Bu yigit o’z uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul o’ylab topdi
Bu yigit o’z uyi oldidagi “uchar” mashinalarga qarshi ajoyib usul o’ylab topdi
Bu yigit o’z uyi oldida doimo mashinalar yuqori tezlikda “uchib” o’tgani juda joniga tegib ketganidan keyin u bu bema’nigarchilikni to’htatish uchun “qo’riqchi” moslamani o’rnatdi

O’ta gavjum avtomagistral yonida istiqomat qiluvchilar ingliz yigiti Djim Dayk harakatiga qo’shiladi, albatta. Bu erkak Klaus Top qishloqchasida yashadi. Uning uyi butun qishloqdagi eng gavjum bo’lgan, aynan ikki qatorli avtomobil yo’lining bo’yida joylashgan. 

 

Djim va uning rafiqasi ushbu qishloqda eng yuqori tezlik soatiga 50 kilometr qilib belgilanishiga qaramay avtoulov hadovchilari soatiga 100 kilometrdan yuqoriroq tezlikda o’tib ketib, surunkali ravishda qoidani buzayotganlaridan juda ham bezillagan edilar.  Mahalliy xukumat bu masalada hech qanday yordam bera olmaganidan keyin, Djim vaziyatni o’z qo’liga olib, haqiqatdan ham tartibga erisha oldi. Nima ham derdik, uning topqirligiga faqat tasannolar aytish kerak! 

Angliyalik Djim Dayk uyi Klaus Top qishloqchasida o’ta serharakat yo’lning bo’yida joylashgan.

Djim va uning rafiqasi qishloqdagi eng yuqori tezlik soatiga 50 kilometr qilib belgilab qo’yganligiga qaramay hadovchilar tezlikni deyarli ikki barobar oshirib harakatlanishlaridan doimo hadiksirab kun kechirar edilar. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan avtoulovlarning shovqinlari osoyishta hayotga halaqit berishidan tashqari havfsizlik masalasi ham juda achinarli holda edi. Buning hammasidan charchagan, Djim yordam so’rab mahalliy ma’muriyatga murojaat qilgan edi, ammo ularning qo’lidan hech narsa kelmadi. 

Shunda Djim vaziyatni o’z qo’liga olishga qaror qildi. 

U atigi 25 funt-sterling sarflab suv oqova trubasi bilan pivo krujkalari uchun yorug’lik nurini qaytaruvchi dastakni sotib oldi. Shu to’plam bilan birga taxtachalardan o’zi yasaganyassi quticha yordamida yul harakati qoidalarining buzilishini suratga oluvchi kameraga juda o’xshash bir moslamani yaratdi. Yanada ishonchliroq chiqishi uchun u o’z moslamasini yorqin-sariq rangga bo’yab uni o’z bog’idagi devorning orqasiga o’rnatib qo’ya qoldi. 

Eng qizig’i shundaki, Djimning bu g’oyasi o’sha kunning o’zidayoq ish bera boshladi: haydovchilar “kamera”ni sezgan zahoti tezlikni pasaytirib, darhol yo’l harakati qoidalari bo’yicha harakatlanar edilar. Britaniyada qoyida buzilganligi uchun jarimalar dunyodagi eng achchiq “chaquvchi” jarimalardan hisoblanadi.   

Mahalliy aholi haydovchilarning ko’pchiligi shov-shuvga sababchi bo’lgan bu kamera haqiqiy emasligini bilgan holda baribibir qoidani mensimaslikni davom etayotganidan koyigan bo’lsa ham ushbu erkakning harakatini qo’llab-quvvatladi.

 

Ammo, Djimning o’zi bunday gavjum harakatda voqif bo’lgan haydovchilarning foizli nisbati juda kamligiga, bexabar haydovchilar esa belgilangan tezlik tartibi bo’yicha harakatlanishiga ishonchi komil.

Nima bo’lganda ham, kamera haqiqiy emasligidan xabar topgan haydovchilarning aksariyati hech bo’lmaganda mashhur “kamerali” qo’riqchi va bu g’oya muallifining topqirligiga nisbatan hurmat yuzasidan tezlikni pasaytirib, “kamera” oldida tabassum bilan o’tib keta boshlaganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook