Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari
Hamkasblarni Yangi yil bilan qutlashning ajoyib usullari
Ma'lumotlarga qaraganda ish uchun 1 haftada 40 soat sarflar ekanmiz. Bu degani oila davrasidan ko'ra ko'proq hamkasblar bilan birga bo'lamiz. Ushbu ikkinchi oilaga aylanib ulgurgan insonlar uchun bayram nafasini aks ettiruvchi qanday sovg'a tayyorlasak bo'ladi? Keling, shu haqida gaplashamiz!

Zanjabilli pechenie

Zanjabilli pecheniyening vatani-Dreyton shaxri hisoblanadi. Ushbu shahar dunyoga yangi yil shirinligini sovg'a qildi. Bu shirinlikni qodoqda do'konlardan sotib olishingiz yoki bo'lmasa, o'zingiz pishirishingiz mumkin. Ushbu shirinlikni yangi yil o'yinchoqlari, hayvonlar, archa va shu kabi shakllarda tayyorlasangiz undan yana-da bayram hidi ufirib turishiga erishasiz.

Yutuqli lotoreya

Lotoreya o'yini barchani qiziqtirsa kerak, ayniqsa yutuqsizi bo'lmasa yanada yaxshi. Ofisda yangi yil lotereyasini tashkil eting, shunda barchani bayram qilish hissi kafolatlanadi. Sovg'alar: shirinlik, noodatiy ofis buyumlari va kichkina ramziy sovg'alar bo'lishi mumkin. O'yin shartlari  - bayram qo'shiqlari, jumboqlar, hazillar va Yangi yil tabriklari bo'lishi mumkin.

Lotoreya o'yini

Lotoreya o'yini

Qorbobo maktubi

Qor bobodan keluvchi maktub elektron pochtalar tufayli bir oz unutilgan bo'lsa-da, o'z qadr-qimmatini yo'qotmagan. Bugungi kunda qo'lda yozilgan tabriknoma ilgridagidan ko'ra ko'proq odamni quvontirib, xayratga soladi. "Qor bobo"dan tabriknomangiz mo'jizaga ishongan bolalik chog'lariga sayr qilishga imkon yaratadi.

Suratlar bilan bezatilgan archa

Hamma ham ish joyiga archa o'rnatavermaydi. Biroq agar siz yangi yil nafasini to'liq his qilishni xohlasangiz, u holda albatta archa o'rnating. Kichkina archa daraxti, girlandiyalar va hamkasblaringiz surati ular uchun bir oila ekanligingizni ta'kidlovchi ajoyib sovg'a bo'ladi. Yangi yil ta'tilidan qaytganingizdan so'ng, bunday bezaklar yoqimli xotiralarni uyg'otadi va barchaga ijobiy ish muhitini yaratadi. 

"Maxfiy Qor bobo" o'yini

Qandaydir bayram uchun pul yig'ish, bayram kayfiyatini buzadi. Bu o'yin orqali esa ulardan faqatgina bir odam "jabrlanadi". Ya'ni berkitilgan qog'ozdan kimga "Sirli Qor bobo" tushsa, osha odam barcha uchun sovg'a hozirlashi kerak bo'ladi. O'yin so'ngida "qor bobo" kim ekanligini oshkor qilish mumkin. Oddiy ammo qiziqarli o'yin. O'yin orqali ziyraklikni oshirish va bundan tashqari sovg'aga ham ega bo'lish mumkin.

Yangi yil bayrami atrofdagilarga quvonch va shodlik ulashishning ayni paytidir. Bundan imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook