Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor
Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor
Yaqinda Sony kompaniyasi har qanday yuzani golografik sensor ekranga aylantira oladigan yangi mosalamani sotuvga chiqardi. Bu yangi ixtiro yana bir yuqori texnologiyali gadjet emas, balki kundalik yumushlarda asqotadigan ajabtovur foydali va qulay moslamadir. Yangi moslama erkaklarga ham, ayollarga ham birdek ma’qul tushishi aniq.

Fantast yozuvchilar ilk bor golografik tasvirlarni o’ylab topganlaridan beri muhandis va olimlar bu texnologiyani yaratish ustida bosh qotirdilar. Oxirgi yillarda esa uchbu soha jonkuyarlarining say-harakatlari yuqori cho’qqilarga chiqdi. Bugungi kunda filmlarda uchraydigan mukammal gologrammalar hali yaratilmagan bo’lsa ham, biroq qiziqarli namunalari sotuvga chiqarildi. Shulardan biri  Sony kompaniyasining yangi ixtirosi – Xperia Touch proyektoridir.

Xperia Touch – sensor texnologiyali proyektordir. Bu qurilma hozircha katta hajmli tasvirlarni yaratmasa ham, biroq interaktiv tasvirlarni uzatadi. Bu esa foydalanuvchiga proyektsiya qilinuvchi tasvirni  huddi smartfon yoki planshetdagi sensor ekrandagi tasvir kabi boshqara olish imkonini beradi.

Proyektor bevosita hamda mobil moslama yordamida boshqariladi. Yana muhim omillardan biri – uning Wi-Fi tarmog'iga ulana olishidir. Bu esa internet-serfing bilan shugullanish imkoniyatini yaratadi. XperiaTouch yordamida yaqinlaringizga xabar va eslatmalar qoldirishingiz mumkin. Moslama shaxsiy ma’lumotlar bankiga ega. Proyektorning og’irligi bor yo’g’I 932 gramm keladi, gabariti esa 69x134x143 mm ga teng. Maksimal diagonali 23 dyuym. Yangi moslama tarmoqqa ulanish hamda litiy-ionli akkumulyator orqali ishlaydi. 

Xperia Touch har bir uyda har qanday vazifada  ishlatilishi mumkin. Masalan, proyektor kompyuter yoki televizor ekranining o’rnini bosishi mumkin. Shuningdek bu yangi texnologiya istalgan yuza, masalan stol yoki devorni sensor ekranga aylantirishi ham mumkin. Bu uy vazifasi yoki ovqat tayyorlash jarayonida qulayliklar yaratadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook