Ko’zlar haqidagi siz bilgan va bilmagan ajoyib faktlar
Ko’zlar haqidagi siz bilgan va bilmagan ajoyib faktlar
Sezish organlari ichida ko’zlar alohida ahamiyatga ega. Quyida ular haqida siz bilmagan ma’lumotlarni keltirib o’tdik!

Ko’zlarimizning rangi naslimiz haqida ma’lumot beradi. Masalan, moviy rang ko’zlar asosan shimoliy regionlarda uchraydi, jigarrang ko’zlar- iqlimi o’rtacha bo’lgan joylarda, qora ko’zlar esa asosan ekvator yaqinida uchraydi.

Inson organizmiga qabul qiladigan ma’lumotlarning 80% i ko’zlar orqali o’tadi.

Ko’zlar uchun eng oddiy gimnastika nomi “kapalak” deb nomlanadi. Tez-tez koz’laringizni pirpirating. Monitor oldida ko’zlarimiz pirpirashi kamaytirar ekan, bu holat esa ko’rishimizga salbiy ta’sir qiladi.

Dunyoda deyarli 1% insonlarning chap ko’zining rangdor pardasi rangi o’ng ko’zdan farq qiladi.

Ulkan kitlarning ko’zlari og’irligi deyarli 1 kg ni tashkil etadi. Shunga qaramay, ko’pchilik kitlar oldida turgan buyumni ko’rmaydilar.

O’ta tor bo’lgan kiyim ko’rish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi. Qon aynlanishi kamayib, ko'zga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Inson –ko’zining o’qi mavjud bo’lgan yagona jonzod hisoblanadi. Xatto maymunlarda ham ko’zlar mutlaqo qoradir. Bu holat ko’zlarga qarab inson emotsiyalari maqsadlarini bilib olish uchun imkon yaratadi. Maymunlar ko’zlariga qarab uning hislari va hattoki qaysi tomonga qarayotganini ham bilib bo’lmaydi.

Ko’zning rangdor pardasi huddi qo’llarimiz izi singari takrorlanmasdir.

Hind yoglari ko’zlarini quyoshga, yulduzlarga va oyga qarab davolashadi. Ularning fikricha, quyosh nuri kuchiga yetadigan kuch yo’qdir. Quyosh nurlari ko’rish qobiliyatini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, infeksiyalarni o’ldiradi. Yoglar maslaxat berishicha, quyoshni bulutlar qoplamagan vaqtda, yaxshisi, tongda ko’zlarni katta ochgan holda quyoshga boqish lozim. Bu ishni ko’zlar yoshlangunga qadar qilish kerak. Eng yaxshisi , bu ishni quyosh chiqishi yoki botishi vaqtida amalga oshirish kerak. Ammo kunduzi quyosh tomonga boqish kerak emas.

Ko’z 6 ta mushaklari yordamida buriladi. Ular ko'zlarimizni barcha yo’nalishlarda qimirlashini ta’minlaydi. Shuning uchun biz tezda bir nuqtadan ikkinchisini qayd etib, ulargacha bo’lgan masofani taxmin qilamiz.

Ko’zlar matnni tez o’qilganida sekinroq charchaydi.

Ko’rish qobiliyati juda ko’p ishlagan holda butun organizm charchog’i paydo bo’ladi va bu holat stress holati bilan tenglashtiriladi. Shu yerdan bosh og’rigi va charchoq hissi kelib chiqadi. Kompyuter bilan ishlaydiganlarning ko’zlari odatda chop etilgan matn bilan ishlaydiganlarga ko’ra ko’proq charchaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook