniyasi tomonidan sotilgan

U "Apple QuickTake 100" deb atalgan va o‘sha davlar uchun  inqilobiy yangilik edi.  Ammo, cheklovlari juda ko‘p: mavjud bo‘lgan joy atigi sakkizta foto surat uchun yetarli edi xolos, qulay ko‘rinishni izlab topish moslamasi ham yo‘q edi, foto suratlarning sifati esa juda ham qoniqarsiz edi. Moslama hech qanday muvaffaqiyatga ega bo‘lmagan.

13. Apple bir soniyada $ 5400 ishlaydi

Apple kompaniyasi eng badavlat kompaniyalaridan biri ekanligini hamma biladi.  2013 yilda kompaniyaning sof foydasi 171 milliard AQSh dollarni tashkil etdi. Bir kechayu-kunduzda 86,4 ming soniya, bir yilda - 365 kun.  Agar oddiy hisob-kitoblar amalga oshirilsa, har soniyada Apple 5,400 AQSh dollari miqdorida daromad olishi aniq bo‘ladi.

14. Apple byudjeti AQSh moliya vazirliginikidan kattaroq.

Hukumatning 49 milliard  AQSh dollariga teng byudjetiga qarshi 160 milliard AQSh dollari.Bu pulni Apple kompaniyasi o‘zining yangi hashamatli kompusini qurish uchun sarflab kelmoqda.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook