Nazokatli qadam tashlash qoidalari
Nazokatli qadam tashlash qoidalari
Nazokat bilan qadam tashlash ayolning latofati va jozibadorligini bir necha karra oshirib ko’rsatuvchi muhim omillardan sanaladi. Mashxur film qaxramonlarining suhbatini bir yodga oling, “Ayol kishi o’ljasiga tashlanmoqchi bo’lgan yo’lbarsdek qadam tashlashi lozim”, yodingizdami? Ammo shuni ham unutmangki, o’zbekona ibo-hayo ayolning qadam olishida ham namoyon bo’lib turadi. Endi bu boradagi ayrim qoidalar bilan tanishing.

Hech qachon tez tez qadam bilan yurmang.  Siz juda tez qadam tashlasangiz, bu kuchli ammo hovliqma va salga lovillab ketuvchi inson ekanligingizdan darak beradi. Bundan tashqari ko’pincha kechikuvchan odamlar shoshib yurishadi.

Hamisha yurganda gavdangizni tik holatda tutib, qorningizni tortib yuring. Bunday holatda oyoqlaringiz bir- biriga yaqin holatda turishi lozim, lekin juda chayqalib ham yurmang. Unutmang chayqalib, lapanglab yurish mast odamlarga xos. Chiroyli yurish quyidagi omillarga bog’liq:

tovonni to’g’ri qo’yish;

qo’llar xarakati;

gavdani tik tutish;

qulay oyoq kiyim.

Qadam tashlayotganingizda oyog’ingiz tagiga qaramang, ammo iyagingizni ham ko’tarib yurmang. Oltin o’rtalikni tanlang.  O’zingizdan bir  oz oldinga nigoh tashlab yuring, ammo kerakli masofa sizga ochiq oydin ko’rinib tursin.

Baland poshna ayol kishini qaddi-bastini ko’rkamlashtirib, uning kiygan libosiga ham,tashqi qiyofasiga ham jozibadorlik ulashadi. Ammo baland poshnada qoyil-maqom qadam tashlashni hamma ham eplolmaydi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook