Koinot go‘zali - 2019: Bu tabiiy go‘zallik g‘alabasimi?
Koinot go‘zali - 2019: Bu tabiiy go‘zallik g‘alabasimi?
"Koinot go‘zali" dunyodagi eng mashhur to‘rtta go‘zallik tanlovlarining biri bo‘lib, 1952 yildan beri muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Bu yili koinotning eng chiroyli ayoli nomiga Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi - 26 yoshli Zozibini Tuntsi sazovor bo‘ldi. U mazkur tojni qo‘lga kiritlgan JARlik uchinchi vakiladir.

Tanlov g‘olibasi shu yilning 8 dekabr kuni AQSHning Jorjiya shtati, Atlanta shahrida aniqlandi. Turli mamlakatlardan kelgan 90 nafar go‘zal qizlarasosiy yutuq uchun kurash olib bordilar.

Tanlovdagi ikkinchi o‘rin Puerto-Rikodan kelgan 24 yoshli Medison Andersonga, uchinchi o‘rin esa meksikalik 25 yoshli Sofiya Aragonga nasib qildi. 

Zozibini Tuntsi tanlov g‘olibasi deya e’lon qilindi va go‘zallik tojini qo‘lga kiritdi. Koinot go‘zali Instagram sahifasida juda faol. Uning sahifasiga 1,9 million nafar inson obuna bo‘lgan.

Zozibini - hamisha tabiiy go‘zallik tarafdori bo‘lib kelgan. Shu sababli ham uning aksariyat suratlarida kosmetika vositalaridan deyarli foydalanmaganini ko‘rish mumkin. 

"Koinot go‘zali" - Zozibini Tuntsi haqidagi 8 fakt:

1.     U ayollar huquqlari uchun kurashuvchi ko‘ngillarning biri. Zozibini o‘z mamlakatida aynan mana shu faoliyat ortidan tanilgan.

2.     Zozibini - qishloq qizi. U Sharqiy Keymning Solo qishlog‘ida 1992 yilning 18 sentyabr kuni tug‘ilgan. Bolaligi mana shu qishloqda, oilasi bag‘rida o‘tgan. Qizning ota-onasi o‘qituvchilar, ayni vaqtda otasi maktab direktori bo‘lib ishlaydi. 

3.     Zozibini ota-onaga hurmat tushunchasini juda qadrlaydi. "Onam meni mehribon, samimiy va atrofdagilar uchun foydali inson bo‘lishga o‘rgatgan, otam esa inson uchun ta’lim, og‘ir mehnat va intizom qanchalar muhim ekanligini tushuntirib bergan" deydi u. 

4.     U "Taxtlar o‘yini" serialining ashaddiy ishqibozi. Bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha o‘rindiqqa joylashib oladi-da sevimli serialining tomoshasiga kirishadi. 

5.     Zozibinining sevimli mashg‘ulotlaridan yana biri - kitob mutolaa qilish. O‘zining aytishicha, kitobga bo‘lgan muhabbat unga buvisidan o'tgan.

6.     Tuntsi Keyp yarimorlining Texnologiya universitetida jamoatchilik bilan ishlash va imidjni boshqarish bo‘yicha ta’lim olgan. Shundan keyin esa Ogilvy South Africa marketing kompaniyasiga ish olib borgan.

7.     Tuntsi go‘zallik tanlovlarida ishtirok etishni 2017 yildan boshlagan. O‘sha vaqtlarda uni "Janubiy Afrika go‘zali" tanlovida qatnashishi rejalashtirilgan 26 ta qiz ro‘yhatiga kiritgan edilar. Ammo, 2017 yildagi tanlovda qizning omadi kulmagan. Shunga qaramay, u oradan ikkiyil vaqt o‘tib, "Koinot go‘zali"ga aylana oldi!

8.     Tuntsi o‘z vaqtida Nyu-York shahrida Janubiy Afrikaning taniqli dizayneri Laduma Ngxokolo liboslari namoyishida model sifatida qatnashgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook