Hayotni o‘zgartirish uchun 7 tavsiya
Hayotni o‘zgartirish uchun 7 tavsiya
Har bir inson o‘z hayoti uchun mas’uldir. Uni o‘zgartirish uchun ko‘p narsa kerak emas, aslida. Shunchaki, kundalik odatlarni shakllantirib olish, har bir kuningizning unutilmas bo‘lishi uchun urinsangiz bas. Katta muvaffaqiyatlar esa kichik qadamlardan boshlanadi.

Tong saharda uyg‘oning

Barcha muvaffaqiyatli insonlar o‘zlarining barvaqt turishlari haqida juda ko‘p bora ytishgan. Tong paytida barvaqt uyg‘ongan odam o‘zida allaqanday ruhiyni kuchni his qiladi. Bundan tashqari mazkur palla muhim vazifalarni bajarib olish uchun ham juda qulay paytdir.

Mutolaa qiling.

Har kun hech bo‘lmaganda bir soat vaqtingizni televizor yoki kompyuter qarshisida emas, kitob mutolaa qilish bilan o‘tkazing. Shu tariqa do‘stlaringiz ichidagi dunyoqarashi keng insonlarning biriga aylanasiz. 

Mark Tven aytganidek, “Yaxshi kitob o‘qimaydigan odam o‘qishni bilmaydigan odamdan ustunroq bo‘la olmaydi”.

Murakkablashtirmang!

Kichik muammolarni katta fojiaga aylantirish ham, uni odatiy qiyinchilik sifatida qabul qilish ham insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan masala. Dunyoga ijobiy ko‘z bilan qarash umringizga mazmun olib kiradi.

Ohista harakat qiling

Hayotni oimiy stress va tartibsizlik holatida yashab o‘tish - uni behudaga sarf etish bilan barobardir. O‘zingiz uchun ozroq vaqt ajratib yolg‘iz qoling va ichki ovozingiz so‘zlariga quloq tuting. Maqsadlaringiz tomon asta-sekin, ammo qat’iyat bilan harakat qiling.

Faol bo‘ling

Doimiy jismoniy faollik salomatligingiz garovi bo‘lib, ruhiy holatni ham tetik ko‘rinishda ushlab turadi. Sport bilan shug‘ullanish uchun mashg‘ulotlar zaliga borishingiz shart emas, buni uy sharoitida ham amalga oshirishingiz mumkin. Muhimi, istak bor bo‘lsin!

Qat’iyatga diqqat qiling

Maqsadingizga erishmay turib, yarim yo‘ldan ortga qaytish - juda yomon odat. Kerakli joylarda qat’iyatli va qaysar bo‘lish ham lozim, tushkunlik so‘zini shaxsiy lug‘atingizdan butunlay o‘chirib yuboring.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook