Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi
Sayyoramizda eng kichik maxluqotlarning ham inson hayoti uchun xavfli bo’lgan zahari bo’lishi mumkin. Ushbu maqolada dunyodagi zahari eng kuchli jonzotlar haqida hikoya qilinadi.

10-o’rin. O’rta Osiyo kobrasi

10-o’rin. O’rta Osiyo kobrasi

Bu ilonning chaqishidan keyin odam holsiz bo’la boshlaydi, keyin tirishish boshlanib, nafas olish tezlashadi va tegishli choqalar ko’rilmasa, o’lim bilan yakunlanadi. O’rta Osiyo kobrasining o’ldiradigan zahari 1 kg ga 0,85 milligramni tashkil etadi. (mg/kg)

9-o’rin. Braziliyaning askar o’rgimchagi

9-o’rin. Braziliyaning askar o’rgimchagi

2010 yilga qadar 0,045 mg/kg korsatkichi bilan “qora beva” eng zaharli o’rgimchak hisoblanar edi. Ammo keinchalik Braziliya askar o’rgimchagining zahari ikki barobar kuchli ekanligi aniqlandi. Bu zahar inson qoniga tushsa, butun qon tizimini ishdan chiqarib, 85% holda yurak to’xtashiga sabab bo’ladi.

8-o’rin. Konus geografik mollyuski

8-o’rin. Konus geografik mollyuski

Bir qarashda chig’anoqni eslatadigan bu maxluqotni zaharli, deb bo’lmaydi. Ammo uning zahridan Tinch okeanida yiliga 2-3ta odam halok bo’ladi. Zahari 0,012 mg/kg ga teng.

7-o’rin. Chirikita baqasi

7-o’rin. Chirikita baqasi

Dunyodagi eng zaharli baqalardan biri hisoblanadi. Zahri 0,01mg/kg ga teng.

6-o’rin. Sariq chayon

6-o’rin. Sariq chayon

Chayonning bu turi chaqqanda 95% holda o’lim bilan yakunlanadi. Zahrining ko’rsatgichi 0,009 mg/kg ga teng.

5-o’rin. Fugu balig’i

5-o’rin. Fugu balig’i

Zahar baliqning to’qimalarida joylashgan bo’lib, u inson organizmiga tushganda nerv kanallarini ishdan chiqaradi. Fugu balig’ining go’shtidan zaharlanish hollari 80% holda o’lim bilan yakunlanadi. Zahrining ko’rsatgichi 0,008 mg/kg.

4-o’rin. Taypan

4-o’rin. Taypan

Bu ilonning chaqishi inson hayoti uchun xavfli. Uning zahriga qarshi antidot ishlab chiqargunga qadar 90% holda odamlar halok bo’lar edi. Zahrining ko’rsatgichi 0,002mg/kg ga teng.

3-o’rin. Daraxt baqasi

3-o’rin. Daraxt baqasi

Bu dunyodagi eng zaharli baqa sanaladi. Zahar uning terisi tomonidan ishlab chiqariladi. Shuning uchun ularni qo’lga olishning o’ziyoq o’limga sabab bo’lishi mumkin. Bu baqaning zahridan hindular zaharli o’qlar tayyorlashda foydalanganlar. 

2-o’rin. Koralli poliplar

2-o’rin. Koralli poliplar

Zahar inson organizmiga tushar ekan, ko’krak qafasida qattiq og’riq hosil qilib, bir necha daqiqada o’limga olib keladi. Zahri shunchalik kuchliki, 0,00015 mg/kg ni tashkil etadi.

1-o’rin. Barg yeyuvchi Afrika qo’ng’izi

1-o’rin. Barg yeyuvchi Afrika qo’ng’izi

Bu qo’ng’iz dunyodagi hayvonlar tomonidan ishlab chiqariladigan eng kuchli zaharga ega. Zahar hattoki qo’ng’izning lichinkalarida ham mavjud. Zahrining ko’rsatgichi 0,000025mg/kg ga teng.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook