Jennifer Lopesning go’zallik sirlari oshkor etildi!
Jennifer Lopesning go’zallik sirlari oshkor etildi!
San’at osmonida yulduz bo’lib porlamoq uchun insondan tug’ma iqtidor, tuganmas sabr, o’ziga bo’lgan ichonch va albatta, tinimsiz mehnat talab etiladi. Lotin Amerikasida tug’ilgan oddiygina qiz bugungi kunda omadli aktrisa, xonanda, atirlar yaratuvchisi, model va o’z go’zalligini saqlab qolgan betakror ona!

Bolaligida bo’lajak yulduzni gitara deya masxara qilishardi. Uning nostandart qomati ko’pchilikning muhokamasiga sabab bo’lgani ham hech kimga sir emas. Egizak farzandlarini dunyoga keltirgach 25 kg vazn orttirgan Jey Lo farzandlari olti oylik bo’lishi bilan o’z ustida ishlashni boshlab yubordi. U o’z qomatini me’yorda ushlab turish uchun Lotin Amerika raqslari bilan jiddiy shug’ullanadi. Haqiqatdan ham raqs tana uchun fitness turlariga nisbatan yaxshiroq ta’sirga ega. Mukammal qomatga ega bo’lish uchun raqs bilan haftasiga 3 marta 2 soatdan shug’ullanish lozim.

“Turli jurnal va internet saytlarida mening nomimdan yozilgan parxezlarga ko’zim tushadi. Bularning barchasi  yolg’on – men hech qanday parxezlarga rioya qilmayman. Qolaversa, men turli parhezlarga qarshi ekanligimni ta’kidlab o’tmoqchiman, ular vaqtinchalik natija beradi , holos. Agar qomatingiz a’lo darajada bo’lishini istasangiz, taomnomangizni ma’lum tartibga keltirib, hamisha ana shu hisob bo’yicha ovqatlaning. Mening taomnomam asosini baliq, yangi go’sht, mavsumiy meva va sabzavotlar tashkil etadi. Ba’zi hollarda shirinlik yoki hot-dog yegingiz kelsa o’zingizni cheklamang. Biroq ertasiga parxez kuni uyushtiring”. Jenniferning go’zallik borasidagi fikrlari esa quyidagicha: “ Shunchaki baxtli bo’ling va to’yib uhlang! Juda ko’p ishlaganim bois, tin olishga vaqtim yo’q!”. 40 yoshdan oshgan Jennifer Lopez o’z hayotini endigina boshlanayapti, deb hisoblaydi. Jismonan qanday yosh ko’rinish mumkin? Buning javobi: faol harakat, suzish, kontrast dush, sifatli kosmetika, ko’p miqdorda ichilgan suv, terini sovuq  va quyoshdan asrash, yuz va tana uchun tabiiy niqoblardan foydalanishdir.

Aktrisa sochlarini o’zining faxri deb hisoblaydi, u sochlarini o’ta ehtiyotkorlik bilan parvarishlaydi. Ular go’zallik bag’ishlovchi tananing bir a’zosi, shu bois soch haqida tinmay qayg’urish kerak deya takrorlaydi - u.  Turli maxsus niqoblar, boshni uqalash va yarashiqli soch turmagi shular jumlasidandir.

Uning yoshlik to’g’risidagi fikrlari

Men yoshlikni vaqtinchalik tushuncha deb bilmayman. Yoshlik – bu o’zingizni qanday his qiliishingizdir. Agar o’zingizni yosh deb his qilsangiz, 40 da ham 50 da ham yosh ko’rinaverasiz. Ammo endigina 20 ga kirgan, ammo qalban qari bo’lgan inson atrofdagilar nazdida navqiron ko’rinmaydi. Yoshlik yuzingizda qanday kosmetika yoki botoks qo’llaganingizdan qa’ti nazar namoyon bo'luvchi aql va yurak yetukligi, beg'uborligining uyg’unligidir.

O’zining liboslari haqida

“Jeniffer Lopezning ko’ylagi barcha insonlarniki kabidir. Libos tanlashda avvalo o’zingizga mos ko’ylakni tanlang. Ko’ylak latofat timsoli bo’lgani sabab, u jozibangizga urg’u berib turishi lozim. Men qomatni hunuk ko’rsatuvchi shaklsiz ko’ylaklarni yoqtirmayman”.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook