Kashahndalik - irodasizlikning oqibati
Kashahndalik - irodasizlikning oqibati
Chekish — aksariyat kelib kiqishi o‘simliklardan bo‘lgan turli vositalarni tutab yonishidan hosil bo‘luvchi tutun bilan nafas olish, ya’ni - pirolitik ingalyasiyasi. Bundan maqsad organizmni ushbu tutut tarkibida hozir bo‘lgan faol moddalar bilan boyitgan holda shirakayf holatga erishish. Odatda chekish vositalari bosh miyasiga psixoaktiv moddalarning tezkor yetib borishi tufayli narkotik xususiyatlarga ega (tamaki, nasha, qoradori va h.k ). Kattami, kichikmi - chekish baribir zarar yetkazadi.

Deyarli hammamiz uchun allaqachon odatiy bo‘lib qolgan ko‘rinishlardar biri - sigaret chekayotgan odam.

Sigareta chekish uchun moʻljallangan, tamaki barglarini quritib, maydalab, qogʻoz silindrga (odatda, 120 mm uzunlikda va 10 mm diametrli) solingan mahsulotdir. Tamakidan tashqari unga boshqa masalliqlar ham qoʻshiladi. Sigaretaning bir uchi olov yordamida tutatilib, boshqa (odatda filtrli) uchidan tutun soʻriladi. Uni baʼzan sigareta trubkasidan ham chekiladi. Asosiy masalligʻi tamaki boʻlmagan noanʼanaviy sigaretalar ham bor, ularga boshqa oʻtlar (masalan, nasha) solinadi.

Sigareta, boshqa tamaki mahsulotlari kabi sogʻliq uchun o'ta zararli, baʼzan saraton, yurak, nafas olish tizimi, qon aylanish tizimi xastaliklar va tugʻma nogironlikka sabab boʻlishi mumkin.

Afsuski, bugungi kunda gohida yoshlar va o‘smir yigit-qizlarni ham sigareta bilan ko‘rib qolishimiz mumkin. Diyorimiz bozorlari-yu savdo do‘konlarida to‘kin-sochinlik. Buning ustiga har bir mahsulotning ishlab chiqaruvchisi uni iloji bor qadar ko‘rkamroq, jozibadorroq qilib ko‘rsatishga intiladi. Lekin, zahar oltin qadah ichida keltirilsa ham zaharligicha qolaveradi.

O'spirinlik— nozik davr. Bu davrda o'smirlar organizmida psixofiziologik o'zgarishlar, biokimyoviy jarayonlar jadallashgan palla bo'ladi. Endi mo'ylovi sabza urgan o'smir bolani hali kattalar qatoriga ham qo'shib bo'lmaydi. Ayni shu damlarda birdan ulg'ayib qolayotgan o'g'il-qizlar o'tish davrida o'z organizmida sodir bo'layotgan o'zgarishlar oldida biroz shoshib qolishadi. Shunda ularga kattalar yordami zarur. Ayniqsa, ota-ona bu borada farzandining eng yaqin sirdosh do'stiga aylanishi zarur. U bilan ochiqchasiga suhbatlashib, ko'ngliga yo'l topishning iloji bo'lmasa ota-ona o'smir o'g'il-qiziga o'spirinlik davri xususida tibbiy qollanmalar tavsiya etgani ma'qul. Maktabda esa psixolog yoki sinf rahbari (o'qituvchilar) o'z jinsi vakillari bilan alohida-alohida suhbat qurishi shart. O'tish davrida o'smir yigit-qizlar o'z organizmida kechayotgan jarayonlar xususida ishongan va o'ziga yaqin olgan kattalardan kerakli yordam va ma'lumotni olmasalar ularga ko'chadagi begonalar yordam qo'lini cho'zadi. Ammo bu "beg'araz yordamchilar" ba'zan o'smirlarni tezroq kattalar olamiga oshno etish uchun sigaretalar, ba'zan undanham battari - nasha kabi miyani zaharlovchi, xumor qiluvchi vositalardan foydalanishlari mumkin. O'z vaqtida farzandiga e'tibor bergan ota-ona uni ko'chaning yomon ta'siridan asrab qolishi mumkin.

Tamaki barglari quritilgach esa ushbu radioaktiv moddaning zichligi yanada oshadi. Chekuv­chining bronx va o'pkasi, buyrak hamda jigarida poloniy — 210 radioaktiv moddasi asta-sekin to'planib boradi. Bu esa o'z navbatida saraton kasalligi rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Sigaretlarning tashqi ko'rinishi o'ta "glamur" qiyofada... 

... yoki chekishning salbiy oqibaqtlari suratlari tushirilgan (faqat ayrim mamlakatlarda) holdagi korinishda bo'lishi mumkijn. Labingizga sigareta tutishdan avval yana bir marta o'ylab ko'ring - bu shunga arziydimi???

Birgina tamaki tutuni tarkibida is gazi, sianid (sinil) kislota, azot oksidi, aseton, asetalaldegid, akrolein, benzin, nitrobenzol, gidrazin (diamid) kabi qatorzaharli moddalar mavjud. Yopiq xonada chekuvchilar bilan hamroh bo'lgan sog'lomodam ham 80 foiz sigaret tutuni bilan to'yingan havodan nafas oladi va zararli moddalar uning ham organizmiga yuqori nafas yo'llari orqali kiradi. Bunday kashandalar bilan yonma-yon ishlovchi yoki yashovchi odamlar ham passiv chekuvchilar hisoblanishadi.

AQShning Shimoliy Karolina shtatidan Amanda Felder "Facebook" ijtimoiy tarmog‘ida sog‘lom (ayrim manbalarga ko‘ra - tasodifan haloq bo‘lgan) odam o‘pkasi va 20 yil davomida kuniga 1 pachkadan sigaret chekkan odamning o‘pkasini taqqoslanishi aks ettirilgan videorolikni yuklagan. Atigi bir necha kun o‘tib ushbu rolikni 600 000 ortiq inson ko‘rib chiqqan. Rolikda ikkala o‘pkaga ham havo berilgan. Rolikda ko‘rinishicha kashandaning o‘pkasi o‘z elastikligini yo‘qotgan va keraklicha havoga to‘la olmagan.

O'smir yigitlar (va qizlar!) ayni "o'tish davri"da organizmi jadal faoliyat yuritayotgan va unga ko'proq nikotin emas, balki meva-sabzavotlar iste'mol qilish zarurligini bilarmikan? Ochiq havodagi sayr, sport bilan shug'ullanish, o'z vaqtida uxlash, oqilona ovqatlanish, kun tartibiga qat'iy amal qilish salomatlik garovidir. Sog'lom inson esa uzoq umrko'radi. Oilasi va yaqinlari koriga yarab hamda jamiyat taraqqiyoti, ona Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo'shadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook