Har sohadan bir shingil: qiziqarli faktlardan namunalar
Har sohadan bir shingil: qiziqarli faktlardan namunalar
Inson, moda, salomatlik, tabiat, jonzotlar va boshqa turli-tuman narsalar haqidagi faktlardan biq qancha keltirib o'tdik. Marhamat tanishib chiqing!

Mashxur siyosatchi Uinston Cherchill yozuvchilikda ham o’ta qobiliyatli bo’lgan. U 1953 yili adabiyot yo’nalishida Nobel mukofotiga munosib deb topilgan.

Jahondagi eng katta Botanika bog’i Londonda joylashgan bo’lib, uning hududi 110 gektar maydonni egallagan.

Agar dunyoda kartoshka yaxshi parvarish qilinsa, undan olinadigan daromad oltin va kumush foydasidan ham yuqoriroq bo’lishi mumkin.

Italiyalik Rio Kozelli dunyodagi eng zerikarli kitoblarni kolleksiya qilish bilan shug’ullanadi. U hozirgacha 10000 tadan ortiq kitob yiqqan. Italiyalik omadsiz shoirlardan biri esa asari Kozellida saqlanayotganini bilib o’z joniga qasd qilmoqchi bo’lgan ekan.

Yuliy Sezar sochlari to’kilayotganini yashirish maqsadida dafna barglaridan tayyorlangan gulchambar taqib yurgan.

Iskandar Zulqarnaynning O’rta Osiyo yurishlariga tirik guvoh bo’lganlar hozirda hayot…Ular Qashqadaryo viloyatining yakkabog’ tumanidagi ikki ulkan archa daraxtlaridir.

Fransuz yozuvchisi Emil Zolya asosan kechasi ijod qilgan. Yozuvchi uyquni qochirish uchun kuniga 3-4 litr qahva ichgan ekan.

Chumoli o’zidan 1400 marta og’irroq yukni ko’tara oladi.

1910 yilning 7 noyabr kuni vafot etgan Lev Nikolayevich Tolstoyning ohirgi so’zlari “Xaqiqatni sevaman” iborasi bo’lgan ekan.

Daltonizm ayollarga nisbatan erkaklarda 10 baravar ko’proq ishlaydi.

Inson miyasida har soniyada 100 000 kimyoviy reaksiya kuzatiladi.

Moviy ko’zli insonlar og’riqqa nisbatan ta’sirchanroq bo’lishadi.

Insoniyatning1 foizi infraqizil va ultrabinafsha nurlarini ko’ra olish qobiliyatiga ega.

Inson ko’zi10 000 000 hil rangni ajrata olish hususiyatiga ega.

Inson barmoqlari umri davomida 25 million marta bukiladi.

Yurak o’z sohibini mushti kattaligida bo’lib, katta yoshli inson yuragi og’irligi 220-260grni tashkil etadi.

Organizmdagi barcha bakteriyalar og’irligi 2 killogrammga teng.

Inson umri davomida teri 1000 marta almashadi.

Umrning o’rtacha hisobda davomiyligi- 2475576000 soniya.

Odam-dunyodagi tirik jonlar ichida tog’ri chiziq chiza oluvchi yagona mavjudotdir.

Kuniga 1 pachka tamaki chekuvchi inson yiliga yarim finjon smola iste’mol qiladi.

O’z liboslariga ilk bor kompaniya logotipini joylashtirgan brend Lacoste hisoblanadi.

Tarixdagi ilk suniiy kipriklar 1916 yili gollivud rejissori D.U.Griffit tomonidan o’ylab topilgan bo’lib, ular tabiiy soch tolasidan ishlab chiqilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook