Bayramga zeb beruvchi mushaklar ilk bor qayerda va qay maqsadda qo'llanilgan? Ularning tarixi va qanday ommalashgani haqida ma’lumotlar
Bayramga zeb beruvchi mushaklar ilk bor qayerda va qay maqsadda qo'llanilgan? Ularning tarixi va qanday ommalashgani haqida ma’lumotlar
Bugungi kunda turli bayramlar va romantik onlarni bezash uchun ham mushaklardan foydalanish urfga kirgan.Yangi yil bayramini-ku aytmasa ham bo’ladi. Soat 12 ga bong urishi bilan atrofda ajoyib va fusunkor mushakbozlik ko’zni o’z go’zalligi bilan qamashtira boshlaydi. Ushbu shodiyona darakchilari tarixi va ular haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishni istasangiz maqolamiz aynan siz uchun!

Mushak (nemischa Feuerwerk so’zidan olingan bo’lib, Feuer – olov, Werk- ish, yumush degani) – turli rang va shaklga ega bo’lgan bezakli alanga ma’nosini anglatib, turli bayram va marosimlarda odamlarga ko’tarinki ruh bag’ishlash uchun otiladi.

Mushaklar eramizdan avvalgi XII asrda Xitoyda ixtiro qilingan. Uning Yevropa qit’asida ilk bor Italiyada paydo bo’lgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Qadimda olov inson hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. U hatto aloqa vositasi vazifasini ham bajargan, shuningdek, xavfdan ogoh etish va muqaddas sanalmish turli diniy marosimlarni bajarishda qo’l kelgan. Ko’p xalqlarda gulxan, sham va mash’alalarga bog’liq turli an’analar mavjud bo’ilb, bular mushaklarning ilk ko’rinishini aks ettirgan, desak adashmaymiz.

Gulxanga tashlanib portlagan yashil bambuk bo’laklari insoniyat tarixidagi birinchi mushakbozlikdir, degan taxminlar mavjud. Xitoy aholisi bayramlar chog’ida portlovchi bambuk yordamida yovuz kuchlarni qo’rqitgan. Umrboqiylik eliksirini izlagan daos olimlari selitra, yog’och, ko'mir va oltingugurtni aralashtirib sekin yonuvchan, chidamli hamda yorqin tusga ega qora kukun hosil qilganlar.

Imperator Yu-Sun hukmronligi davrida Yangi yilni yangicha uslubda nishonlash ananasi vujudga keldi: ular bambuk poyasiga qora kukun sepib, bir necha mingtasini imperatorning “Tun kunga aylansin!” xitobi ostida gulxanga tashlaganlar. Keyinchalik olovli marosim diniy udumlarning bir qismi deb e’lon qilindi va shuning uchun ushbu mushaklarni faqatgina mahsus ta’limga ega rohiblar bajarishi mumkinligi belgilab qo’yildi. 

Mushaklarning butun dunyo bo’ylab keng tarqalishiga ko’p yillik sayoxatlardan so’ng Xitoydan porox olib ketgan  Marko Polo katta ulush qo’shgan.

XIX asrda mushakbozlik taraqqiyoti yangi bosqichga ko’tarildi. Ranglar turi kengaydi, yangi va maxsus effektdagi mushaklar paydo bo’la boshladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook