Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?
Nima uchun qirolicha Yelizaveta uyida ham sumkacha tutib yuradi?
Sinchkov va e’tiborli insonlar Buyuk Britaniya qirolichasining hamisha va har yerda kichik sumkacha tutib yurishiga diqqat qaratganlari aniq. U hech qachon ushbu aksessuarsiz ko‘chaga chiqmaydi, uni hattoki o‘z uyi sanalmish saroy ichida ham olib yuradi. Ko‘plab xizmatchilarga ega bo‘lgan qirolicha nima uchun mitti sumkachani hamisha o‘z qo‘llarida ushlab yurishdan charchamaydi, bilasizmi?

Sumka - ishonchli do‘st

Shu kunga qadar taniqli suratkashlar tomonidan olingan qirolichaning har bir suratida uning qo‘llarida sumka borligini ko‘rish mumkin. Albatta, ularning rangi, shakli vaqti-vaqti bilan o‘zgarib ham turadi. Lekin, Buyuk Britaniya qirolichasi o‘z sumkasini hech qachon biror yerda unutib qoldirmaydi.

Qirollik oilasining yoshi ulug‘ vakilasi klassik uslubda ishlangan sumkalarni juda yaxshi ko‘radi. Sevimli rangli esa qora hisoblanadi. Qirolichaning aksariyat sumkalari " Launer" brendi tomonidan ishlangan. Ushbu kompaniya odatda kichik o‘lchamli hamda o‘ta og‘ir bo‘lmagan sumkachalar chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Qirolicha sumkasining ichida nimalar bor?

Qirolicha ham barcha ayollar kabi lab bo‘yog‘ining hamisha yonida tayyor bo‘lib turishi uchun sumkasidan aslo voz kechmaydi. Yelizaveta II ning sevimli lab bo‘yoq turi - "Elizabeth Arden" hisoblanadi.

Qirolicha ko‘p sonli insonlar bilan muloqot qilishini hisobga olsak, hamisha musaffo nafasga ega bo‘lishi kerakligini muhim deb biladi. Shu sababli ham suhbatlar avvalida sumkasidan kichik konfet oladi-da uni iste’mol qiladi.

Sumkaning ichidagi yana bir doimiy buyum - durbin hisoblanadi. Qirolicha aksariyat holatlarda atrofni ushbu buyum yordamida tomosha qiladi. 

Sumka - signal berish vositasi

Qirolichaning o‘z sumkasidan hech qachon ayrilmasligi borasida yana bir qiziqarli tahmin ham mavjud. Oliynasab ayol uchun mazkur aksessuar o‘z xodimlariga signal berish vositasi sanaladi.

Misol uchun qirolicha biror inson bilan suhbatlashib turganda charchab qolishi mumkin, ana shu vaqtda u o‘z sumkachasini bir qo‘lidan ikkinchi qo‘liga oladi. Buni sergaklik bilan kuzatib turgan yordamchi esa suhbatdan zerikkan qirolichani tezkor bahona bilan suhbat majburiyatidan halos qiladi.

Agar qirolicha sumkasini polga qo‘yadigan bo‘lsa, demak bu yerdagi suhbat mavzusi unga ma’qul kelmayapti. Qirolichalarga xos tarbiya suhbatni duch kelgan joydan bo‘lish uchun imkon bermaydi, shu tariqa Yelizaveta II o‘z xodimlariga uni chalg‘itishlari kerakligi haqida signal beradi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook