Koreys milliy libosi - Xanbok haqida ma’lumotlar
Koreys milliy libosi - Xanbok haqida ma’lumotlar
Xanbok – koreys ayollarining milliy libosi bo’lib, so’zma-so’z tarjima qilinganda “koreys kiyimi” degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda ushbu libos rasmiy tadbirlar, oilaviy va milliy bayramlar kiyimiga aylangan, desak, adashmagan bo’lamiz.

G’arbning kuchli ta’siriga qaramasdan ayrim koreys kelinchaklari hanuzga qadar milliy to’y libosi kiyishni afzal biladilar. Zamonaviy kelinchaklar oq rangli to’y libosi kiysalar-da, kelin va kuyov uchun milliy libosda mahsus fotosessiya o’tkaziladi. 

Xanbok “hogori” deb ataluvchi kalta jaket va “Chima” (yoki chxima) nomli keng yubkadan iborat.

Chogori – jaketi (ko’rinishidan boleroga o’xshab ketadi)ning yeng qismi pere deb ataladi. Chogori ikki tasmadan tashkil topgan bir ilmoqli bant bilan bog’lanadi. Bunda ilmoq yurak tomonga qarab turmog’i lozim. Tasmalar uchi yubka bo’ylab tushib turadi.

Chima –Xanbok yubkasi. U ko’krakning pastki qismidan boshlanadi va chogori ostidan kiyiladi. Uning bir qavatli, ikki qavatli va qaviqli turlari mavjud.

Chima ostidan sokchxima ( ichdan kiyiladigan yubka), shuningdek, poson – maxsus paypoqlar va poyabzal kiyiladi.

Ma’lumot o’rnida:

Chogori –xanbokning yuqori qismidagi jaketi.

Tonchjon –yoqa. Oq tasmadan tashkil topgan bog’ich jaketning bo’yin qismiga biriktiriladi.

Otkorim –ayollar libosi bezagi. U yubka ustiga tushib turadi.

Pere –jaket yengining pastki chizig’i.

Chima –ayollar yubkasi.

Naqshlar –xanbokda tasvirlangan naqshlar uning nafisligiga urg’u beradi.

Xanbok turlari:

Xollebok –to’y xanboki. U kundalik liboslardan farqli ravishda tantanavor ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu libos chima va chogoridan tashqari, vonsam deb ataladigan uzun poltodan tashkil topgan. Kelinchak sochi esa “Chokturi” nomli tojsimon usulda turmaklanadi.

Tol xanbok– bolalar xanboki, u bolakayning ilk tug’ilgan kunida kiydiriladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook