Dunyoning turli mamlakatlarida bolalar tarbiyasidagi g’ayrioddiylik
Dunyoning turli mamlakatlarida bolalar tarbiyasidagi g’ayrioddiylik
Bolalik uy bozor, deydi dono xalqimiz. Kichkintoylar bizning baxtimiz, quvonchimizdir. Ularni erkalaganimizda ko’proq biz kattalar rohatlanimiz, qalbimiz quvonchu shodlikka to’ladi. Biroq farzand o’stirar ekanmiz, ularning tarbiyasiga jiddiyroq qarashimiz kerak. Aytishadiku, bola shirin, odobi undan shirin, deb. Turli xalqlarda o’zining milliy an’anasi bo’lganday, farzand tabiyasida ham o’ziga xos yondashish mavjud.

Qaysidir mamlakatda bolalarga hamma narsa uchun ruhsat beriladi, boshqalarida kichkintoylar qat’iy qoidalarga rioya qiladilar va bo’ynilariga yuklangan vazifalarni so’zsiz bajarishlari lozim. Ushbu maqolamizda turli xalqlarda kichkintoylarning vazifalari haqida so’z boradi.

1. Xitoy: eng qat'iy kundalik tartib

1. Xitoy: eng qat'iy kundalik tartib

Xitoylik bolalarning kundalik hayoti og'ir. 

3 yoshdan boshlab Xitoyda bolalarni tarbiyasidagi asosiy narsa – kamtarlik va itoatkorlikdir. Bog’cha yoshidan boshlab har bir bola kattalarning (kim bo’lishidan qat’iy nazar) aytganlarini so’zsiz  bajarishlari zarur. Bolalarning kun jadvali ota-onalari tomonidan soatma-soat qilib belgilab beriladi va bu jadval, qoida tariqasida yillar davomida o'zgarmaydi. Bola 4-5 yoshga to'lganida, ota-onasi unga uydagi vazifalarini ham belgilab beradi. Maktabdan tashqari bir nechta sektsiyalarga qatnashishi zarur, albatta. Xitoylik ota-onalar farzandlari uchun o’zlari  o'yinchoqlarni tanlaydilar hamda ularning bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazish kerakligini belgilaydilar, kamdan-kam hollarda ularni maqtaydilar va gap qaytarsalar qattiq jazolaydilar.

2. Tailand: katta bolalar ota-onalar o'rniga kichik bolalarni katta qilishadi

2. Tailand: katta bolalar ota-onalar o'rniga kichik bolalarni katta qilishadi

Tailandda bolalar bir-birlarini tarbiyalaydilar va mehnat qiladilar. 

Tailandda katta bolalar kichik yoshdagi bolalarga qarashadi. O’ynasalar ham, ishlasalar ham turli yoshdagi bolalar doimiy ravishda birga bo'lishadi. Bolalarga masalan, sabzavotlarni tozalash yoki mevalarni saralash kabi tadbirlar taklif qilinishi mumkin. Bundan tashqari, katta yoshdagi bolalar o'ziga xos moderator bo'lishadi, kichik yoshdagi bolalar esa stajer bo'lishadi. Shu sababli, Tailand bolalari erta mustaqil bo'ladilar. 3 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga jamiyat ichidagi xatti-harakatlarini tartibga solish erkinligi beriladi.

Qiziqarli fakt. Tailandliklar hech qachon bolaning chaqirishi yoki yig’isiga yugurmaydilar. Ota-ona yig'layotgan yoki chaqirayotgan bolaga qaraydi, vaziyatni baholaydi va agar u sog'lig'iga tahdid solmasa, chaqiruv/yig'lashni e'tiborsiz qoldiradi, shunda bola o'z muammolarini o’zi hal qilishni o'rganadi.

3. Angliya: hissiyotlarni jilovlash majburiyati

3. Angliya: hissiyotlarni jilovlash majburiyati

Hissiyotlarga beriluvchanlik sodda odamlar uchun. 

Angliyada 2-3 yoshdan boshlab, bola yuqori darajadagi odob hamda hissiyotlarni jilovlay bilish san’atini o’rganish maqsadida maxsus muallimlar bilan dars o’tadilar. Bu bolalar bog'chalari qoshidagi maxsus kurslar bo'lishi mumkin. Bola katta bo'lganida, ba'zi demokratik ota-onalar unga odob-axloq borasida o’zini-o’zi tarbiyalashni taklif qilishlari mumkin: internetdagi video darslar va odob-axloq qoidalari bo’yicha kitoblar. Bola stol atrofida o'zini tutishni, jamiyatda o'zini tutishni o'rganishi kerak. Ingliz ota-onalari bolaga mehrlarini tez-tez va doimiy ravishda bildiradilar, ammo bosiqlik bilan. Bu narsa shuningdek, inglizlarda birinchi farzandlarini 35-40 yoshga kirganlarida ega bo’lishlari bilan bog’liq.

4. Frantsiya: mustaqil xaridlar

4. Frantsiya: mustaqil xaridlar

Fransuz bolalari mustaqildirlar. 

Frantsiyada bolalar erta ulg’ayadilar va erta mustaqil bo’ladilar. Qonunga muvofiq bolalar uyda yolg'iz qolishlari, mustaqil ravishda maktabga borishlari va xaridlar qilishlari mumkin. Erta yoshda (1-2 yosh) ota-onalar farzandlarini bolalar bog'chasiga berib, o'zlari ishlashga ketadilar. Kichik yoshdagi bolaga doimo ota-onalar tarafidan biron bir narsada yordam berish taklif qilinadi: qahvaga sut qo’shib berish, non solingan likopchani olib kelish, svetni o'chirish va hokazo.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook