Dunyoning eng baland osmono’par teleminoralari
Dunyoning eng baland osmono’par teleminoralari
Dunyodagi eng birinchi television minora 1926 yilda Berlin shahrida barpo qilingan edi. Uning balandligi 150 metrni tashkil etgan va hozirgi teleminoralardan ancha farq qilar edi. Bugungi kunda television signallarni yetkazib berish uchun osmono’par minoralar qurila boshlandi. 21 noyabr televideniye kuni munosabati bilan bugungi maqolamizda dunyodagi eng baland osmono’par teleminoralar haqida ma’lumot berib o’tamiz.

1.Tokio osmono’par daraxti, Yaponiya (634 m)

1.Tokio osmono’par daraxti, Yaponiya (634 m)

Ayni paytda dunyodagi eng baland teleminora Tokioning Sumido rayonida joylashgan. Balandligi bo'yicha u Burj Xalifaning osmono'par binosidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Qurilish davrida u Yangi Tokio minorasi deb nomlangan edi, hozirgi nomi 2008 yilda Internetorqali o'tkazilgan tanlov natijasida tanlandi.

Yangi minora balandligi Tokioga xizmat qilgan avvalgi teleminoradan ikki baravar balanddir. Uning balandligida ma'lum bir ma'no yashiringan: 6 (qadimgi yapon tilida "mu"), 3 ("sa") va 4 ("si") raqamlari hozirgi Tokio joylashgan Musasi tarixiy viloyati nomini bildiradi. “Osmono’par daraxt” 5pog’onali budda dini ibodatxonasini eslatadi hamda daryoning narigi sohilida joylashgan tarixiy Asakusa rayoni bilan juda yaxshi uyg’unlashadi. Minoraning asosi shtativga o'xshaydi va 350 metr balandlikdan keyin esa u silindrsimon shaklda davom etadi.

Minoradan turib shaharni va uning atrofini maroq bilan tomosha qilish mumkin, bunimg uchun minorada ikkita kuzatuv maydonchalari joylashgan: biri 350 m balandlikda bo’lib, 2000 kishiga mo’ljallangan, ikkinchisi 450 m balandlikda joylashgan bo’lib, 900 kishiga mo'ljallangan. Eng yuqoridagi maydoncha shaffof pol hamda spiral o'tish yo'li bilan jihozlangan, shu yerdan platformaning oxirgi 5 metriga ko’tarilgan mehmonlar oyoqlari ostidan turib, shahar kvartallari va ko’chalarini tomosha qilishlari mumkin.

2.Guanchjoy teleminorasi, Xitoy (600 m)

2.Guanchjoy teleminorasi, Xitoy (600 m)

Ushbu teleminora 2005-2010 yillarda Osiyo o’yinlari uchun maxsus qurilgan. Uning nayzasimon ishlangan uchi po'latdan yasalgan bo’lib, 160 metrni tashkil etadi. Minora televizion va radio signallarini uzatadi, shuningdek, Guanchjou shahrini tomosha qilish uchun tomosha maydonchasi bo'lib ham xizmat qiladi, hamda kuniga 10 000 tagacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Oyna bilan o’ralgan tomosha maydonchalari 33 metr, 116 metr, 168 metr va 449 metr balandlikda joylashgan, 488 metrlik balandlikda esa ochiq platforma mavjud. 418 va 428 m balandlikda aylanadigan restoranlar xizmat ko’rsatadi, qo'shimcha VIP-kafe 407 m balandlikda joylashgan.

3.Ci-En Tauer teleminorasi, Kanada

3.Ci-En Tauer teleminorasi, Kanada

1976 yildan 2007 yilgacha Ci-En Tauer dunyodagi eng baland erkin qurilish tuzilmasi hisoblangan. U Kanadaning Toronto shahrida (Ontario) joylashgan va u allaqachon shaharning ramzlaridan biriga aylanib ulgirgan. Dastlab CN qisqartmasi "Canadian National” degan ma'noni anglatardi, chunki o'sha paytda ushbu minora davlatning Canadian National Railways kompaniyasiga qarashli edi. Ammo 1995 yilda minora Kanada Lands Company tomonidan sotib olingan. Shahar aholisi teleminoraning eski nomiga o'rganib qolganligi sababli, eski nomidagi CN harflari olib tashlanmadi . Bu yerda 447 m balandlikda tomosha maydonchasi mavjud.

4. Moskvadagi Ostankino teleminorasi, Rossiya (540,1 m)

4. Moskvadagi Ostankino teleminorasi, Rossiya (540,1 m)

VDNH va Ostankino televizion markazi yaqinida Ostankino teleminorasi qad ko’tarib turibdi. Hanuzgacha u Rossiya va Yeropadagi eng baland bino hisoblanadi. Teleminoraning uchta kuzatuv maydonchasi bor: 337 m balandlikda – yopiq va ikkitasi 85 m va 340 m balandliklarda - ochiq. Ikkita ochiq maydoncha faqat kun iliq paytda – maydan oktyabr oylarigacha xizmat qiladi. Minoraning 328-334 metr balandligida mashhur "Седьмое небо" restorani joylashgan, unga kirish tomosha maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Restoranda turli darajadagi uchta xona mavjud: bistro, kafe va restoranning o'zi. Restoranning doira binolari minora o'qi atrofida soatiga 1-3 burilish tezligida aylanadi.

2000 yilning yozida, 400 m dan yuqori balandlikda, yuqori chastotali kabellar yonib ketdi, natijada kuchli yong'in kelib chiqdi. Minoraning uchta pog’onasi yonib ketdi, konstruktsiyani ushlab turgan 121 ta tortilgan po'lat troslar yorildi, aloqa va elektr ta'minoti tizimlari shikastlandi. Shu sababli “Ostankino” teleminorasida katta ta’mirlash ishlari o’tkazildi. Televizion minoraga ekskursiyalar faqat 2009 yilda qayta boshlandi, 2011 yilda esa 340 m balandlikdagi tomosha maydonchasi qayta ochildi. Butkul yonib ketgan "Седьмое небо" restoraniga kelsak, u faqat 2016 yildagina katta ta'mirlash ishlaridan so’ng qayta ishga tushdi.

5.Shanxaydagi Sharq javohiri teleminorasi, Xitoy (468 m)

5.Shanxaydagi Sharq javohiri teleminorasi, Xitoy (468 m)

Romantik nomga ega bo'lgan ushbu teleminora balandligi bo’yicha Osiyoda uchinchi, dunyo miqyosida esa sharafli beshinchi o'rinni egallaydi. U Shanxayning Pudun tumanining eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Minora quyidagi xizmatlarga ega:

*267 metrda aylanadigan restoran joylashgan;

*271 metr balandlikda raqs maydonchasi, karaoke uhun mo’ljallangan 20 ta xona va bar mavjud;

*350 metr balandlikda kuzatuv maydonchasi, pentxaus, qahva do'koni va konferentsiya xonasi joylashtirilgan.

Bino tarkibida 11 ta yumaloq shakldagi qismlar mavjud. Ikkala eng katta sharsimon qismlar: diametri 50 m bo'lgan Space Cityning pastki qismda, diametri 45 metrli Space Module sal teparoqda. Ular bir-biriga 9 metr diametrli uchta silindrsimon ustunlar orqali bog'langan. Ularning ichida yana beshta sharsimon qismlar bo’lib, ular “Kosmik otel” ning xonalaridir.

6.Tehrondagi Bordj Milad teleminorasi, Eron (435m)

6.Tehrondagi Bordj Milad teleminorasi, Eron (435m)

Tehronda joylashgan ushbu teleminora mamlakatdagi eng baland bino hisoblanadi. Uning qalinlashgan qismi 12 qavatli katta kapsulaga o'xshaydi, tomi 315 metr balandlikda. Uning ostida liftlar va zinapoyalar joylashgan. Bordj Miladda uchta shaxta qurilgan bo'lib, ularda oltita manzarali liftlar harakatlanadi. 12 qavatli minoraning umumiy maydoni 12000 kvadrat metrni tashkil qiladi, ushbu ko’rsatgich sababli u 2006 yilgacha eng katta maydonga ega bo'lgan minora hisoblanar edi.

Teleminoraning asosi Eronning an'anaviy klassik me'morchiligiga xos bo'lgan to’g’ri sakkizburchak shakliga ega. 276 metr balandlikda aylanuvchi manzarali restoran ishlaydi, undan bir oz balandroqda telekommunikatsiyalar, televideniye va radioeshittirishlar, yo'l harakati nazorati hamda ob-havo stantsiyasi xizmatlari uchun mo’ljallangan texnik xonalar joylashgan.

7.Kuala-Lumpurdagi Menara teleminorasi, Malayziya (421m)

7.Kuala-Lumpurdagi Menara teleminorasi, Malayziya (421m)

Ushbu teleminora 5 yil davomida qurilgan. Uning dizayni mumtoz islom madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini namoyish etadi. Shunday qilib, gumbazi ulkan olmosni eslatuvchi minora Isfaxonlik eron hunarmandlari tomonidan mukarna uslubida qurilgan. Yer yuzasidan 276 metr balandlikda tevarak-atrof manzarasini ko’rish uchun tomosha maydonchasiga ega bo’lgan aylanadigan restoran joylashgan. Yuqorida ochiq kuzatish maydonchasi bo’lib, unga kirish qo’shimcha to’lovni talab etadi. Tomosha maydonchasi pog’onasida shisha kubli yangi Sky Box attraktsioni ham mavjud. Bu yerga tezyurar lift 54 soniyada olib chiqib qo’yishi mumkin.

Minora tagida Malayziya madaniyati bilan bog’liq qulay tematik bog’ yastangan. Minora konstruktsiyasi 22 pog’onaga bo'lingan, unda 4 ta lift ishlaydi, shuningdek 2058 pog'onali zinapoya ham mavjud. Yuqorida restoran va kuzatish xonasidan tashqari, radioeshittirish hamda elekrtaloqa stantsiyalari ham mavjud. Minora antennasi eshittirish signallarinini uzatish bilan birga telekommunikatsiya uchun ham xizmat qiladi.

8.Tyantsin teleminorasi, Xitoy (415 m)

8.Tyantsin teleminorasi, Xitoy (415 m)

1991 yilda Xitoyning Tyantsin shahrida ulkan teleminora qurildi. Minorada 253 metr balandlikda tomosha maydonchasi mavjud, ammo hozir u aloqa uskunalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Undan 4 metr balandlikda aylanadigan restoran joylashgan. Ushbu minora “Butunjahon baland minoralar tashkiloti” tarkibiga kiradi.

9.Pekindagi markaziy televideniye minorasi, Xitoy (405 m)

9.Pekindagi markaziy televideniye minorasi, Xitoy (405 m)

U Xitoy markaziy televideniesiga qarashli obyekt hisoblanadi. 238 metr balandlikda tomosha maydonchasi va aylanadigan restoran joylashgan. Tezyurar lift  u yerga bir zumda olib chiqib qo’yadi. Dunyodagi eng baland teleminoraning qurilishi Xitoy Xalq Respublikasining televideniya va radio vazirligi tomonidan boshlangan. 221 va 238 metr balandlikda joylashgan teleminorasining oltin va moviy rangdagi sharsimon qismi ayniqsa go'zaldir.

10. Chjenchjoudagi “Chjongyan” minorasi Xitoy (388 m)

10. Chjenchjoudagi “Chjongyan” minorasi Xitoy (388 m)

Chjenchjou shahri aholisi dunyodagi eng baland o'ntalikka kiradigan Chjongyan minorasi bilan faxrlanadilar. U shahar me'morchiligining zamonaviy qarashlariga muvofiq qurilgan. Minora binolarining umumiy maydoni 58000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yaponiyalik arxitektor Kisho Kurokava me'moriy yechim ustida ish olib bordi: u minorani qudratli poydevor ustiga qurishni, tepa qismida esa katta aylanadigan tomosha maydonchasiga ega bo’lgan restoran qurishni taklif qildi.

Inshootning tomi bloklar bilan bir-biriga bog'langan 6 ta ko'k va yaltiroq konuslardan iborat. Minoraning nayzasimon uchi 120 km dan ortiq radiusga televizon signalini uzatadi. Bugungi kunda Chjongyan minorasi o'z vazifasiga muvofiq foydalanilmoqda – u mahalliy aholini eshittirishlar bilan ta'minlaydi, bundan tashqari shaharning bezagi sifatida xizmat qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook