Ishtaha aldashning 17 usuli
Ishtaha aldashning 17 usuli
Ortiqcha vazn hech kimga yoqmasa kerak. Buning uchun turli parxezlar tutishga urinib ko’ruvchilar ham oramizda ko’plab topiladi. Biroq chiroyli qomatga shunchaki me’yorida ovqatlanish bilan ham erishish mumkin. Ochlikka har kimning ham bardoshi yetavermaydi. Ruhshunoslar bu borada ishtaxani aldashning 17 usulini tavsiya etishadi. Marhamat ular bilan tanishib chiqing!

1.       Ovqatlanishdan oldin 1 stakan mineral suv yoki bo’lmasa pomidor sharbatini iching. Shunda odatda yeydigan ovqatingizni bir qisminigina yeysiz.

2.       Ovqatlanish paytida tuz va qalampirni haddan ortiq iste’mol qilmang.

3.       Gazeta o’qib yoki bo’lmasa televizor tomosha qilib ovqatlanmang.

4.       Ovqatni shoshilmasdan asta-asta chaynab yeyish kerak.

5.       Muzlatgichda yuqori kaloriyali taomlarni saqlamang. Aks holda bu ovqat esingizga tushib qolgan zahoti darhol paqqos tushirasiz.

6.       Taomni kichkina idishga suzing. Bu bir qarashda ovqat miqdorini meyoridan ko’p qilib ko’rsatadi.  Idish rangi moviy bo’lsa, undan ham yaxshi. Ushbu rang ishtaxani bir oz bo’lsada bo’g’ish hususiyatiga ega.

7.       Kun bo’yi yeyiladigan ovqatning 80%i nonushta va tushlikka to’g’ri kelishi darkor. Nonushtada ko’proq non mahsulotlarini iste’mol qilish kerak. Chunki ular vitaminlarga boy bo’lib, organizmida suv yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Qolaversa non oshqozonda uzoq vaqt hazm bo’lgani sabab, ochiqish hissi sizni uzoq vaqt bezovta qilmaydi.

8.       Bozor yoki do'konga harid uchun borganingizda qorningizni to’qlab oling. Shunda bozor haltani to’ldirib tashlash fikridan bir oz  qaytasiz.

9.       Meva , sabzavot va shunga o’xshash parxez taomlarni ko’zga yaqinroq joyga qo'ying. Qorin ochgan pallada qo’l keladi.

10.       Kundalik taomnomaga loviya va no’xatni kiritib qo’ying. Bu mahsulotlar ovqatni tez hazm qilish bilan birga, oshqozonni bir zumda “to’ydirib qo’yadi”.

11.       Tushlikda sabzavotli salat iste’mol qiling. U organizmdagi ortiqcha xolestirindan halos etadi.

12.       Ochlik ko’p hollarda kechqurun “bosh ko’taradi”. Agar tunda oshxonaga mo’ralamay desangiz, jismoniy mashqlar bilan shug’illaning. Bu sizni ovqat haqidagi fikrlardan chalg’itadi.

13.       Tunda ortiqcha ovqat yeb qo’ymaslik uchun tishlaringizni yaxshilab tozalang. Shunda taomga bo’lgan istak o’z-o’zidan pasayadi.

14.       O’ta ochiqsangiz, bir piyola sut qo’shilgan iliq choy ichib oling. U uyqusizlikdan halos etish hususiyatiga ega.

15.       Agar tushlikni kutishga sabringiz yetmasa, bittagina konfet bilan cheklaning. Konfetda kaloriya yuqori emas, lekin uglevodlar qonga tez singishi bois, ochlik hissi nari ketadi.

16.       Ko’p taom iste'mol qiladigan kishilar va ozish orzusidagi insonlar 5 martalik ovqatlanish tartibiga o’tganlari ma’qul.

17.       Ishtaxani  aldashda aromaterapiyadan ham foydalanish mumkin. Buning uchun ochlik hissi paydo bo’lganda sevimli atiringizni to’yib-to’yib hidlang. Atir bir muddat ishtaxani bo’g’ilishiga sabab bo’ladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook