Kir yuvish vositalari va ulardan foydalanish usuli
Kir yuvish vositalari va ulardan foydalanish usuli
Sifatli kir yuvish vositasi tozalik garovidir. Biroq, foydalanuvchining e’tiborsizligi va uquvsizligi tufayli sabab gohida kir yuvish kukuni mato sifatiga yoki inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, uni turiga qarab harid qilish va undan maqsadli foydalanishni bilish maqsadga muvofiq.

1.       Universal kukunlarda istalgan turdagi gazlamani kir yuvish mashinasida ham, qo’lda ham yuvish mumkin.  U matodagi kir dog’larni va kichik gardlarni osonlik bilan ketkazadi. Shuning uchun boshqa turlardan bir pog’ona yuqori turuvchi kukunlar idishida “universal” yozuvi ko’rsatiladi.

2.       Yorlig’ida “bio” yozuvi mavjud bo’lgan kukunlar sous, qahva, choy, mevalar va yog’ dog’larini ketkazishga ham qodir.

3.       “Avtomat” – tarkibida maxsus oqartiruvchi moddalar mavjud vosita bo’lib, ko’pirtirish hususiyati boshqa turlarga nisbatan pastroq ko’rsatgichga ega. Mazkur tur asosan kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan. Yorqin rangdagi ipak mato va paxta gazlamalarni bunday kukunda yuvish tavsiya etilmaydi.

4.       Sovuq suvda yuvish tavsiya etilayotgan kukunlarda sintetik va qalin gazlamalarni yuvish mumkin. Bordiyu siz kir yuvish mashinasidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, suvni isitishingiz ham shart emas. Bunday kir yuvish vositalari qadoqlangan qutida suv harorati 60 darajadan oshmasligi ko’rsatilgan.

5.       Fermentlar o’z navbatida turli dog’larni tarqatib yuborish, ovqat va ichimliklardan hosil bo’lgan dog’larni yo’qotish hususiyatiga ega. Bio qo’shimchalar 60 darajada ta’sir qiladi, undan yuqori haroratda parchalanib ketadi.

6.       Kukun va bioqoshimchalar bilan tabiiy ipak, jun, shuningdek, boshqa tabiiy tolalardan tayyorlangan barcha buyumlarni yuvish mumkin.

7.       Agar siz bio qo’shimchali kir yuvish kukuni sotib olsangiz, uni ishlatish davomida xoh  mashina bo’lsin, xoh qo’lda, albatta, rezina qo’lqopdan foydalanish lozim. Aks holda qo’l terisi quruqlashib, po’st tashlashi va terida alergik muammolar kuzatilishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook