Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      «Qirol sher» multfilmlar ichida qo‘lda chizilgan va tarixda eng ko‘p ko‘rilgan multfilmdir.

2.      Ilk parashyut 1515 yilda Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan.

3.      Eshaklar samolyotlardan ko‘ra ko‘proq insonlar o‘limiga sababchi bo‘ladi.

4.      Dunyodagi eng katta shohmot donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan «Shoh»dir. Uning balandligi 4 metr, asosining diametri 1,4 metrni tashkil etadi.

5.      Bluetooth qurilmasi Harald Bluetooth (Ko‘ktish) sharafiga qo‘yilgan. U Daniya va Norvegiya xalqlarini birlashtirgan qirol hisoblanadi.

6.      Shokolad tishlar uchun foydali.

7.      Amerikadagi har ikkita oiladan bittasi ajrashish bilan yakunlanadi.

8.      O'chirg'ich kashf qilingungacha qalamni o‘chirishda nondan foydalanilgan.

9.      Dunyodagi eng qimmatbaho qo‘g'irchoq «Barbi» hisoblanadi. Ko‘ylaklari haqiqiy olmoslar bilan bezatilgan ushbu qo‘g'irchoqning bahosi 100 000 yevro turadi.

10.   Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi.

1.      200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tug'ruq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan. U to‘rt marta to‘rttadan, yetti marta uchtadan va 15 marta ikkitadan egizak farzand ko‘rgan. Eng ajablanarlisi, u biror marta yakka farzand ko‘rmagan.

2.      Italiyada Barbi qo‘g'irchoqlari soni Kanada aholisidan ham ko‘proq.

3.      Rasman qayd etilgan eng ulkan krossvordda 82.951 katak bo‘lgan.

4.      O'rtacha statistik erkak umri davomida biror marta soqol olmasa, soqolining uzunligi 8,5metrga yetardi. Lekin soqol oladigan o‘rtacha statistik erkak umri davomida bu ishga 3350 soat sarflaydi.

5.      Och bo‘ri bir o‘tirishda 10 kilogramm go‘sht yeyishi mumkin, aslida uning kundalik ehtiyoji 2 kilogrammni tashkil etadi...

6.      Buyuk Britaniyada 1845 yilda amalda bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘z joniga qasd qilishga urinish qatl etish bilan jazolangan.

7.      Kenguru 90 kilogramm vaznga ega bo‘lishiga qaramay har sakraganda 9 metr masofaga uchadi.

8.      Rosmana futbol koptogidek keladigan tuyaqush tuxumining po‘sti shu qadar qalinki, u bemalol bitta odamni ko‘tara oladi.

9.      O'rtacha kattalikdagi oq akula tishlaganda uning har bir tishining bosim kuchi 1 kv. smga 3 tonna og'irlikni tashkil etadi.

10.   Akulaning yangi tishlari bir haftada o‘sib chiqishi mumkin.

1.      Mushuk tanasining Selsiy shkalasi bo‘yicha me’yordagi harorati — 38 daraja.

2.      «Moskovskiye gubernskiye vedomosti» gazetasining 1848 yilda chiqqan sonlaridan birida shunday so‘zlarni o‘qish mumkin: «Nikifor Nikitin (TSiolkovskiy) o‘zining Oyga uchish haqidagi ahmoqona qarashlari uchun Boyqo‘ng‘ir qishlog‘iga surgun qilindi».

3.      Qovoqari dam olmasdan 320 kilometr masofagacha uchib borishi mumkin.

4.      Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor holatdagiga nisbatan yarim santimetr uzun bo‘ladi.

5.      Erkaklar kichik harflarda yozilgan matnlarni yaxshi ilg‘ay olishsa, ayollarning eshitish qobiliyati kuchliroq.

6.      Afrikada o‘zlashtirilmagan maydonlar 28 foizni, Amerikada esa 38 foizni tashkil etadi!

7.      Aqlliroq insonlarning sochida mis va ruh moddalarining miqdori ko‘proq bo‘ladi.

8.      Norvegiyada bitta harf — A deb nomlanuvchi aholi punkti bor. Bu qishloqda 300 nafarga yaqin odam yashaydi.

9.      Barchamiz haroratni o‘lchashda Selsiy shkalasidan foydalanamiz, unga o‘rganib qolganmiz va uni qulay deb bilamiz. Lekin shkala ixtirochisi Anders Selsiy juda g‘alati odam bo‘lganini hamma ham bilmasa kerak. U shkalani ishlab chiqqanda, suvning qaynash haroratini 0, muzlashini 100 deb olgan. Hamkasblaridan birortasi unga ishora qilishga botina olishmagan, faqat uning vafotidan so‘ng shkalani o‘zgartirishgan.

10.   Fil bir daqiqada 10 marta nafas olib chiqaradi, sichqonlar esa 200 marta!

1.      Tadqiqotlarga ko‘ra, standart inglizcha lug‘atdagi 25,5 ming so‘zlarning 93 foizi «*. com» domenida sayt nomi sifatida ishlatilgan.

2.      Vabo batsillalari pivoda nobud bo‘ladi va kasallik rivojlanmaydi. Vabo qo‘zg‘atuvchilarini ilk marta ochgan olim — professor Kox pivoni dori sifatida ichishni tavsiya etgan.

3.      Osiyo yovvoyi qoramoli — yakning suti pushti rangda.

4.      Arining ikkita oshqozoni bor — biri yemak uchun, ikkinchisi asal uchun.

5.      Agar 111111111 ni 111111111 ga ko‘paytirsangiz, 12345678987654321 hosil bo‘ladi.

6.      1386 yilda Fransiyada yosh go‘dakni o‘ldirgan cho‘chqa osish orqali o‘limga hukm qilingan.

7.      Inson tanasidagi yog‘lardan rosa 7 bo‘lak sovun tayyorlasa bo‘ladi.

8.      Jahonning birorta tilida tizzaning orqa tarafini bildiruvchi yaxlit so‘z yo‘q.

9.      Insonning son suyagi betondan qattiq. U tik holatda bemalol yengil avtomobilni ko‘tara oladi.

10.  1386 yilda Fransiyada yosh go‘dakni o‘ldirgan cho‘chqa osish orqali o‘limga hukm qilingan.Janubiy Koreyada familiyasi bir xil bo‘lgan yoshlar turmush qurishi taqiqlangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook