Dunyodagi eng chiroyli styuardessalar libosi qaysi mamlakatda?
Dunyodagi eng chiroyli styuardessalar libosi qaysi mamlakatda?
Styuardessalarni odatda "Osmon malikalari", "Samo qaldirg‘ochlari" deya ta’riflaydilar. Aynan ularning tashqi ko‘rinishiga qarab safar qilayotgan mamlakatingiz haqidagi birinchi taassurotlarga ega bo‘lishingiz ham mumkin. Ular aviakompaniyalarning yuzi hamdir, ularning chiroyli tabassumi ortida minglab kilometrlik safarlar, yo‘lovchilar hayoti uchun ma’sullik berkingan.

Dunyodagi eng chiroyli libosga ega styuardessalar qaysi mamlakat aviakompaniyalarida xizmat qilishini bilasizmi?

Singapore Airlines (Singapur)

Singapore Airlines (Singapur)

Singapur styuardessalarining aksariyat qismi avvallari turli go‘zallik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan qizlar ichidan tanlab olingan. Singapore Airlines bort kuzatuvchilari o‘zining ana’anaviy ko‘rishidagi liboslari bilan boshqa xamkasblaridan butunlay ajralib turishadi. Mazkur forma bundan 40 yil avval fransuz modelyeri Per Balmen tomonidan ishlab chiqilgan. Aytish kerakki, Singapur avialiniyalari 17 yil davomida Business Traveller Asia-Pacific jurnali tomonidan tuziladigan reytingda "Samolyot bortidagi eng yaxshi xizmat" unvonini qo‘lga kiritib kelganlar. 

La Compagnie (Fransiya)

La Compagnie (Fransiya)

Hech kim uchun sir emaski, fransuz qizlari moda olamining asl shaydolari ekanligi bilan nom qozonganlar. Shunga ko‘ra, La Compagnie kompaniyasi styuardessalari ham mana shu ta’rifga munosib ravishda kiyinish uchun harakat qilishadi.

Biz odatda bort kuzatuvchilarini nafis ko‘ylaklar va yubkalar kiygan holatda uchratamiz. Ammo Fransiya aviakompaniyalari tomonidan qulay shortik ko‘rinishidagi formalar ham joriy qilingan. Qizlar istakdan kelib chiqib, yubka kiyishlari ham mumkin, ammo qulaylik tarafdori bo‘lgan styuardessalar shortikli formani afzal bilishadi. 

Thai airways (Tailand)

Thai airways (Tailand)

Tailand milliy avialiniyalarining bort kuzatuvchilari o‘zlarining yodda qolarli liboslari bilan sizda ajoyib taassurot qoldirsalar ajab emas. Ularning liboslaridagi yorqin ranglar barchaga birday manzur keladi. Tailandlik bort kuzatuvchilari yevropalik hamkasblaridan farqli ravishda hamisha bayramona va yorqin ko‘rinishda bo‘lishlari kerak. Ularni ertaknamo liboslar kiyib olgan samoviy qo‘g‘irchoqlarga qiyos etishlari bejizga emas.

Vietnam Airlines (Vetnam)

Vietnam Airlines (Vetnam)

Vietnam Airlines aviatashuvchisining bort kuzatuvchilari och rangdagi keng shim va yorqin qizil rangdagi kaftan kiyib yurishadi. Ularning yon tomonida o‘ziga xos vaantiqa kesik qismi bor, bu milliy koloritga uyg‘u berish uchun atayin amalga oshirilgan. Aytish kerakki, 2008 yilda "Dunyo go‘zali" tanlovi Vyetnamda o'tkazilgan, ushbu tadbirning rasmiy homiysi esa Vietnam Airlines kompaniyasi sanalgan.

Kingfisher Airlines (Hindiston)

Kingfisher Airlines (Hindiston)

2004 yilda o‘z parvozlarini yo‘lga qo‘ygan Kingfisher Airlines kompaniyasi 2010 yilga kelib aviakompaniyalar reytingida 5 ta yulduzchani qo‘lga kiritdi. Ammo kompaniya biroz muddat o‘tib o‘z parvozlarini tugatishga majbur bo‘ldi. Aytish kerakki, ushbu kompaniya nafaqat oliy darajadagi xizmat ko‘rsatishi, balki styuardessalarining yorqin liboslari bilan ham yo‘lovchilarning yodida qolgan.

Porter (Kanada)

Porter (Kanada)

Kanadaning Porter aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari uchun liboslarni taniqli dizaynerlar Kimberli Kyuprt va Pinka Tartanalar ishlab chiqishgan. Ushbu liboslar o‘zining an’anaviy bichimi bilan yodda qoladi va klassik bo‘yinbog‘i bilan ajralib turadi. Ularning umumiy obrazlariga retro uslubidagi shlyapa ilova qilingan. Styuardessa qizlar ushbu libosda juda chiroyli va jozibador ko‘rinadilar. 

Etihad Airways (BAA)

Etihad Airways (BAA)

Italiyalik dizayner Ettor Bilotta zamonaviy avialaynerlar orasida uchratish juda qiyin bo‘lgan va  klassik jozibajorlikni o‘zida aks ettirgan ajoyib liboslarni  Etihad Airways kompaniyasi styuardessalari uchun yaratib bergan. Uning fikriga ko‘ra, bu libosda Rim, Parij modasining elementlari va zamonaviy detallar ham bo‘lishi kerak edi. Tan olish kerakki, ushbu vazifa o‘ta mahorat bilan bajarilgan.

Aeroflot (Rossiya)

Aeroflot (Rossiya)

Aeroflot aviakompaniyasining styuardessalariga nisbatan "Lady in Red" deya ta’rif bersa arziydi. Ular qizil rangli liboslarni oppoq rangli bluzalar bilan birgalikda kiyib yurishadi. Sharf hamda shlyapa obrazning muhim elementlari sirasiga kiradi. 2012 yilda kompaniyaning bort kuzatuvchilari formasi Yevropa mamlakatlari orasidagi eng chiroylisi deya tan olingan.

Virgin (Buyuk Britaniya)

Virgin (Buyuk Britaniya)

Virgin aviakompaniyasining styuardessalari hamisha chiroyli tabassumlari bilan yo‘lovchilar ko‘nglini olib kelishadi. Qizil rangli liboslar ularning teleserial qahramonlari kabi ko‘rinishlari uchun imkon yaratadi. Nafis bo‘yinbog‘ esa obrazga o‘ziga xoslik bag‘ishlab turadi.

Sichuan Airlines (Xitoy)

Sichuan Airlines (Xitoy)

Sichuan Airlines aviakompaniyasining bort kuzatuvchilari milliy an’analarni o‘zida aks ettirgan ajoyib ko‘rinishdagi forma kiyib yuradilar. Ushbu forma nafis ko‘ylak, qora bleyzer va shu rangli beretdan tashkil topgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook