Devordagi ko'zgu, ko'zgujon, aytchi...: yigit o'z qo'llari bilan mo'jizaviy ko'zgu yasadi
Devordagi ko'zgu, ko'zgujon, aytchi...: yigit o'z qo'llari bilan mo'jizaviy ko'zgu yasadi
Shubhasiz, Pushkinning "O'lik malika va etti o'g'lonlar haqidagi ertak" dagi mashxur sitata: "Devordagi ko'zgu, ko'zgujon... Aytchi kim hammadan da a'lo..." bilan hamma tanish. Gapirish qobiliyatiga ega mo'jizaviy ko'gu ko'pgina asarlarda paydo bo'lgan.

Yaqin vaqtlarga qadar bunday ko'zgu haqiqatda ham fantastika edi. Lekin, progressning rivojlanishi bilan, bu kabi ko'zguni yaratish oddiy odamning ham qo'lidan keladi. Reddit Toothie 96 nikli foydalanuvchisi buni uddaladi. Unda yaratgan asari aks ettiruvchi yuzasida soat va sana, ob-havo bashorati va yangiliklarni ko'rsatib turadi.

Toothie96 mo'jizaviy ko'zguni, o'z yoqtirgan qizi uchun sovg'a sifatida, o'z qo'llari bilan yasagan. U ko'zguni yuragi egasi telefonga kamroq chalg'ib, ketish uchun tayyorlanishga kamroq vaqt sarflashi uchun qilgan. Barcha kerakli ma'lumotlarni, qiz endilikda ko'zgu yonida turib ko'ra oladi. 

G'oyasini amalga oshirish uchun Toothie96 qarag'ay yog'ochidan, u yerga barcha elektronika sig'ishi uchun etarli darajada chuqur bo'lgan, ramka yashadi. So'ng, u nachinkasini tayyorlashga kirishdi. Biroq, uni qaytadan qalaylashga va joylashtirishga to'g'ri keldi. 

Ma'lumotlarni aks ettirishda muammolar yuzaga keldi. Oddiy ko'zgular nurni o'tkazmas edilar, shuning uchun yigit maxsus ikki tomonli ko'zgu buyurtirdi. Qo'shimcha yorug'lik manbai sifatida u svetodiod lentani qo'shdi. 

Nachinka sifatida u Raspberry Pi kichik kompyuterini o'rnatdi. Toothie96 ning fikriga ko'ra, ko'zguni yaratishda foydalanuvchining interfeysini kodlashtirish eng qiyin bosqich bo'ldi. Chunki, u avval bu ish bilan xech qachon shug'ullanmagan.

O'z ixtirosini yaratish uchun yigit 200 funt sterling sarfladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook