Futurik Sedric – Volkswagenning kelajakdagi avtonom avtomobilidir
Futurik Sedric – Volkswagenning kelajakdagi avtonom avtomobilidir
Bugungi kunda avtonom avtomobillar g’oyasi ommalashmoqda. Hattoki taniqli avtobrendlar ham ushbu g’oyani e’tiborsiz qoldirmadilar va avtomatik tarzda boshqariladigan mashinalarni taqdim qildilar. Shular qatorida Volkswagen kompaniyasi ham boshqaruv rulisiz, yo’lovchilar uchun qulay va xavfsiz bo’lgan avtomobilni namoyish qildilar.

Mart oyidayoq Volkswagen Group kompaniyasi o’zining Sedricnomli kelajak futuristik avtonom transport vositasining kontseptsiyasinitarmoqda e’lon qilgan edi. Ushbu mashinada belgilangan joyga yetib olish uchunhaydovchidan o’rindiqqa joylashib olib, kerakli tugmalarni bosish talabqilinadi, xolos. Shundan keyin xotrjamgina dam olgan holda manzaralarni tomoshaqilib yoki kitob o’qishi, musiqa tinglashi, telefonda suhbatlashishi va yo’lidadavom etishi mumkin.

Auto Shanghai 2017 ko’rgazmasida Volkswagen o’ziningavtonom kontsept-karining real nusxasini namoyish etdi. Yuqorida ko’rsatibo’tilgandek, mashinaning kabinasidan yo’lovchilar qulayligi uchun barchaboshqaruv moslamalari olib tashlangan bo’lib, faqatgina novigatsiyalar bilanjihozlangan.

VW Group Cedric avtonom avtoni yo’lovchi uchun imkonboricha qulay qilish tarafdori, shunchaki joylashib olib, kerakli tugmanibosib, istalgan joyiga boraversin. Ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasmart-soatlar ishlab chiqaruvchi Mobvoi kompaniyasi bilan sheriklik qilishihaqida ma’lum qildi.

Ularning maqsadi Sedric hamda VW ning kelajakda ishlabchiqaradigan boshqa avtomobillari uchun ham “aqlli” interfeys yaratishdir. Hozirchabu avtomobil shunchaki yangi g’oya xolos, kelajakda uning keng foydalanishgatopshirilishi noma’lum.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook