Dunyodagi eng qimmat to’y tortlari
Dunyodagi eng qimmat to’y tortlari
Taassurotli to’y torti – er va xotin tariqasida birgalikda tantanali ravishda kesayotgan paytda, barchaning nigohi ularga qaratilishini xohlayotgan, kelin va kuyovning muhim shartidir.
Va bu ishonilmas sehrli, balandligi 7 metrgacha yetadigan yaratmalar mehmonlar uchun suhbat mavzusi bo’lib xizmat qilishi aniq – ularni buyurtma qilishga sizning qurbingiz yetsa, albatta.

Yeyiladigan sehrli qasrlar, to’qqiz yarusli yapon pagodalari va chalkash bezatilgan ibodatxonalar – Indoneziyalik Le Novelle Cake oilaviy konditer korxonasi yaratgan antiqa to’y tortlaridan ayrimlari xolos. Lekin bu epik yaratmalar hech ham arzon emas. Narxlar 5 ming dollardan boshlanib 500 ming dollargacha yetadi.

Havasli tortlarning ayrimlari elektr chiroqlar bilan bezalgan, va ular Disney studiyasi filmlaridagi qasrlarni eslatadi.

Aynan o’shafilmlar konditerlarga o’zlarining qasr-tortlarini minorachalar, qal’alar vabalkonlar bilan bezab yaratish uchun ilhom ato etadi.

O’zi hammasi 1993 yilda Riyadi oilasi o’z do’stlari va qarindoshlari uchun buyurtmaga tort tayyorlab berishlaridan boshlandi. Biznes rivojlandi va 2004 yilda oila Le Novelle Cake nomli konditer korxonasini ochdi.

Biznesga asos slogan Susanti Sunardji va Riki Riyadilarning qizi Tiffani Riyadining aytishicha, bu kabi tortning yaratilishi uch haftadan bir oygacha vaqtni oladi, eng qiyin tortning yaratilishining ustida esa 24 kishi 32 kun, kuniga 12 soatdan ishladi, ya'ni tortni tayyorlash uchun 9200 soat vaqt sarf qilingan.

Konditer korxonasini Tiffani opasi Miyo Minaki, akasi Dion Riyadi va uning xotiniLing-Ling Riyadi bilan birgalikda boshqaradi. Tiffani oilasidan tashqarikonditer korxonasida 60 kishi ishlaydi. Le Novelle Cake ning ikkita vakilligi bor – bali orolida va Djakartada.

Tiffanining aytishicha: “Biz tortlarni qisman tashishimizga to’g’ri keladi. Odatda  bizga strukturaviy tortni tashishimiz uchun ikki yuk avtomobili kerak bo’ladi. Va keyinchalik joyida ishchilar tortni tashish vaqtida yetkazilgan zararlarni tuzatishadi, tortni va shaker gullarini yig’ib, bir butun holga keltirib, oxirgi ishlovlarni berishadi.”

“Bizning eng katta tortimiz beshta yuk avtomobilini va uni yig’ish uchun 8 odam-soatni talab qilgan”.

Qasr-tortlar penopolistiroldan qilingan, pomadali glazur bilan qoplangan va shakar pastasidan yasalgan gullar bilan bezatilgan, va bu ularni tashqaridan to’liq yeyishli qiladi.

Albatta konditerlar 100% yeyishli qasr-tortni yaratishlari mumkin, lekin hozircha ular, yeyiladigan qismlar soni ko’pligi va shusababdan narxi ko’tarilishi mumkin bo’lgan bu kabi buyurtmalarni qabul qilishmagan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook