Dunyo odamlari uchun olamshumul yangilik bo‘lgan 8 artefakt
Dunyo odamlari uchun olamshumul yangilik bo‘lgan 8 artefakt
Ilm-fan hech qachon bir joyda jim turmaydi. Olimlar kundan kunga yangi tadqiqotlar o‘tkazish uchun imkon topadilar, buning oqibatida esa yangi topilmalar va kashfiyotlar amalga oshiriladi. Arxeologlar texnika sohasining so‘nggi imkoniyatlaridan foydalangan holatda insoniyat avval tahmin ham qilmagan ma’lumotlarni ommaga oshkor etmoqdalar.

Sahifamizda ana shunday artefaktlar bilan tanishib, tarixga doir qarashlaringizni qaytadan jonlantirasiz. 

Dirozavr miyasi

Dirozavr miyasi

2004 yilda Sasseks hududidan topilgan tosh bo‘laklari dinozavrning tosh qotgan miyasi ekanligini kim ham bilibdi deysiz? Uning yoshi 133 million yilga teng bo‘lib, olimlar  maxsus mikroskop yordamida uning aslida nima ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu topilmani haqiqatan noyob buyum deya atasa arziydi. 

Qo‘l mehnati namunalari

Qo‘l mehnati namunalari

Prussiya urushlari, Napoleonning harbiy yurishlari, Britaniya qo‘shinining Janubiy Afrika va Hindistonga yurishi vaqtida askarlar tomonidan yaratilgan qo‘l mehnati namunalari qanday ekanligini hech tasavvur qilganmisiz?

Mana bu o‘ziga xos yopinchiq erkaklar tomonidan qo‘lbola usulda yaratilgan bo‘lib, ularning ayrimlari hayotlarida ilk marta qo‘llariga igna olgan bo‘lishlariga qaramay, haqiqiy mahorat nima ekanligini boshqalarga osonlikcha ko‘rsatib qo‘yishgan. Avvallari olimlar askarlarning gospitallardagi davolanish vaqtida yopinchiq to‘qiganlarini tahmin qilar edilar, ammo keyinchalik askarlar ularni janglar vaqtida, harbiy harakatlar o‘rtasidagi tanaffuslar vaqtida yaratganlari ma’lum bo‘ldi. Ushbu betakror qo‘l mehnati namunalari 2017 yilda ilk marta ommaga namoyish qilingan. 

Yerdagi qadimgi inson qoldiqlari

Yerdagi qadimgi inson qoldiqlari

2017 yilda olimlar astrolopitek odamining suyak qoldiqlarini omma qarshisiga havola qilar ekanlar, uning yoshi 3,6 million yilga teng ekanligini aytib o‘tishgan. Bundan tashqari, ushbu skeletning deyarli butun holatda saqlangani ham kishini hayratga qoldiradi. Uning umumiy holati avstrolopitek odamlarining zamonaviy odam qiyofasiga juda yaqin bo‘lganini isbot etdi. Topilma Janubiy Afrikadagi Sterkfonteyn darasida qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ekspertlar fikriga ko‘ra, u qoyadan yiqilib tushgan qiz bolaga tegishli. 

Monening sirli kolleksiyasi

Monening sirli kolleksiyasi

Klod Mone taniqli fransuz rassomi bo‘lib, ko‘plab san’at asarlaridan iborat katta kolleksiyaga egalik qilgan. Ammo bu haqida bilgan odamlar soni haddan tashqari kam edi, sababi rassom ushbu ma’lumotni boshqalardan sir saqlab kelgan. Afsuski, ijodkor ushbu sirni saqlash uchun biror chora ko‘rmagan, aynan shu sababli ham olimlar uning kartinalarini 2017 yilga kelibgina qo‘lga kirita oldilar.

Uning kolleksiyasi tarkibida Pissaro, Sinyaka va Mane kabi rassomlarning suratlari saqlangan. 

Mahalliy amerikaliklar tishlarini bundan 2500 yil avval toshlar bilan bezashgan

Mahalliy amerikaliklar tishlarini bundan 2500 yil avval toshlar bilan bezashgan

Aniqlanishicha, tishlarni qimmatbaho toshlar bilan bezash g‘oyasi biz o‘ylaganchalik yangi narsa emas. Shimoliy Amerika hududidan topib o‘rganilgan mahalliy amerikalikning tishlari yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi. Ushbu muolaja oddiy odamlar orasida ham yetarlicha ommabop bo‘lgan. Odatda bu kabi ishlar uchun parma, qatron va suyak kukuni asosidagi yelim ishlatilgan.

Haykal ichidagi mo‘miyo

Haykal ichidagi mo‘miyo

Zamonaviy skanerlash imkoniyatlari tufayli Budda haykali ichida eramizdan avvalgi XI−XII asrlarda hayot kechirgan buddaviylar ruhoniysi Lyutsyuan mo‘miyosi bor ekanligi aniqlandi. Ushbu fakt olimlarni hayratga solib qo‘ydi. Eng qizig‘i shundaki, mo‘miyo ichidan tana a’zolari jmas, duo matnlari yozilgan qadimgi qo‘lyozmalar topilgan.

Noodatiy Xitoy xazinasi

Noodatiy Xitoy xazinasi

Xitoydan katta amaldorlardan biriga tegishli bo‘lgan va u dafn qilinayotgan vaqtda birga qo‘shib ko‘milgan maishiy buyumlar qo‘lga kiritildi. Qabrning aynan kimga tegishli bo‘lgani ma’lum emas. Topilmalar orasida bronzadan ishlangan turli-tuman idishlar bo‘lgan. Arxeologlar shu yaqin atrofda qadimgi mozor ham bor ekanligi, bu yerdan ham ko‘plab tarixiy artefaktlarni qo‘lga kiritish mumkinligini ma’lum qilib o‘tganlar. 

Peru malikasi

Peru malikasi

Polsha va Peru olimlari bundan 1200 yil avval hayot kechirgan Peru malikasining tashqi qiyofasini zamonaviy 3D printerining yordami bilan qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldilar. El Kastilo de Uarmey Peruda inklardan avvalroq hayot kechirgan uarilar an’analariga xos tarzda dafn qilingan. Qirolicha tanasi ko‘plab taqinchoqlar va maishiy buyumlar bilan birga tuproqqa qo‘yilgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook