Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari
Bill Geyts: Barchasini bugundan boshlang! Buyuk shaxsdan muvaffaqiyat sirlari
Uilyam Genre Geyts III 1955 yilda Amerikada Sietl shaxrida dunyoga keldi. Insoniyatga o’z aqliy salohiyati bilan sarmoya to’plagan eng boy odam sifatida tanilgan. Ushbu buyuk shaxsdan shaxsan o'zi uchun ishlab chiqqan muvaffaqiyat sirlarini jamladik.

Bill Geytsga ham omad darrov kelib qolmagan. Maktabda o’qiganda gramatika, huquqshunoslik va boshqa fanlardan o’zlashtirishi ancha yomon bo’lgan, Bill bu fanlarni siyasi chiqqan, deb hisoblardi. Hatto boshlangich maktabda yomon hulqi uchun uni psixiatrga ham jo’natishgan.

O’z hotiralarida buni kompyuter bilan o’ta qiziqish oqibati deb izohlagan. Bo’sh vaqtining hammasi programmalashtirish bilan o’tar edi. Haftasiga 20-30 soatlab kompyuter sinfida vaqtini o’tkazar edi. Bir safar uning uchun kompyuterga parol qo’yishadi, ammo u ko’p o’tmay parolni buzadi. Natijada yoz bo’yi kompyuter sinfiga kirishi taqiqlanadi.

Garvard universitetida ham noqulayliklarga uchrab turardi – uni ikkinchi kursda haydab yuborishadi. Buni ham Bill o’z foydasiga o’giradi. Endi u progrommalashtirishga ko’proq vaqt sarflashi mumkin edi-da. Oradan ikki yil o’tib “Microsoft”  kompaniyasiga asos solinadi.

20 yildan so’ng esa 105 mamlakatdan 78 000 dan ko’proq odamni ish bilan ta’minlab, 50 milliard dollarlik boyvachchaga aylandi. Bill Geyts o’zi uchun ishlab chiqqan muvaffaqiyat sirlari quyidagilardan iborat edi:

1.       Raqobatchilaringizni yaxshilab o’rganing. U har tongda o’z raqobatchilari saytlarini birma bir ko’zdan kechiradi.

2.       Qatiyatli bo’ling. Menejerning asosiy sifati eng yomon habarni ham munosib qarshi olishidir. Sovuqqon bo’ling, shunda har qanday muammo tezroq yechim, topadi. Avvalo nohush habarlarni so’ng esa yaxshilarni bilishga harakat qiling.

3.       Internetga bog’laning. Chunkikelajak unga bog’liq. Yaqin kelajakda kompaniyalar ikkiga ajraladi: tarmoqdamavjud bo’lganlar va biznesdan chiqib ketganlar.

4.       Omadga e’tibor qilmang. U aldamchi va o’zgaruvchidir. Bir marraga erishgandan so’ng to’xtab qolmang, darrov keyingisini ketiga tushing. Chunki raqobatchilaringiz ham jim o’tirishmaydi.

5.       Rivojlanish sharoiti. Tajribali boshliqning maqsadi qo’l ostidagilarga mehnat qilish uchun yaxshi muhit yaratishdan iborat. Natijasi esa tezda ko’rinadi.

6.       Bugundan boshlang. Agar ishingizda biror narsa sizni qanoatlantirmasa, o’z ishingizni boshlang. Bill geyts ishni garajda boshlagan. Bebaho umringizni faqatgina o’zingiz haqiqatdan qiziqqan narsalarga sarflang.

7.       Bosh qotiring. Yilda bir necha bor doimiy ishchi muhitidan biroz chetlashib, yig’ilib qolgan muammolarni hal qilish yo’llarini o’ylab ko’ring.

8.       Mag’lubiyatdan qo’rqing. Ya'ni, to’g’riligiga o’zingiz aniq ishongan biror ishni bajarishdan avval uni shubxa ostiga olib ko’ring, keyin esa xulosa qiling.

9.       Yangi texnologiyaga urg’u bering. Kutganingizdan ham a’lo natijalarga erishishingiz mumkin.

10.       Olomondan ajralib turing. U har doim ham to’g’ri yo’nalishda bo’lmasligi mumkin. Doimo o’z rivojlanish yo’lingizdan boring.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook