KRISHTIANU RONALDU TO‘G‘RISIDA SIZ BILMAGAN 10 TA FAKT
KRISHTIANU RONALDU TO‘G‘RISIDA SIZ BILMAGAN 10 TA FAKT
Ronalduning hayotidan olingan ushbu ma'lumotlarni avval ham eshitganmisiz?

1. Ronaldu dunyoga kelganida uning ota-onasi kichkintoyga nima ism qo‘yish to‘g‘risida ancha bahslashgan ekan. Uning onasi o‘g‘liga Krishtianu ism qo‘ygisi kelgan. Amerika klassik kinosining ashaddiy muhlisi bo‘lgan otasi esa o‘g‘lini o‘z vaqtida juda ommabop bo‘lgan amerika kinosining aktyori, keyinchalik Amerika Qo‘shma Shtatlarining 40-sonli Prezidenti bo‘lgan Ronald Reygan sharafiga ism qo‘ymoqchi bo‘lgan. Jahon futbolining yulduzi pasportidan uning ota-onasi qanday to‘htamga kelganini anglab olish qiyin emas.

2. Ronaldu haddan tashqari ta’bi nozik va izzattalab shaxs. Hozirgi paytda erishgan narsalarining sababi ham balki aynan shundadir. Jamoa tarkibidagi va shaxsan mag'lubiyatni juda og‘ir kechiradi. Bunga misol - portugaliyalik futbolchi “Oltin to‘p” bilan taqdirlash marosimidagi o‘zining tutishi. 2013-chi yilda, surunkasiga to‘rtinchi marta Lionel Messi yutib chiqqanida, Ronaldu hech kimni o‘ldirib qo‘ymadi - biroq uning yuzida naqadar ta’sirli tabassum paydo bo‘ldi, u Syurixni naqadar tez tashlab ketgan edi. U 2014-chi yilda uzoq kutilgan muvaffaqiyat tufayli baxtligidan yig‘lagan, 2015-chi yilda esa juda baland ohangda baqirgan edi.

3. Ronaldu haddan tashqari hissiyotlarga beriluvchan. 2014 yilning boshida Eysebioning o‘limi butun Portugaliyani larzaga solgan edi. Ronaldu fojeani yuragiga juda yaqin qabul qilgan. Balki, shuning uchun ham u buyuk Qora Marvarid bilan muloqotda bo‘lgandir. "Real" -"Selta" uchrashuvidan avval Eysebio hotirasiga bir daqiqa sukut saqlash e’lon qlinganida, qahramonmiz ranglari oqarib omma oldida o‘zini zo‘rg‘a tutib turgan.

4. Ronaldu - Portugaliya tarixidagi eng zo‘r hujumchi: xalqaro miqyosdagi 118 uchrashuvda 52 to‘p kiritgan. Ehtimol, zamonaviy dunyoning boshqa birorta terma jamoasi ham Portugaliya jamoasidek bitta  futbolchiga qaram bo‘lmasa kerak. Bir paytlar esa Ronalduni mamlakat uchun ham huddi klubi uchun o‘ynagani kabi yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaganida ayblashgan. 2014 yil jahon chempionatida bu qaramlik jamoaning ishini chapasidan keltirgan - jamoa sardori sog‘lom emas edi, u bilan birga butun jamoa ham xunob bo‘lgan. Roman Shirokovsiz Rossiya terma jamoasi va Gonduras kabi ayrim mamlakatlargina Portugaliyadan yomonroq natijani ko‘rsatgan xolos.

5. Uning shvedlarga qarshi ko‘rsatgan jozibador o‘yini - Portugaliyaliklar jahon chempionatiga chiqish uchun sababchi bo‘lgan Braziliyaga borish xuquqi uchun ikkita o‘ta keskin uchrashuvidagi o‘sha to‘rtnafar gol hatto ommabop bastakor Pedru Abrunozani maxsus qo‘shiq yaratishga undagan.

6. Yelka kengligida qo‘yilgan oyoqlar - mashhur holatda turish - ayni paytda nafaqat jismoniy tarbiya darsi ketayotganidan, balki futbol darvozabonlari “zambarakdan o‘q uzilishi”ga tayyorgarlik ko‘rish kerakligidan darak beradi. Tayyorgarlikda hatto 100-millionlik Garet Beyl emas, aynan Krishtianu Ronaldu. Jarima maydonidagi uning zarbalaridan keyin to‘plar mislsiz trayektoriyalar bo‘ylab harakatlanadi. Bechora darvozabonlar!

7. 2013 yilning yozida Ronaldu jarima zarbasini bajarayotgan paytda navbatdagi hatolikka yo‘l qo‘ygan edi. To‘p tribunalarga qarab uchib ketgan edi. U “Real”ning raqibi “Bortmund” jamoasining muhlisi bo‘lgan Charli ismli 11 yoshli bolakayning qo‘liga borib tegdi. Natija juda achinarli bo‘lgan - qo‘l suyagining qo‘sh sinishi. "Bu o‘z qo‘llarini sindirib olish usulining eng fantastik usullaridan biri. Odatda, bu boshqacha sodir bo‘ladi. Masalan, daraxtdan yiqilganda. Bunday vaziyatni avvaldan ko‘ra bilish juda qiyin, u har kim bilan sodir bo‘lishi mumkin, biroq, agar men chap qo‘lim bilan boshimni to‘smaganimda old tishlarimsiz qolar edim” - deya xursand bo‘lgan keyinchalik bolakay. "Qirollik klubi" jabrlangan bolakayga futbolchilarning datsxatlariga to‘ldirilgan mayka sovg‘a qilgan.

8. Ronaldu o‘zini o‘zi yaratgan. So‘zsiz, uning o‘ziga xos iste’dodi bor edi. Biroq, bu iste’dod bir vaqtlar Krishtianudanommaboproq bo‘lgan Kuarejmada ham bor edi. Xozir esa u qayerda? Ronaldu esa o‘z tug‘ma iste’dodiga holdan toydiruvchi mashqlarning soatlari, kunlari, oylari va yillarini qo‘shdi. Mushaklarning vaznini orttirgan holda u o‘zidagi tezlik va keskinlikni zarracha ham yo‘qotgani yo‘q.

9. Krishtianu Ronaldoning 4 nafar farzandi bor bor. Katta og'li 2010 yilning iyulida tug‘ilgan. O‘g‘lining onasi kim ekanligi masalasida Ronaldu izoh bermaslikni afzal topgan. U o‘z farzandlarini haddan ziyod yaxshi ko‘radi. Ularning sharafiga hatto gollarni ham bag‘ishlaydi. 2013 yilning noyabrida Portugaliya -Shvetsiya uchrashuvidan keyin o‘g‘li Ronaldudan so‘radi: "Dada, bugun siz bilan uxlasam maylimi?" bunga javoban jurnalistlar kulib yuborgan, portugaliyalik futbolchi esa otalarcha mehribon tabassum bilan o‘g‘liga qarab qo‘ygan. 2014-chi va 2015-chi yilda “Oltin to‘p”ni olgani u o‘z zurriyoti bilan birga chiqqanida ham, yulduz otasi intervyu bergan paytida kichik supermenni kadrga kiritilganida ham hech kim taajublanmagan edi.

10. 2013 yil dekabrining o‘rtasida Ronaldu o‘z faoliyati davomida qo‘lga kiritgan yutuqlarini har bir inson ko‘rishi mkoniyatini yaratish uchun o‘z muzeyini ochgan. Bu tarixiy voqea uning vatani-  Madeyra orolidagi Funshal shahrida sodir bo‘lgan. "Darvoqe, bu yerda yangi sovrinlar uchun ham joy bor", - deb kinoya qilgan yarim himoyachi, tantanali ravishda tasmani kesayotgan paytda. 2014-chi yilda u kolleksiyani shaxsiy sovrinlari bilan birgajamoa sovrinlari bilan ham to‘ldirgan. Klublalaro jahon chempionatidan so‘ng u juda hotirjamlik bilan o‘z vataniga, o‘ziga qo‘yilgan “Yelka kengligidagi oyoqlar - mashhur holatda turish” haykalning ochilish marosimiga tashrif buyurgan edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook