Masonlarning teskari minorasi: ilohiy quduq
Masonlarning teskari minorasi: ilohiy quduq
O’tgan asrning boshlarida Portugaliyaning Sintra munitsipaliteti tomonidan qurilgan, Kinta-da-Regaleyra (Quinta da Regaleira) saroy-park kompleksining yer osti sirli tunellar tizimi, go’yoki ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi yo’lga o’xshaydi.

Ilohiy quduq markaziy imorat hisoblanadi. Unga kirish yarimsoyalar dunyosi vakillari bo’lgan xtonik penumbra qo’riqchilari tomonidan qo’riqlanadi.

Afsonaga qaraganda, 27 metr chuqurlikka ega bo’lgan va ko’rinishi bilan teskari minorani eslatadigan sirli quduqda, masonlar bildirish marosimlarini o’tkazishgan. Bunday marosimlar an’anaga binoan, o’raning tubida, sakkiz qirrali yulduz surati tasvirlangan joyda o’tqazilgan. Quduqqa tiralgan, mox o’sib ketgan g’alati suyanchiqli aylanma zinapoyalar jannat va do’zax aylanalarini bildiradi – yo’nalish harakatiga qarab. Sirli quduqdan chiqish yer osti tuneliga olib boradigan tosh eshik orqalidir.

Ushbu quduq, Portugaliyaning Sintra shahridagi Kinta-da-Regaleyra hududida joylashgan. Inson qo’li bilan yaratilgan bu ajoyib quduq, o’z nomini unda o’tqaziladigan masonlar marosimlari tufayli olgan. 

U o’zida tog’ ichkarisiga kirib ketadigan 27 metrlik spiral zinapoyalarni mujassam etgan. Zinaning har xil tosh kolonnalar ushlab turuvchi 10 ta qavati bor. 

Ushbu qavatlar, Dante tasvirlagandek, do’zaxning 10 aylanasini, daraning 10 aylanasi va jannatning 10 aylanasini bildiradi. Har bir kesimda 15 tadan zinapoya bor.

Quduqning o’zi ikki qaramaqarshiliklar asosiga qurilgan, bular osmon va yer, jannat – do’zax, bu dunyo va narigi dunyo. 

Odam quduqqa tushayotganida xuddi o’zligini anglash uchun turli marosimlardan o’tayotganday bo’ladi.

Qanchalik chuqur tushilsa, shunchalik qorong’ulashadi.

Bu esa templier ritsarlari kresti ustiga chizilgan quduqdagi kompas va u har doim sharqni ko’rsatib turadi. Bu, inson nurga intilmoqda degan ma’noni anglatadi.

Qorong’ulikda biroz aylanib, yana yorug’likka chiqamiz.

Quduqqa kirish narigi dunyo qo’riqchilari tomonidan himoyalanadi. 

Quduqqa kirish joyining to’g’risida “Ilohiy terassa” joylashgan. Uni zikkuratti-minoralari himoya qiladi. Bu ziyoratgohlardir, ko’rinishi bilan yuqori qismida kesilgan piramidalarni eslatadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook