Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi
Misr ehromlari: qadimiylikning buyuk arxitekturasi
Misr ehromlari qadimiy inshootlar bo’lishi bilan birga sirli va mo’jizaviydir. Uning qurilishi, arxitekturasi, ichki joylashuvlari – haqiqiy jumboqdir. Misrda hammasi bo’lib 118 piramida ehromlar bor. Quyida ushbu dunyoning yetti mo’jizalaridan biri hisoblangan Misr ehromlarining ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

U kichkina bo’lishiga qaramasdan, shu uch ehromlar ichida eng chiroyligi hisoblanadi. Mikerina ehromi katta ehromlar davrini kuzatib qo’yishga muvaffaq bo’ldi. Undan keyin qurilgan barcha ehromlar kichik hajmda barpo qilingan.

4.Bu bilan Misr ehromlari tugamaydi, endi Gizadan boshqa joylarga ko’chamiz. Misrning katta piramidalaridan biri – bu Djoser ehromidir. Bu ehrom Sakkara qishlog’ida joylashgan bo’lib, naq Imxotepning o’zi tomonidan Djoser fir’avn uchun barpo qilingan. Maydoni – 125 metrga 115 metr, balandligi esa – 62 metrga teng. Bu Misrning eng birinchi ehromi hisoblanadi va shunga qaramay yaxshi saqlanib qolingan.

5.Ko’rini shijihatidan eng noyob piramida – bu Medume ehromidir. U Misr poytaxtidan 100 metr janubroqda joylashgan bo’lib, Xuni fir’avni tomonidan qurila boshlangan,biroq uning o’g’li Snofru uni oxirigacha qurib bitkazgan. Ehromning avvaliga 8 ta zinapoyasi bor edi, biroq bizning davrga kelguncha bor-yo’g’i oxirgi uchtasi qolgan, xolos. Piramidaning balandligi – 118 metr, maydoni esa 146 ga146 metr.

6.Pushtirang piramida esa qurilishda ishlatilgan o’zgacha tosh tufayli shunday tusga ega. Bu ehrom balandligi bo’yicha Xeops va Xefren piramidalaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Balandligi 104, 4 metr.Tarixchilarning aytishlaricha, ushbu ehromni biz tanishib o’tgan Snofru fir’avni barpo qildirgan.

7.Pushtirang ehrom yaqinada Qiyshiq ehrom joylashgan. U eramizdan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo’lib, noto’g’ri ko’rinishga ega bo’lganligi uchun shunday nom olgan. O’zingiz buni guvohi bo’lishingiz mumkin. Qarang: ehrom uch etapda qurilgan bo’lib, har birida har xil burchakli qiyaliklar yasalgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook