Hazrat Daud g’ori, Samarqandni tevarak atroflari.
Hazrat Daud g’ori, Samarqandni tevarak atroflari.
O’zbekistonni eng muqaddas joylaridan biri Samarqanddan 40 km janubi-g’arbda joylashgan, Oqsoy qishlog’I hududida. Bu Hazrat Daud (muqaddas Daud) g’ori birdaniga uchta jahon dinlarida azizlanadi. U ko’plab afsonalar bilan o’rab olingan, va mahalliy aholi tomonidan ziyoratchilarga aytib beriladi, bu ziyoratchilar muqaddas Dauddan yordam, kasalliklardan holi bo’lishni va murodlariga erishishni so’rab kelishadi.

 Arab afsonasiga ko’ra bibliyali David shoxi Hudo tomonidan Osiyoga yakka hudolikni targ’ib qilish uchun jo’natilgan. Musulmonlar uni Hazrat Daud deb chaqirishadi, u o’zining va’zlari bilan shu erda yashovchi zoroastrietslarni jahlini chiqargan, va uni taqib qilishni boshlashgan. Daud tog’larda berkinib olgan va Hudoga iltijo qilib toshlarni qo’llari bilan ikki tomonga surgan va tog’da berkinib olgan.

Boshqa tarqalgan afsonaga ko’ra David yashirin joy qidirgan, Goliaf bilan jang oldidan orom olish uchun. Jinlar uni tog’lik joyga ko’chirishgan Samarqanddan uzoq bo’lmagan joyga, lekin ifritlar uni topib o’zlarini devqomat Goliaf bellarida olib kelishdi. Shunda David Hudoga duo qiladi uni berkitishini so’rab, chunki u Goliaf bilan jangga tayyor emasdi. U yugurar edi, so’ngra uniyolida tik qiyali qoyalar chiqadi. Hudo uni himoya qilishiga ishonib David tog’ni chuqur kovlashni boshlaydi, va tog’ birdaniga qollarida mumdan ham yumshoqroq bo’lib qoladi. U qoyani ichiga kirib boradi va ortida hech harsasiz darg’azab Goliaf qolib ketadi, qoyani to’qmoq bilan taqillatib. 

Hazrat Daud g’orida barcha, hattoki eng ajoyib tilaklar ham amalga oshadi deb hisoblanadi. Unga etib borish uchun qiya tepalikdagi tog’ cho’qqisiga olib boradigan 1303 ta zinadan ko’tarilish kerak. Bu erda, cho’qqida qadimgi machitda duo o’qish mumkin. So’ngra Hazrat Daud g’orini o’ziga 200 ta zinadan pastga tushish kerak. G’or 0,5 dan 4 metrgacha kenglikda,15 metr balandlikda va 60 metr uzunlikda tashkil topgan uzun qorong’I tuneldir, uni ohirida Daudni kaft va tovon izlarini ko’rish mumkindir. Tilakni shularga ko’lni tekkizib tilash kerak. 2000 ta zinani bosib o’tish hamma ziyoratchini ham qolidan kelavermaydi. Mahalliy aholi tog’ga eshakda yoki otda chiqishni taklif etishadi. Butun ko’tarilish davomida zinapoya bo’ylab savdo do’konlari bor, ulardan suv, dorivor tog’ o’tlarini, yovvoyi hayvonlar terilarini va xar xil esdalik sovg’alarini sotib olish mumkin. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook