Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya
Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya
Ihcham elektronika vositalari hamda zamonaviy elektron moslamalar dunyosida quvvatlantiruvchi moslamalar alohida o’rin egallaydi. Ularning ko’pchiligi an’anaviy tarzda kuchlanishi 220, 110, 12 voltga teng bo’lgan markazlashtirilgan tarmoqdan yoki o’rnatilgan akkumulyator yordamida quvvatlanadi.

Ammo shunday mustaqil quvvat moslamalari borki, ularning ishlash prinsipi o’ziga yarasha noyob, shuning uchun ham o’ta qiziqarli. Masalan, Blue freedom (Moviy erkinlik) mo’jazgina quvvatlovchi vositasi. Uni dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya deb nomlasa ham bo’ladi. 

Nemis muxandislari tomonidan ishlab chiqarilgan Blue freedom moslamasi elektr tokini suvning oqish quvvatini elektr quvvatiga aylantirish yo’li bilan elektr tokini ishlab chiqaradi. Buning uchun uning ichida kichkinagina, diametri 12 santimetrga teng gidro-elektrogenerator o’rnatilgan. Bu moslamaning og’irligi atigi 57 grammga teng.

Quvvati 5 Vt bo’lgan turbinadan tashqari Blue freedom ichida xajmi soatiga 5000 mikroamperga teng litiy-polimer akkumulyatori ham bor. Mobil telefon, smartfon yoki planshetni quvvatlab olish uchun Blue freedom moslamasining pastki qismini oqova suv (ariq, buloq, daryo va shu kabi boshqa suv inshootlari)  ga tushirib qo’yilsa bo’lgani.

Bu juda ham qulay, masalan, sayr paytida, taraqqiyotning qulayliklari – statsionar rozetkalardan foydalanish imkoni bo’lmagan paytda yordam bera oladi.

Shu bilan birga ishlab chiqaruvchilar ularning mittigina gidroelektrostantsiyalari ishlatilishida sal murakkabroq bo’lsa-da, samaraliligi bo’yicha quyosh batareyalari bilan jihozlangan ihcham quvvatlash moslamalaridan afzalligini ta’kidlaydilar. Blue freedom quvvatlash moslamasining foydali harakat koeffitsienti foto elementli quvvatlantiruvchi moslamalarning 15 foizi bilan qiyoslaganda tahminan 90 foizni tashkil qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook