Dunyodagi eng antiqa to’y marosimlari
 Dunyodagi eng antiqa to’y marosimlari
Aniqlanishicha, deyarli har bir kelinchak kuyov bilan birga nikohdan o’tish uchun borayotganida tabassum qilar ekan, kuyov esa yuzining ko’rinishini jiddiy qilib olishga urinadi.

Olimlarning aniqlashlaricha, ko’pchilik ayollar o’zining asabiy holatini tabassum yordamida yashirishga urinadilar. Erkaklar esa bunday holatlarda qoshlarini chimirib turadi yoki hotirjam bo’lib ko’rinishga harakat qiladi.

Oppoq to’y ko’ylagining modaga kirishini qirolicha Viktoriyadan qolgan meros desa ham bo’ladi. U kelinning libosi tikilishi uchun zarbof matodan foydalaniladigan azaliy an’anani buzib, o’z nikohining tantana kechasiga chuqur dekoltelik atlasmatoli to’y ko’ylagini kiygan. Bezaklar sifatida flerdoranj shohchalari va shuningdek, uning siymosiga jozibadorlik qo’shgan jimjimador pardozdan foydalanilgan. 

To’y sayohatigachiqish an’anasini ham umuman tasodif deb bo’lmaydi. Uning dunyoga kelishi shu bilan bog’liq bo’lganki, ko’p yillar avval barcha qoidalarga muvofiq ravishda nikohini ro’yxatdan o’tkazish uchun kelin-kuyovlar gohida boshqa davlatga borishlariga to’g’ri kelgan.

Hindistonda shunday an’ana mavjud bo’lganki, unga ko’ra birinchi nikoh kechasi umuman bo’lmagan. Yangi er-xotin uchun to’shalgan ko’rpa-yostiqning o’rtasiga maxsus tayoqcha o’rnatilgan va u 4 kun ular orasida turgan. Bu an’ananing maqsadi yosh eri-xotinning shaxsiy hayotiga sabr-qanoat va mo’tadillikni tatbiq etish bo’lgan.

Bali orolidagi to’yda yoshlar tishlarining jindak qismi egovlangan. Bu yoshlarda “qoziqtishlar o’sib chiqishi”ni oldini olish hamda ular oilada g’azab hukmronligiga yo’l qo’ymasligi maqsadida qilinar edi. 

Keniyalik kuyovlar bir oy davomida ayollar zeb-ziynatlarini taqib, ularning kiyimlari va poyabzallarini kiyib yurishlari shart. Bunday yo’l bilan kuyov ayol kishining og’ir qismatini o’zida his qilishi va ayol zotining qadriga yetishi uchun“pishib tayyor bo’lishi” kerak emish.   

Eng arzonga tushgan to’y marosimi kunlardan bir kun Hindistonning qabilalaridan birida o’tkazilgan. Uning harajatlari uchun atigi bir rupiydan sal ortiqroq mablag’ sarflangan. Buning sababi – mazkur qabilada boshqalarni o’ksitmaslik uchun chiroyva hashamatni ko’z-ko’z qilish, shu bilan birga to’y marosimini dabdaba bilan o’tkazish taqiqlanganidir.

Yevropada esa qiziqarlibir an’ana mavjud bo’lgan. Unga ko’ra kelinning ota-onasi oynadan pirog solingan idishni otishlari talab etilardi. Agar idish chil-parchin bo’lib ketsa ularning qizini bahtli hayot kutayotganidan darak emish.

 

Bir necha asrlaroldin Yevropadagi kelinlarning yenglarida bantiklar bog’lanar edi. Bu baht olib keladi deya hisoblangan. Vaqt o’tgan sayin bu doimiy ravishda qilinmay qo’ydi. Ammo shu bilan birga bantiklarning ahamiyati to’g’risida hech kim unutgani yo’q. Bantikli tasmalarni dastlab ekipaklarda, keyinchalik avtomobillarga bog’lay boshladilar. Bugungi kunda to’y uchun xizmat qiladigan birorta ham avtomobil yorqin bantik tasmalarisiz bo’lmaydi. 

Ingliz an’anasiga ko’ra to’y kulchalari bir necha bo’lakchalarga bo’linib, shu bo’lakchalar kelinning ustidan sochilgan. Agar mehmonlar qatoridan biror qiz kulcha bo’lakchalaridan birini yesa,uning bo’lajak qallig’i tushiga kirishi mumkin ekan. 

Dastlab katta to’y noni Qadimiy Rim davrida paydo bo’lgan. Yangi kelin-kuyovlar to’yda shu pirogning bir bo’lagini o’zog’izlari bilan qallig’ining qo’llaridan qabul qilib yeb bo’lganidan keyingina eri-xotin deb hisoblana boshlaganlar. Ammo tez orada bu vazifa osonlashtirildi: yoshlar shunchaki kulchalarini almashib olish bilan kifoyalana boshlashdi.

Badaviylar to’yga dunyodagi eng katta taomni tayyorlaydilar. Uning tayyorlanishi uchun qaynatilgan tuxum po’stlog’i archib tashlanganidan keyin pishirilgan baliqning ichiga, baliq pishirilgan tovuqning ichiga, tovuq qo’yning pishirilgan nimtasiichiga, qo’y tuyaning ichiga solinib butunligicha qovurib tayyorlanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook