Charm kiyimlar va buyumlarni asrash sirlari
Charm kiyimlar va buyumlarni asrash sirlari
Charmdan tayyorlangan kiyim-bosh, sumka va poyabzallar alohida parvarishni talab etadi. Mazkur maxsulotlar tabiiy yoki sun'iyligiga qarab ularni asrab-avaylash sirlarini bilish zarur.

Bo’yalgan charm rangi quyosh ta’sirida tez o’zgaradi yoki o’chib ketadi. Charmdan tayyorlangan kiyimlarni sellofan paketda asrash mumkin emas, chunki ular tabiiy bo’lib nafas olishi kerak. Yaxshisi, uni maxsus ekologik spanbod g’iloflarga solib qo’ying.

Bordi-yu charm kiyimingizning ba’zi qismlari quyosh ta’sirida kuygan yoki rangi ochgan bo’lsa, maxsus aerozol yordamida bu muammoni bartaraf eting.

Tabiiy charmdan tayyorlangan ust kiyimlarni kimyoviy tozalash xonalariga berish mumkin emas. Chunki charmning ustki himoya terisi juda yupqa bo’ladi.

Parvarishlash

Laklangan charm terisi:

Uni tozalashdan kremdan foydalanilsa, yumshab, yaltirab turadi.

Laklangan charm poyabzalga yog’och qolip “kiydirilsa”, shakli o’zgarmaydi.

Dog’larni nam salfetka yordamida, qora shtrixli dog’larni suyuq sovun bilan ketkazish mumkin.

Oddiy charm terisi uchun tavsiya etilgan tozalash maslamalari laklangan charmga surtilsa, uning yaltirash hususiyatini yo’qotadi.

Oddiy charm terisi:

Ustki qismlari shunchaki bo’yalgan charmli kiyim yoki sumkalarni mahsus moy yordamida tozalang, so’ngra neylon matoli matoli salfetka yordamida uni yaxshilab arting. Ana shunda u o’zining tabiiy holatini saqlab qoladi.

Charm mahsulotlari uchun tavsiya etiladigan maxsus moylar ularni dog’ bo’lishidan asraydi.

Zamsh buyumlari:

-         Yangi harid qilgan buyumingizga kir va namlikka qarshi vosita yordamida ishlov bering. Mazkur ishlov tez kirlanish muammosining oldini oladi.

-         Yog’li dog’lar ustiga talk (qattiq pudra)ni bir soatcha sepib qo’ying va qoqib tashlang.

-         Nam zamshli kiyimlaringizni isitish vositalaridan uzoqroqda quriting.

Sun’iy teri:

-         Silikonga bo’ktirib olingan gubka buyumingizga ko’rk bag'ishlaydi. Siyqalangan joylarni “yashiradi”. Kir va chang bo’lishidan saqlaydi.

-         Sumkaning yorilgan joylarini “suyuq charm” vositasida yashirish mumkin.

-         Paxtali tamponni jun va ipakli matolar uchun mo’ljallangan kir yuvish vositasiga bo’ktirib oling-da, dog’larni yaxshilab artib ashlang.

-         Sun’iy charm tabiiy charmdan ko’ra mustaxkam bo’lib, uni tozalash va qayta ishlashdan oldin qo’rqmang. Bordi-yu u  “sina” boshlagan bo’lsa, tashlab yuborishdan o’zga chora yo’q.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook