Imperiyaning yo‘qotilgan xazinasi: Romanovlar sulolasiga tegishli bo‘lgan qimmatbaho tojlar hozir qayerda?
Imperiyaning yo‘qotilgan xazinasi: Romanovlar sulolasiga tegishli bo‘lgan qimmatbaho tojlar hozir qayerda?

Rossiya imperatorlik oilasining ramziy tojlari taqdiri huddi qimmatbaho taqinchoqlar kabi ayanchli yakun topdi. Rus zargarlik san’atining ayrim namunalari kolleksionerlarning qo‘liga mutlaqo zarar yetmagan holatda topshirilgan bo‘lsa, ayrim tojlar navbatdagi sohibini aslzoda xonimlar ichidan topdi (misol uchun Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II), yana bir qism tojlarni esa Olmos fondi ko‘rgazmasiga joylashtirganlar.

Bizning kunlarga qadar yetib kelgan imperator hamda knyaginyalarning toji va tiaralari Romanovlarga tegishli qimmatbaho merosning bir qismi edi holos. Imperator oilasining aksariyat buyumlari sobiq sovet hukumati tomonidan auksionlardan sotib yuborilgan, ayrimlari esa butunlay yo‘qotilgan.

Hashamatli, qimmatbaho, bezaklar borasida to‘laqonli bo‘lgan mazkur tiaralar Yevropa modasi uchun yangilik edi.Ularni boshqa qirollik oilalari tojlaridan osongina ajratib olish mumkin. Oqibatda ushbu taqinchoqlarga tiare russe yoki yevropaliklar uchun qulay tarzda kokoshnik nomi berilgan. Ushbu taqinchoqlar zamonaviy tiaralar orasidagi an’anaviy rus tojlarini eslatadigan aksessuarlar ajdodi ham sanalgan.Ularning eng chiroyli va bebaho namunalari esa saroy xonimlariga tegishli edi.

Nikolay II, uning rafiqasi va onasining surati. Aleksandra Fyodorovna va Mariya Fyodorovnalarda an’anaviy rus tiaralari

Nikolay II, uning rafiqasi va onasining surati. Aleksandra Fyodorovna va Mariya Fyodorovnalarda an’anaviy rus tiaralari

Ko‘p asrlar davomida imperator oilasi ayollari uchun tojlar yasash borasida ilhom vazifasini bergan klassik ko‘rinishdagi rus tialari qanday edi? Ular o‘zida chambarak shaklini aks ettirib, undan go‘yo olmos "nur"lar taralib turgan. G‘arb mamlakatlarida ushbu uslubni franj deb ataydilar, ushbu so‘zning ma’nosi esa tarjima qilinganda "shokila" degan ma’noni anglatadi. 

Ushbu taqinchoqlarning o‘ziga hos sifati shunda ediki, yaratilish jarayonida tiarani oliynasab ayolning o‘zi  mustaqil ravishda taqa olishi, kokoshnikka birlashtirishi ham hisobga olinardi. Aytishlaricha, bu kabi tiaralar Nikolay I saroyida urfga kirgan. Bugungi kunda esa ularni dunyoning har bir qirollik oilasi ayollarida - MonakodanYaponiyagacha cho‘zilgan hududlardagi barcha qirolicha va malikalar bisotidan topish mumkin.

Rossiyaning imperator oilasi ayollari dunyo modasiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlay turib, kokoshnik uslubidagi ilk tiara Buyuk Britaniya qirolichasida qanday paydo bo‘lganini so‘zlamay iloji yo‘q. Aslida Yelizaveta II tomonidan taqiladigan mazkur tojni bo‘lg‘usi qirolicha Aleksanda Datskayaga taqdim qilishgan. Uels malikasining taxt vorisi bilan turmush qurganiga ko‘p yillar bo‘lgan,  ularning kumush to‘ylarida esa bir guruh aslzodalar tomonidan ushbu tiarani sovg‘a qilingan. Malikadan qanday sovg‘a olishni so‘ragan paytlarida Rossiya malikalari taqadigan zamonaviy tiara -kokoshnik olish orzusini aytib o‘tgan. 

Aleksandraning orzusi ham bejizga emasdi, bu kabi tiarani uning tug‘ishgan opasi - rus qirolichasi Mariya Fyodorovna taqib yurardi-da!

Britaniya malikasi uchun rus uslubidagi tiarani Garrard tayyorlab beradi. Agar ikki opa-singilning tarixiy suratlariga nazar tashladigan bo‘lsangiz, Angliyaning bo‘lg‘usi qirolichasi va Rossiyaning imperator ayoli orasida qanchalar o'xshashlik bo‘lganini ko‘rasiz. 

Aleksandra Dastkayaning buyurtma qilgan tojini rus tojlari bilan bir hil deyish qiyin edi. Agar Romanovlar sulolasining oxirgi ikki imperator ayoli suratlariga qarasangiz, bu kabi tojlarning atigi ikkitagina  bo‘lganini ko‘rasiz. Ularning biri uchli "nur"lar, ikkinchisi esa aylanasimon shaklda edi. Kokoshnik shaklidagi ushbu tiaralarning inqilob yillaridan keyingi taqdiri hech kimga ma’lum emas: biroq ayrim tarixchilar tojlarning bo‘laklarga bo‘lib tashlangani va shu tariqa sotib yuborilgani ehtimoli haqida ham gapirishadi.

Mariya Fyodorovna toji

Mariya Fyodorovna toji

Bu kabi tojlar g‘arb mamlakatlari orasida "rus nikoh tiarasi" sifatida ta’riflangan. Boisi 19 asrning ikkinchi yarmida bir necha avlodga tegishli imperator oilasi kelinlari aynan shunday tiara taqqancha to‘yga borishardi. Uchburchak shakldagi ushbu tiara ular uchun obrazning muhim qismi sanalgan. Boshqa qirollik oilalarida kelinchaklar to‘y qiyofasining turli-tuman bo‘lishini istasalar, rus imperator kelinchaklari o‘z ajdodlarining qiyofalarini to‘laqonli ko‘rinishda takrorlashardi.

Ammo ushbu tiara nikoh marosimi uchun tayyorlanmagan. Aytishlaricha, u1800 yilda yaratilgan bo‘lib, Yakov Dyuval tomonidan imperator Pavel I ning rafiqasi Mariya Fyodorovna uchun ijod qilingan. Tarixiy kitoblarda aytilishicha, toj Hindiston va Braziliyadan olib kelingan sof olmoslar bilan bezatilgan, ularning umumiy og‘irligi esa 1000 karatga teng edi. 

"Chambarak"

"Chambarak"

 

Imperator oilasiga tegishli bo‘lgan yana bir shedevr Dyuval ustaxonasida Mariya Fyodorovna uchun yaratilgan. Bu paytlarga kelib imperator ayol beva qolgandi. Tiarauning eng sevimli taqinchog‘i bo‘lgan, u nafaqat orginalligi va mohirona ishlangani, balki markaziy qismga qarab turgan novda shaklidagi detallar bilan ham mashhur bo‘lgan.

Tiaraning ustki qismi toza olmoslar bilan qoplab chiqilgan,markaziga esa 37 karatli va shaffof ko‘rinishdagi leykosapfir o‘rnatilgan. Aytishlaricha, ushbu tosh quyosh ramzi sanalgan.

Diadema imperator oilasi tomonidan behad qadrlangan bo‘lsa ham, oradan bir asr vaqt o‘tib, yangi hukumat unga katta e’tibor qaratmadi. Taqinchoqni 1927 yilda Londondagi "Kristi" auksionida boshqa taqinchoqlar bilan birga sotib yuborishdi.

Tiaraning keyingi taqdiri noma’lum bo‘lib qoldi, 1980 yilga kelib esa sovet zargarlari yo‘qotilgan taqinchoqning o‘xshash nusxasini tilla, platinka olmoslardan ishlab chiqishga harakat qilishdi. Taqinchoqqa "Rus dalasi" deya nom berildi. Ushbu taqinchoq Mariya Fyodorovnaning asl tiarasi qanday bo‘lganini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ayrim paytda u ham Olmos fondi ko‘rgazmasiga joylashtirilgan.

Marvaridli diadema

Ushbu qadimgi taqinchoq tarixchilar orasida "Rus go‘zali" nomi bilan ham mashhur. Mazkur diadema olmosdan ishlangan bo‘lib, osma marvaridlarga ega edi va imperator Nikolay I rafiqasi Aleksandra Fyodorovna buyurtmasi asosida ishlangan.

Diadema ingliz zargari Bolin tomonidan ishlangan bo‘lib, kokoshnik shaklida va 25 nafar sof marvaridlar bilan bezatib chiqilgan.

Ushbu toj imperator oilasi uchun juda qadrli bo‘lgan. 20 asr boshlarida aynan mana shu tojdan ilhomlangan Cartier uyi butun dunyoga mashhur bo‘lgan marvaridli kokoshnik taqinchog‘ini yaratgan edi.

1919 yilda Mariya Fyodorovna Rossiyadan chiqib ketgan paytda o‘zi bilan faqat kundalik taqinchoqlarini olishga ulgurdi. Eng qimmatbaho taqinchoq namunalari, jumladan marvaridli diadema ham bolsheviklar tomonidan o‘zlashtirilib, oqibatda auksionlarda sotib yuborilgan. Aytishlaricha, uni Holmes & Co. firmasi sotib olgan va Malboroning 9 gertsogi (Uinston Cherchilning qarindosh ukasi)ga taqdim qilingan. Gertsog tiarani ikkinchi rafiqasi Gledis Meri Dikon uchun sotib olgan deyishadi.

Diadema Britaniyada ko‘p qolib ketmadi.1970 yilda uni qaytadan sotuvga qo‘ydilar va taqinchoqning navbatdagi sohibasi Imelda Markos - Filippinning birinchi xonimi bo‘ldi. Aytishlaricha, Imelda ushbu tiaraning qanchalar qiziqarli tarixga ega ekanligidan bexabar bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarda esa tojning Filippin markaziy bankida saqlanishi aytishadi. 

Vladimir tiarasi

Ushbu tiaraning bugungi kundagi sohibasi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hisoblanadi. U tojni o‘z buvisi Mariya Tekskayadan meros qilib olgan. Ammo rus tiarasi qanday qilib Angliyaga borib qolgan bo‘lishi mumkin?

15 nafar olmos halqalardan iborat bo‘lgan, ularning markaziy qismiga esa noksimon marvaridlar ilova qilingan ushbu diadema ham zargar Bolin ijodi mahsuli edi. Uni 1874 yilda buyuk knyazVladimir - imperator Aleksandr II ning o‘g‘li - tanlagan yori Mariya Pavlovna uchun to‘y sovg‘asi sifatida yasattiradi. Shu sababli ham tojga Vladimir tiarasi nomi berilgan.

Mariya Pavlovna turli taqinchoqlar ishqibozi edi. Uning uyi esa Rossiyadagi eng hashamatli maskanlardan biri sanalgan. Inqilob boshlangan davrlarda knyaginya oila taqinchoqlarning barchasini bir yerga to‘playdi. Ularning katta qismi bosh rezidentsiya - Vladimir saroyida qolgandi. Mariya Pavlovna ularni bolsheviklar bilan bo‘lishishdan bosh tortadi. 

 

Buyuk knyaginyaning oliynasab odamlar bilan aloqador ekanligi unga qo‘l keldi, oilaning yaqin do‘stlaridan biri, antikvar va diplomat Albert Stopford (aytishlaricha u barchadan berkingancha inglizlar uchun josuslik qilgan) knyaginyaning xonasiga kirib, taqinchoqlarni o‘zi bilan Peterburgdan Londonga olib chiqib ketishni uddalaydi.

Mariya Pavlovna o‘limidan keyin uning taqinchoqlari qizlarining qo‘liga o‘tgan. Vladimir tiarasini esa kichik qizi Yelena qo‘lga kiritadi. Bu paytlarda Yelena grek shahzodasi Nikolayning rafiqasi edi. Yelenaning qizi Marina esa Kent gertsogi Georgning rafiqasiga aylanadi. Shu tariqa ularning sulolasi Vindzorlar bilan aralashib ketadi. Yelena pul bilan bog‘liq muammoli vaziyatga to‘qnash kelganda o‘z tiarasini Mariya Tekskayaga sotib yuboradi. 

 

Mariya Tekskaya o‘limidan keyin esa tojni uning nabirasi Yelizaveta II ga taqdim etadilar. Qirolicha esa mazkur tojni hamon taqib yuradi. 

Katta olmos diademasi

Ushbu diadema orqali esa rus uslubining barcha go‘zalliklari yorqin ifoda etilgan. Katta olmos diademasi 1830 yillarda yaratilgan bo‘lib, uning muallifi Fan Gottlib-Ernest sanaladi. Tiara o‘lchamlari kishini hayratga solib qo‘yadi. Unga 113 ta turli o‘lchamdagi marvaridlar joylashtirilgan bo‘lib, o‘nlab olmoslar tojning yuqori qismidan o‘rin olgan.

Aleksandra Fyodorovna tiaraning birinchi egasi edi, taqdirni qarangki, uning oxirgi sohibasi ham aynan Aleksandra Fyodorovna( bu Nikolay II ning rafiqasi) bo‘ldi. Imperator ayoli nikoh marosimida aynan mana shu tiarada bo‘lgan. Inqilobdan keyingi yillarda esa unga tegishli barcha ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketdi. Tahminlarga ko‘ra toj auksionda sotilgan. Qolaverga haridor topish uchun taqinchoqni bo‘laklagan bo‘lishlari ham mumkin.

Sapfirli tiara

 

Ushbu toj tarixi shunchalar qiziqki, unibiror kitob syujetiga qiyoslashingiz ham mumkin. Sapfirli tiara ham huddi Vladimir toji kabi o‘z vaqtida Mariya Pavlovnaga tegishli bo‘lgan.  Ayol esa o‘z taqinchoqlarini diplomat do‘sti ko‘magi bilan Angliyaga olib ketgan.

Ulkan kokoshnik shaklidagi toj katta olmos va sapfir toshlari yordamida bezatilgan edi. Taqinchoq Buyuk knyaz oilasiga Nikolay I rafiqasi Aleksandra Fedorovna orqali kelib qolgan. Ayrimlar esa tojning aynan unga tegishli bo‘lgani haqida ham aytishadi.

Toj Aleksandra Fyodorovnadan merossifatida uning nabirasi buyuk knyaz Vladimir Aleksandrovichga o‘tgan. U esatojni o‘z rafiqasiga taqdim qilgan.

Inqidob davrida mashhur tiarani Albert Stopford Lonlonga olib chiqib ketgach, uni Ruminiya malikasiga pullaganlar.

Ruminiya malikasi Mariya ona tomondan Romanovlar sulolasiga bog‘liq edi. Birinchi jahon urushi yillari boshlangan paytda Ruminiya qirollik oilasi o‘z taqinchoqlarini saqlash uchun Kremlga jo‘natgan ekan. Afsuski, bu ish xato bo‘ldi, inqilobdan keyin qimmatbaxo buyumlarning barchasi yo‘q bo‘lib ketdi.

Qirolicha Mariya barcha taqinchoqlari, jumladan oilaviy tojlarni ham yo‘qotdi. Romanovlar oilasi uni to‘lab berishga rozi edilar, ammo qirolicha Mariya o‘z taqinchoqlarining o‘rnini bosa oladigan hech qanday javohir yo‘q ekanligini aytdi. Shu tariqa qirolicha Mariya va Mariya Pavlovna o‘rtasida kelishuv paydo bo‘ldi. Mariya Pavlovna o‘z tiarasini qirolichaga berib yubordi.

Ushbu toj qirolichadan keyin uning kichik qizi Ileanaga meros qoldi. Siyosiy o‘zgarishlar natijasida uni keyinchalik Buyuk Britaniyaga jo‘natib yubordilar.

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Ruminiya qirollik oilasi nochor ahvolga tushdi. Malika Ileana o‘z tiarasi bilan birga onasining yoniga, AQShga yo‘l oldi. Bu yerda uni noma’lum xaridorga sotib yubordilar.Shu tariqa sapfirli diadema nomi tarix sahifalaridan o‘chib ketdi.

Mariya Fedorovnaning sapfir toji

Mariya Fedorovnaning sapfir toji

Imperator Pavel I ning rafiqasi uchun tayyorlangan ushbu tiara uzoq yillar davomida oila vorislariga meros bo‘lib o‘tdi. Aytishlarcha, ushbu tojni hamYakov Dyuval yasagan ekan. Tojdagi asosiy tasvirlar lavr yaproqlari bo‘lib, o‘sha paytlardagi moda tendensiyalariga to‘laligicha mos kelgan. Taqinchoq olmos toshlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari unga 5 ta yirik sapfir toshi ilova qilingan. Markaziy tosh og‘irligi 70 karatni tashkil qiladi. Romanovlardan keyin ushbu tojning taqdiri qanday yakun topgani noma’lum. 

Yelizaveta Alekseyevnaning nursimon toji

V shaklidagi noodatiy tiara ertaknamo ko‘rinishga ega bo‘lib, 19 asr oxirlarida urfda bo‘lgan.  Tiaraning birinchi sohibasi imperator Aleksandr I ning rafiqasi Yelizaveta Alekseyevna edi. Inqilobdan keyingi yillarda esa uni sotib yuborganlar deya tahmin qilinadi. 

Aleksandra Fedorovnaning zumrad toji

Aleksandra Fedorovnaning zumrad toji

Nikolay II ning rafiqasi uchun maxsus tayyorlangan ushbu tiara Romanovlar uslubi borasida yangilik edi. Unda rus uslubidan ko‘rako‘proq fransuzlarga hos belgilar bo‘lgan.

Markaziy zumrad toshi Kolumbiya hududidan olib kelingan va og‘irligi 23 karatni tashkil qilgan. Qirollik oilasi halok bo‘lgandan keyin zumradtiara ham sotib yuborilgan.

Kexli toji

Kexli toji

Sapfir va olmos toshlari bilan ishlangan mazkur tiara bayramona ko‘rinishga ega bo‘lgan. Uni Romanovlar saroiyidagi zargarlik firmasi ishlangan, shu sababli Kexli firmasi nomi tiaraga ham muhrlangan. Taqinchoq Rossiyaning so‘nggi imperator ayoli Aleksandra Fedorovna uchun yasalgan. Inqilobdan keyin esa tiarani sotib yuborganlar. 

Mariya Fyodorovnaning marvaridli diademasi

Mariya Fyodorovnaning marvaridli diademasi

 

Betakror ko‘rinishdagi ushbu tiara o‘zida marvaridlar bilan ishlov berilgan antiqa shaklni aks ettirar edi.

Olmoslardan ishlangan naqsh Romanovlar oilasi tojlari orasida butunlay o‘zgacha ekanligi bilan ajralib turgan. Agar diqqat bilan qarasangiz, unda "M" harfiga ishora bor ekanligini ko‘rasiz. Bu taqinchoq sohibasi Mariya Fyodorovnaning ismini ulug'lash  belgisi sanalgan. Taqinchoqning inqilobdan keyingi taqdiri esa hech kimga ma’lum emas.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook