Multfilmlar haqida qiziqarli ma'lumotlar
Multfilmlar haqida qiziqarli ma'lumotlar
Shunday qilib ushbu maqolamizda, taniqli multfilmlarni tomosha qilish uchun sizni ilhomlantiradigan ba'zi qiziqarli voqealarni topdik: kim biladi, ehtimol siz ham yaratuvchilarning yashirin sirlarini topa olarsiz?

“Tovuq katagidan qochish” multfilmining siri nimada?

E’tibor bergan bo’lsangiz, "Tovuq katagidan qochish" multfilmidagi har bir parrandaning bo’ynida albatta qandaydir aksessuar mavjud: sharf, marjon yoki taqinchoq. Buning sababi shunday edi: ushbu multfilmdagi tovuqlar, aniqrog'i ularning modellari plastilindan yasalgan va bundan tashqari ular boshlarini burishlari kerak edi. Paydo bo'lgan burmalarni yashirish uchun animatorlar bo'yinga bezaklar bilan hiyla-nayrang ishlatishgan.

Nega jingalak soch malikalar keyinchalik paydo bo'ldi?

Dastlab, "Suv parisi" multfilmini yaratuvchilar Arielni jingalak sochli holda ko’rishni xohlashgan, ammo, 1989 yilning kompyuter grafikasi bunga imkon bermagan. Shunday qilib, Disneyning birinchi jingalaksoch malikasi bu "Brave" animatsion filmidagi Merida edi. Bu multfilm 2012 yilda yaratilgan. Tasavvur qiling: Merida qalpog'ini boshidan yechganida, jingalak sochlari uchadigan sahna 2 oydan ko'proq vaqt davomida yaratilgan!

"Coco siri"

Coco siri multfilmida ba'zi bir qiziq ma'lumot mavjud. Masalan, qahramon yashaydigan Meksika shaharchasining asosiy ko'chasida siz  “O’yinchoqlar dunyosi” multfilmidagi katta qo’g’irchoq- Buzz Layter va chavandoz Vudini ko’rishingiz mumkin. 

Mufasa va Scar aka-uka emas edilar

Ma'lum bo'lishicha, "Qirol sher" yaratuvchilari qiziq bir tafsilotni yashirishgan: mualliflarning fikriga ko'ra, Mufasa va Scar aka-uka emas, balki bitta makonda yashaydigan ikki kuchli sher. Direktorlarning ta'kidlashicha, yovvoyi tabiatda, yetakchi qariganida, yanada kuchli va yosh sher paydo bo'ladi.Multfilm yaratuvchilari esa  shunchakihayvonlar hayotidagi dalillarni qo’llamoqchi bo'lishdi. O'sha paytdan ular Mufasa va Scarning aka-uka emasligini bilar edilar, ammo ko'p yillardan beri buhaqda tomoshabinlarga  gapirishmagan. 

“Oppog’oy” malla sochli bo’lishi ham mumkin edi.

Dastlab, multfilm yaratuvchilari Oppog’oyni mallasoch qilishni rejalashtirishgan, ammo oxir-oqibat ular aka-uka Grimmlarining ertaklariga (barcha qahramonlar qora sochli ekanligiga) asoslanib qora sochli qilishga qaror qilishgan.

Shrek o'zining haqiqiy prototipiga ega

"Shrek" so'zi nemis tilidan "dahshat" deb tarjima qilinadi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu sevimli qahramonning prototipi bor - bu fransuz kurashchisi Moris Tiye. Uning kam uchraydigan kasalligi bor edi, buning natijasida suyaklar o'sgan va qalinlashgan, ayniqsa old qismida. Tiye sportda katta muvaffaqiyatlarga erishdi va yillar davomida o'ziga xos tashqi ko'rinishini hazil bilan bog'lashga o'rgandi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook