Kosmos sinoati: Gagarinning xayrlashuv maktubi, kosmosga chiqqan ilk jonivorlar va poyabzalning antiqa bog‘ichlari

Bundan roppa-rosa 58 yil avval insoniyat tarixida juda katta qadam tashlandi. Inson kosmosni zabt qilishga kirishdi. 1961 yilning 12 aprel kuni sovet kosmonavti Yuriy Gagarin ilk marta "Vostok" havo kemasida Yerni aylanib uchdi va ortga qaytdi.

 Yuriy Gagarin bilan yo‘lga chiqqan "Vostok" havo kemasi yerga yaqin bo‘lgan joyda 108 daqiqalik safarni amalga oshirdi va ushbu vaqt ichida sayyoramizni aylanib o‘tdi. Keyinchalik havo kemasi SSSR hududiga kelib qo‘ndi. Yerdan bir necha kilometr balandlikda esa kosmonovt havo kemasi ichidan katapulta usulini amalga oshirdi va Saratov viloyati, Tenrovskiy tumanidagi Smelevka qishlog‘iyaqinidagi Volga daryosi bo‘yiga Moskva vaqti bilan 10:55 ta parashyutda tushib keldi.

Nima uchun nomzodlar orasidan aynan Gagarinni tanlab olganlar?

Insoniyatning ilk bor kosmosga chiqishi uchun 20 ta odam nomzodlik qilar edi. Ular mamlakatning eng yaxshi uchuvchilari emasdilar, ushbu kosmonavtlarni  parvoz rahbari Sergey Korolev bo‘y balandligi,vazn va salomatlik darajasiga qarab tanlab olgan.

1959 yili Aviatsion tibbiyot institutida kosmonavtlarni tanlab olish va tayyorlash bo‘yicha bo‘lim tashkil qilindi.

Kosmonavtlarni uzoq muddat davomida va turli usullar bilan tekshirib ko‘rishdi. Aylana kresloga va maxsus arg‘imchoqlarga solib qo‘yib sinashdi. 

Gagarinning organizmi esa juda chidamli ekan. Bardosh va chidam sifatlarini sinagan bosim testlari paytida Gagarin eng yuqori natijalarga ega bo‘ldi, uning tanasi turli sharoitlar va ta’sirlar - vibratsiya, og‘irlik, gipoksiyaga osonlikcha moslashib olar edi.

Bundan tashqari Gagarinni o‘ta murakkab sinov jarayoniga ham duchor qilishdi. Bunda kosmonavtni stol ustiga kamarlar bilan bog‘lab qo‘yishgan va 10 daqiqa shu holatda qimirlamasdan yotgan. Laborant tana ko‘rsatkichlarini birma-bir qayd etib bordi. Keyin esa stolni tik holatga keltirdilar, navbatdagi 20 daqiqa davomida ham organizmdagi barcha o‘zgarishlar yozib olindi. Keyin kosmonavtninng boshini pastga qaratib tik holatga keltirildi. Uni vibrostend, barokamera ichida sinab ko‘rishdi, hotira va diqqatni jamlay olish qobiliyatlari tekshirildi. 

Bundan tashqari kislorod yetishmasligi holatiga nisbatan qanday ta’sir ko‘rsatishi ham aniqlandi. Sinovlar davomida ruhiy tekshiruvlar olib borildi. Yuriy Gagarin turli jadvallar, apparatlar, ruhiy testlar bilan ishladi, yuzlab savollarga javob berdi, aqlining tezkorligi va emotsional reaklilar, uddaburonlik sifatlari tekshirib olindi.Yuriy Gagarin esa bularning barchasida a’lo natijalarni ko‘rsata oldi. Uni jimjitlik bilan qoplangan xona ichiga solib qo‘ydilar, kosmonavt bu yerda 10 sutka davomida bir o‘zi qoldirildi. Izolyatsiya xonasida bo‘lgan paytlari Gagarin badantarbiya bilan shug‘ullandi, kitob o‘qidi, kunadlik yozdi, shifokorlar esa uning salomatligini nazorat qilib turdilar.

Tibbiy natijalar tayyor bo‘lgach, Gagarin ish boshlash uchun xozir ekanligi ma’lum bo‘ldi. soat 9:07 da "Vostok" orbitaga chiqdi. 9:48 da esa Gagarindan xabar keldi: "O‘zimni yaxshi his qilyapman, kayfiyatim yahshi"

Bu paytda esa dunyo Yuriy Levitanning mashhur ovozi bilan o‘qib berilgan olamshumul xabarni tingladi: "1961 yilning 12 aprel kuni Sovet Ittiqofqida Yer orbitasiga ichida inson mavjud bo‘lgan dunyodagi birinchi kosmik kema-yo‘ldosh "Vostok" parvoz qildi".

Yuriy Gagarinni kosmik kemaga qadar bir emas, ikki dublyor kuzatib bordi

Gagarinning yonida barcha yaxshi tanigan German Titov bilan Grigoriy Nelyubov ham bo‘lgan. Gagarin va Titovdan farqli o‘laroq, u egniga skafandr kiymagan edi. Ammo keskin holat yuzaga kelsa parvoz uchun tayyor holatda bo‘lgan. Ammo keyinchalik Nelyubovning taqdiri omadsizliklar bilan to‘la bo‘ldi. Gagarinning parvozidan bir muddat o‘tib uni tartibni buzgani uchun kosmonavtlar otryadidan chiqarish tashladilar, keyinchalik esa baxtsiz hodisa sababli olamdan o‘tdi.

Yuriy Gagarin parvozga ikki kun qolganida rafiqasigaxayrlashuv maktubini yozgandi.

Ushbu maktab Gagarin bilan kutilmagan va halokatli xodisa sodir bo‘lsa uning ayoliga berilishi kerak bo‘lgan. Xayriyatki, insonning kosmosga birinchi parvozi juda yaxshi o‘tdi. Biroq maktubni Yerning  birinchi kosmonavti 1968 yil 27 mart kuni aviahalokatda vafot etganidan keyin uning jufti haloli Valentina Ivanovnaga yetkazib berdilar.

 

"Vostok-1" ning parvozi to‘liq avtomatik rejimda kechgan

Buning sababi kosmonavtning vaznsizlik holatiga qanday vaziyatga to‘qnash kelishi aniq bo‘lmagani bilan bog‘liq edi. Ammo har ehtimolga qarshi Yuriy Gagaringa maxsus kod berilgan, ushbu kod yordamida kemaning qo‘lbola boshqaruvini ishga tushirish mumkin bo‘lgan.

 

 

Parvoz oldilan "Sovet halqiga tarixdagi ilk kosmonavtdan murojaat" 3 ta varinatda yozib qo‘yilgan

Bularning biri Yuriy Gagarin, qolgan ikkisi uning dublyorlari German Titov va Grigoriy Nelyubov tomonidan yozilgan edi. Huddi shu kabi TASS xabari ham 3 hil ko‘rinishda bo‘lgan. Ularning birida parvozning omadli o‘tgani, yana birida kosmonavtlarning qidirilayotgani, yana birida kemaning halokatda uchragani aytilgandi.

Parvozning oxirgi bosqichlarida Yuriy Gagarin tomondan mashhur ibora aytilgan: "Men yonyapman, alvido, do‘stlar!"

Ammo bu iborani uzoq vaqtga qadar hech qayerda yozmaganlar.

Gap shundaki, Gagaringa qadar hech kim havo kemasining atmosfera qatlamidan qanday o‘tishi haqida tasavvurga ega bo‘lmagan. Shu sababli Gagarin ham illyuminator orqali olov uchqunlarini ko‘rib, kosmik kema yonayotgani va bir necha daqiqadan keyin o‘lishini tahmin qilgan. Aslida esa buhar bir parvoz vaqtida kuzatiladigan oddiy holat edi. 

Insonning ilk bora kosmosga chiqish holatiga oid eng mashhur narsalardan biri... poyabzal bog‘ichlari bo‘lib qoldi

 Yuriy Gagarin Nikita Xyushyovning yonida doklad o‘qish uchun gilam ustidan borar ekan kadrda uning poyabzalidagi yechilib ketgan bog‘ichlar tushib qoladi. Bu esa odamlarning Gagaringa bo‘lgan mehrini yanada oshirib yubordi. Ammo o‘sha marosimda qatnashgan Sergey Xrushyov kosmonavtning poyabzali bog‘ichlari bunday holatda bo‘lmaganini aytgan. 

Inson qo‘li bilan yaratilgan qanday narsalar kosmosdan turib ham ko‘rinadi?

 

Bu kabi savol  oddiy odamlar tomonidan kosmonavtlarga juda ko‘p bor berilgan. Uzoq vaqt mobaynida kosmosdan faqatgina Buyuk Xitoy Devori ko‘rinishi haqida aytardilar. Ammo kosmonavtlar devorning aniq jolashuv o‘rnini bilmagan odamni uni ko‘rish qiyin ekanligi haqida aytishadi. Buni Xitoyning ilk kosmonavti Yan Livey ham ta’kidlagan. Ammo kosmosdan turib Misr piramidalari juda yaxshi ko‘rinar ekan.

Kosmosga ilk bor chiqqan jonivorlar

Ko‘pchilikka ma’lumki, kosmosga ilk bora kuchuklar olib chiqilgan. Oyga esa ilk marta borgan hayvon - toshbaqa sanaladi. Bu 1968 yilda sodir bo‘lgan. Sovet ittifoqining "Zond-5" kosmik kemasi ichiga O‘rta Osiyo toshbaqalaridan olib qo‘yishgan. 

Kosmonavtlar parvoz oldidan "Sahroning oq quyoshi" filmini ko‘rishlari rostmi?

Haqiqatan ham, sovet kosmonavtlari orasida keng tarqalgan ushbu odat Rossiya kosmonavtlari orasida haligacha bor. Ular parvoz oldidan "Sahroning oq quyoshi" filmini tomosha qiladilar. Ammo bu mantiqsiz odatning o‘zi emas. Ushbu film kosmonavtlarda operatorlik ishi namunasi sifatida namoyish qilinadi, uning timsolida kamera bilan ishlash asoslari tushuntirib beriladi.

 

Kosmonavtlar vaznsizlik holatida qanday qilib kundalik yozadilar?

Odamlar orasida keng tarqalgan afsonalardan biriga ko‘ra, NASA kosmosda yozish imkoniyatiga ega bo‘lgan ruchkani yaratish uchun bir necha million dollar pul sarflagan.  Ammo rus kosmonavtlari parvoz vaqtida oddiy qalamlardan foydalanganlar. Aslida esa Amerika kosmonavtlari ham oddiy ruchka yoki flomasterlar yordamida yozishgan. Buning asosiy kamchiligi uning mayda zarralari kosmonavtlarga zarar yetkazishi ehtimoli bilan bog‘liq edi. 1960 yillarda esa ixtirochi Pol Fisher har qanday holatda ham yozish imkoniyatiga ega bo‘lgan ruchka yaratdi. Uni NASAga donasini 2 dollardan sotgan. Keyinchalik ushbu ruchkani Rossiyaning kosmonavtlarga ham olib berishgan.

Antiqa nikoh shartnomasi

Charlz Simoni tarixda ikki marta kosmik sayohatni amalga oshirgan ilk sayyoh sanaladi. U 2007 va 2009 yillarda Halqaro kosmik stansiyaga qadar uchib borgan. Yaqindagina uylangan Charlzning nikoh shartnomasiga esa uning rafiqasi tomonidan kosmosga qayta uchishni ta’qiqlovchi band kiritib qo‘yilgan.

12 asrda qurilgan ibodatxona devorida skafandr kiygan kosmonavt tasviri bor ekanligini bilasizmi?

Salamanka bosh ibodatxonasi (Ispaniya) 12 asrda qurilgan bo‘lib, bu yerda skafandr kiygan kosmonavt tasviri aks etgan. Ammo ushbu g‘oya mistik mavjudotlarga tegishli emas. Shunchaki kosmonavt tasvirini 1992 yildagi qayta tiklash ishlari davomida qo‘shib qo‘yganlar.

Gagarinning mashina raqami

 

Gagarinning parvozi o‘z yakuniga yetgach, unga qora rangli "Volga" mashinasini sovg‘a qilganlar. Eng qizig‘i, mashinaning davlat raqami 12-04 YuAG edi. YuAG - kosmonavtning ism-sharifi, 12-04  esa parvoz sanasini anglatgan.

Gagarin o‘z parvozi oldidan "Qani, ketdik!" degan iborani ishlatgan.

 

Xo‘sh, nima uchun "Qani, uchdik!" emas? Sababi Gagarin uchuvchi edi. Samolyotlar esa odatda parvoz qilishdan oldin yerda yurib boradi. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations