FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (1-qism)
FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (1-qism)
FOREX (ingliz tilida - Foreign Exchangemarket, ya’ni horijiy almashinuv bozori) — o’tgan asrning eтmishinchi yillar boshida, xalqaro savdo davr taqozosi bilan valyutalarning fiksatsiya qilingan kurslaridan erkin suzishga o’tgan paytida shakllangan xalqaro valyuta bozori. Bunda bir valyutaning kursi ikkinchisiga nisbatan eng shak-shubhasiz tarzda belgilanadi: ikkala taraf ham rozi bo’lgan o’zaro nisbat bo’yicha almashinuv orqali.

Dunyo valyuta bozoridagi amaliyotlar hajmi kun sayin ko’paib bormoqda. Bu xalqaro savdo va ko’p mamlakatlarda valyuta cheklovlarini bekor qilinishi bilan bog’liq. Dunyo miqyosidagi konversion amaliyotlarning kundalik hajmi 1998 yilning o’rtalarida 1 trillion 982 AQSH dollarini tashkil etgan (London bozorining ulushiga kundalik aylanmaning tahminan 32 foizi, Nyu-York 18 foizga yaqini, german bozori – 10foizga to’g’ri kelgan)

Eng taasurotlisi faqatgina amaliyotlarning hajmi emas, bozor rivojlanishining templaridir: 1977 yilda kundalik aylanma besh milliard AQSH dollarini tashkiletgan. U o’n yil ichida 600 milliardgacha o’sib chiqqan va 1992 yilda birtrillion AQSH dollariga yetib olgan.Barcha bitimlarning 80 foiziga yaqini valyutalar kursidagi o’yindan foyda olish maqsadidagi olib sotarlik amaliyotlaridir.

          Bu o’yin juda ko’p ishtirokchilarni o’ziga jalb qiladi, moliyaviy tashkilotlar bilan birga yakka tartibdagi sarmoyadorlarni ham.

Oxirgi yigirma-yigirma besh yil ichidagi axborot texnologiyalar rivojlanishining o’ta jadal sur’ati bozorni tanib bo’lmaydigan darajada o’zgartirib yubordi. Bir paytlar tabaqa siri og’ushi bilan o’ralgan valyuta dileri kasbi hozirgi paytda deyarli ommabop bo’lib ketdi. Bir paytlar faqat yirik monopoliyachi banklarning imtiyozi bo’lgan valyuta ayriboshlash amaliyoti elektron savdo tizimlari tufayli endi hamma uchun ochiq. Xatto eng yirik banklar ham ko’pincha elektron tizimdagi savdoni yakka tartibdagi ikki taraflama amaliyotlardan ko’ra afzalroq, deb biladilar. Elektron brokerlar ulushiga bugungi kunda FOREX bozorining 11 foizi to’g’ri keladi. Eng yirik xalqaro banklar amaiyotining kunlik hajmi (Deutsche Bank, Barclays Bank,Union Bankof Switzerland,Citi Bank, Chase Manhattan Bank,Standard Chartered Bank) milliardlab AQSH dollariga yetib, undan ham ortadi.

FOREX bozorining belgilangan maqsadi

FOREX bozorining belgilangan maqsadi u yerda shaxsiy moliya, intellektual va ruhiy kuchni qo’llash joyi sifatida foydalanib, baxt qushini ushlab olishga harakat qilish emas. Ba’zan kimlardir bunga erishi ham mumkin, lekin bu uzoq vaqt cho’zilmaydi. Valyuta bozorining eng asosiy ustunligi –u yerda inson o’z aql kuchi bilan muvaffaqiyatga erisha olishidir.

Valyuta bozorining yana bir muhim xususiyati, qanchalik g’alati tuyulsa ham bu uning barqarorligi. Moliya bozorining asosiy xususiyati uning kutilmagan paytdagi pastga qulashi ekanligini hamma biladi. Ammo fond bozoridan farqli o’laroq, FOREX qulamaydi. Agar aksiyalar o’z qadrini yo’qotgan bo’lsa, unda bu kasodga uchrash degani. Agar dollarning narhi tushib ketgudek bo’lsa, bu boshqa valyuta unga nisabatan kuchliroq bo’lib qolganini anglatadi. Masalan, 1998 yilning oxirida bir necha oy davomida dollarga nisbatan to’rt barobar qimmatlashgan qolgan iyona. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook