Kolbasa va pishloq haqida ikki og’iz…
Kolbasa va pishloq haqida ikki og’iz…
Kalbasa va pishloq eng sevib istemol qiladigan mahsulotlarimizdan biri. Bu sut va go’sht mahsulotlarini dasturxonnig ko’rki desak adashmaymiz. Mehmondorchilik , to’y hashamlar, kundalik hayotda ushbu mahsulotlar dasturxonimizni bezab turadi. Ular qachon paydo bo’lgan?

Kolbasa bir necha ming yil avval paydo bo’lgan. Uni hamma joyda har hil, o’sha joyning iqlimiga qarab tayyorlangan. Masalan Yevropaning sovuq o’lkalarida uni xom holatda tayyorlashgan bo’lsalar, Osiyoda uni dudlash yo’li bilan pishirishgan. Arxeologlarning ta’kidlashicha , pishloq eramizdan avval 5000 yilda paydo bo’lgan ekan. Demak, bu mahsulot yetti ming yillik tarihga ega. Mutaxassislar esa Yaqin Sharqni pishloqning vatani deyishadi.

Pishloq tanlayotganda uning rangiga alohida e’tibor qaratish kerak. Oq tusga ega pishloqlar, pishloq yaxshi pishmaganidan va tez buzilishidan dalolat berib turadi. Uning mazasi huddi rezinkaga o’xshab ketadi. Pishloqning teshikchalari qancha katta bo’lsa sifati shuncha yaxshi bo’ladi.

Kolbasa mahsulotlarini tanlayotganda, uning tamg’asi va ishlab chiqarilgan sanasiga alohida e’tibor berish kerak. Kolbasa va boshqa go’sht maxsulotlari 0 dan 6 darajali muzlatkichlarda saqlanishi lozim. Mahsulotning ustki qismi toza va quruq, xech qayeri teshilmagan , xech qayeriga shikast tegmaganiga ishonch hosil qilinishi shart.

Mol go'shtidan tayyorlangan kolbasalar kamida 50 foiz go’shtdan tashkil topishi lozim. Go’shtning boshqa turlaridan tayyorlangan kolbasalarda esa 65 foizdan 80 foizgacha go’sht bo’lishi lozim. Bu foizlar mahsulot yorig’ida ko’rsatilishi shart.

To’g’ri saqlang

1 Pishloqni boshqa oziq ovqatlardan alohida saqlang. Sababi, uning hidi boshqa mahsulotlarga tez urib qolishi mumkin.

2 Kesilgan kolbasa tez buzilib qolmasligi uchun , uning yoniga bir bo’lak limon yoki sabzi qo’yish kerak.

3 Tuzli suvga botirib olingan kolbasa uzoq muddat buzilmaydi. Bu usul ayniqsa uyida muzlatkich bo’lmagan kishilar uchun juda qulay.

4 Pishloqni qaysi turi bo’lishidan qatiy nazar, mum surtilgan qog’ozga o’rab qo'ying. Shu yo’l bilan uni tez mog’orlashdan asrab qolasiz.

5 Mog’or bosib qolgan pishloqni tuzli suvda namlangan latta bilan artib olishni tavsiya etamiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook