Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark
Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark
Akvapark – jazirama issiqda maza qilib dam olish va sovib olish uchun eng yaxshi joy. Lekin bunday joylarga aravachada yuradigan nogironlar tashrif buyura olmaydi.

Morgan’s Inspiration Island jismoniy qobiliyati cheklangan odamlar uchun o’ylab topilgan akvapark bo’lib, u yerga nogironlar aravachasidagi shaxslar ham bemalol kira oladi.

“Bizning maqsadimiz – mehmonlarga xavfsiz va qulay muhitda ajoyib dam olishni tashkil qilishdir”, - deydi park asoschisi Gordon Xartman.

Ushbu park maxsus revolyutsion nogironlar aravachasi PneuChairni ishlab chiqish uchun Pitsburg Universiteti bilan hamkorlik qildi. Aravacha batareya o’rniga siqilgan havoni ishlatadi, bu esa uni arzon va suv o’tkazmaydigan qiladi. Mehmonlar o’zlarining batareyali qimmat aravachalariga zarar yetkazmasliklari uchun, ushbu PneuChairlar tekinga beriladi.

Yangi aravachalar juda samarali, 45 kg o’rniga ularning og’irligi 36 kg ni tashkil qiladi. Oddiy nogironlar aravasini quvvatini to’ldirishga sakkiz soatdan ketsa, PneuChair ichidagi havoni qayta quvvatlashi uchun bor yo’g’I 10 daqiqa sarflar ekan, shu bilan birga ularning ishlash davomiyligi bir xildir.

Bundan tashqari park bolalar va qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus suv o’tqazmaydigan bilakuzuklar taqdim etadi. Ota-onalar yoki qarovchilar o’z yaqinlarini personal yordamida ushbu bilakuzuklar orqali osongina topa oladilar.

Parkning yana bir muhim jihati shundaki, sovuqni xushlamaydigan mehmonlar bemalol dam olishi uchun suv haroratini juda tez o’zgartirsa bo’ladi. Parkdagi suv tinimsiz filtrlanadi va qayta sirkulyatsiya qilinadi, bu esa immunno sezgir kishilar uchun juda muhim.

AQShda ba’zi akvaparklar qonunga asoslanib, qobiliyati cheklanganlar uchun ham suv havzasi qurishiga qaramasdan, ko’p attraksionlardan nogironlar foydalana olmaydi.  Morgan’s Inspiration Island – turli ko’rinishdagi nogironligi bor insonlar uchun bacha narsa muhayyo qilingan birinchi akvaparkdir.

Morgan’s Inspiration Island Xartman va uning 23 yoshli nogiron qizi Morgan tomonidan loyihalashtirilgan. Qizining ismini park nomiga qo’ygan. Obyektni loyihalashtirish uchun ota va qizi akvapark maslahatchilari, shifokorlar, terapevtlar, inklyuziv ta’lim o’qituchilari va eng muhimi nogironlar jamiyati bilan ishlagan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook