Avstraliyalik ayol, barcha jamg’argan pullarini qizi bilan dunyo bo’ylab sayohat uchun sarfladi.
Avstraliyalik ayol, barcha jamg’argan pullarini qizi bilan dunyo bo’ylab sayohat uchun sarfladi.
Sidneylik Evi Farrel oddiy hayot kechirardi: PR-konsultant bo’lib ishlardi, qiziga g’amxo’rlik qilardi va uy ta’miri uchun pul yig’ardi. Biroq, yetarli mablag’ yig’ilganda Evining yaqin dugonasi oqqon kasalligidan vafot etdi.

Bu ayolning barcha rejalarini o’zgartirib yubordi. Ta’mirlash haqida unutib, barcha yig’gan bullarini olib 5 yoshlik qizi Emili bilan dunyo bo’ylab sayohatga otlandi. Bu voqeadan so’ng bir yil o’tdi, Evining qizi olti yoshga to’ldi, lekin ular hali qaytmoqchi emas!

 3 yildan beri Sidneyda yashab kelayotgan Evi Farrelning yaqin dugonasi kasallik tufayli vafot etganida, Evi hayot juda qisqaligini, uni bekorga sarflamaslik kerakligini tushunib yetdi va asosiy narsaga e’tiborni qaratdi.

Usha vaqtda Evining jamg’armasi 30 ming Avstraliya dollarini tashkil etardi. Bu pulga ayol o’z uyini ta’mirlatmoqchi edi. Lekin o’ylab ko’rib, boshqacha qaror qabul qildi. 

2016-yilning Fevral oyida ishidan bo’shab, endigina besh yoshga to’lgan qizi Emilini olib, Avstraliyalik ayol yig’gan pullarini dunyo bo'ylab sayohatga sarflashga qaror qildi.

“Mening eng yaqin dugonam oqqon kasalligidan ko’z yumdi, - hikoya qiladi Evi.- U bor yo’g’i 42 yoshda edi. U tasavvur qilish mumkin bo’lgan eng yaxshi va ajoyib ayol edi. Uning ikki farzandi qolib ketti. Bu voqea menga umrimiz qisqa ekanligini va uni behuda yonimizdan o’tkazib yubormasligimiz kerakligini eslatdi”. 

“Bizga uchragan har bir imkoniyatdan foydalanishimiz va hayotdan zavqlanishimiz kerak”, - deydi Evi.

11 oyichida Evi Farrel va uning qizi 13 ta mamlakatni ko’rishga ulgurishdi.

Shu jumladan ular Indoneziya, Singapur, Malayziya, Tayland, Vetnam, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoyda bo’lishdi.

“Endi men tushunaman, hayotda stol ortida o’tirib, biror be’mani narsani sotib olish uchun pul ishlab topishga harakat qilishdan ko’ra ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan narsalar bor ekan”, - deydi Evi.

“Biz ikki kishi uchun bir ryukzak bilan sayohatni boshlaganimizga 1 yildan oshdi – men endi avvalgi hayotimga qanday qaytishni xatto tasavvur ham qila olmayman”, - tan oladi Evi Farrel.

“O’ylaymanki, 10 yildan so’ng qizim Emili uyga yangi oshxona qurib, hammomni yangilaganim uchun menga “rahmat” aytmagan bo’lardi”, - deb hisoblaydi Sidneylik ayol.

“Biroq Emili bolaligi dunyoning bunday ajoyib taassurotlari, manzaralari, tovushlari va ranglari bilan to’laligiga minnatdor bo’lishi turgan gap”, - ishonadi Evi.

“Bu yil davomida o’rgangan narsam shu bo’ldiki, - deydi u, - agar biron nimani astoydil xohlasang, uni albatta amalga oshirishing mumkin ekan!”

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook