Mayiz tushkunlikdan halos etadi
Mayiz tushkunlikdan halos etadi
Quritilgan uzum qoqisi –mayiz, nafaqat mazali yegulik, balki inson organizmi uchun g’oyat foydali vitaminlar zaxirasi hamdir. Mayizda glyukoza, fruktoza hamda ozuqa to’qimalari mavjud. Shuningdek B guruhi vitaminlari, H va PP darmondorilari ham keraklicha topiladi.

Yurak qon-tomir kasalliklari bilan og’riganlar uchun mayiz kaliy moddasini yetkazib beradi. Magniy, kalsiy, temir va fosfor moddalari esa quvvatsizlik, kamqonlik, suyak skeletining to’g’ri rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.

Kuchli stress, depressiya, asabiylik holatlari kuzatilganida, bir siqim mayiz iste’mol qilish ayni muddaodir. Shuningdek, qora mayiz uyqusizlikda ham chora hisoblanadi. Og’iz boshlig’i infeksiyalari, hususan, stomatit va kariesning oldini olishda mayiz tanovuli muhim hisoblanadi. Boisi, uzum qoqisi antioksidantlarga boy bo’lib, bakteriyalar bilan kurashuvchi xususiyatga ega. Mayiz peshob haydovchi hususiyatga ega. Qo’l- oyoq shishlarida mayiz iste’mol qilinishi siydik ajralishini ko’paytiradi. Tarkibida kletchatka mavjudligi uni oshqozon-ichak trakti uchun foydali yegulikka aylantiradi. Kunora yarim-bir siqimdan mayiz yeyishga odatlangan kishi, sog’lig’i haqida qayg’urmasa ham bo’ladi. 

Buning sababi esa:

-        Organizm uchun foydali vitaminlar hamda antioksidantlarga boy;

-        Nerv tizimi kasalliklarida foyda beradi;

-        Immunitetni mustaxkamlaydi;

-        Organizmga quvvat beradi;

-        Bosh miya faolligini oshirib, fikrlash qobiliyati, diqqatni jamlashda ko’mak beradi;

-        Organizmga kalsiy so’rilishini ta’minlaydi;

-        Farzand kutayotgan ayollar uchun kamqonlikni oldini olishda ko’mak beradi.

Ortiqcha vazndan halos bo’lishni istaganlar uchun mayiz asqatishi mumkin. Bunda mayiz asosiy vosita sifatida tanlanib, kun davomida boshqa yeguliklarga qaraganda ko’proq iste’mol qilinadi.

Asab tizimini kuchli qo’zg’alishlarida mayiz har qanday tinchlantiruvchi preparatdan-da yaxshiroq ta’sir ko’rsatadi. Uning bu hususiyati mahsulot tarkibidagi nikotin kislotasi hamda B guruhi vitaminlari hisobiga amalga oshadi. Kun davomida aqliy mehnat faoliyati bilan band bo’lganlar uchun ham mayizning foydasi ko’p. 

Qarshi ko’rsatmalar

Mayizning foydali hususiyatlari haqida qanchalik ko’p gapirmaylik, ayrim hollarda uning iste’moli qat’iy cheklanadi. Xususan:

-        Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi;

-        Ortiqcha vazn;

-        Enterokolit;

-        Og’iz bo’shlig’i yaralari;

-        Qandli diabet;

-        Silning faol turi.

Qanday iste’mol qilinadi?

Uzum qoqisiga qayta ishlov berish shart emas, ammo yengil hazm bo’lishi uchun suvda chayib olingani ma’qul. Teng miqdorda mayiz va yong’oqni go’sht qiymalagichdan o’tkazib, asal bilan aralashtirib olinsa, quvvatsizlik va mavsumiy kasalliklar profilaktikasi o’rnida foydalanish mumkin. 

Mayiz harid qilayotganda uning ko’rinishiga ahamiyat bering. Yirik va chiroyli quritilgani hamisha ham foydali bo’lavermaydi. U o'rtacha kattalikda bir-biriga yopishmagan, hidsiz bo’lishi kerak. Mabodo mayizning bir-biriga yopishganiga ko’zingiz tanlov qilmang. Nega deganda, bu uning noto’g’ri saqlanganidan darak bo’lishi mumkin. Mayizni shisha bankada ushlash lozim. Yoki mahsus haltalardan foydalansa bo’ladi. Agar mayiz ko’p miqdorda harid qilingan bo’lsa, plastik idishlarga joylab, muzlatkichga qo’ysa bo’ladi. Biroq shunda ham vaqti-vaqti bilan tekshirib turish lozim.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook