Nimaga inson esnaydi?
Nimaga inson esnaydi?
Esnash sabablari to’g’risida dunyo olimlari turli xil fikrlarni ilgari suradilar. Quyida ba’zi bir olimlarni fikriga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Inson uyqudan oldin ko’p esnaydi, bunga hech e’tibor berganmisiz? Buning o’ziga yarasha mantiqiy izohi bor – gap shundaki, organizm shu tarzda  bo’shashadi. Aynan shuning uchun biz esnashni boshlaymiz, deyarli har 10 daqiqada. Shu asnoda organizm dam olishga, hamda uyquga, tayyorlanadi. Esnash o’rta quloqdagi bosimni tartibga solib, uni tushib ketishi natijasida yuzaga keladigan quloq bitib qolishini bartaraf etadi. 

Esnash organizm himoya vositasi bo’lib evolutsiya natijasida yuzaga kelgan. Nafaqat odamlar, balki hayvonlar ham esnaydi. Esnash yuqumli bo’lib, miyyani qizishidan asraydi va uni salqinlanishiga yordam beradi. Bunday hulosaga AQSH va Italiya olimlari kelishgan. Ularni aniqlashicha, esnash bosh chanog’idagi harorat ko’tarilishi natijasida yuzaga keladi. Bu jarayonni maqsadi – miyani samarali faoliyati uchun uning optimal haroratini ushlab turish. Oxirgi tadqiqotlar ko’rsatishicha esnashning yuqumliligi yil fasllariga qarab o’zgaradi va havo haroratiga bog’liq. Shuningdek, eng yuqumli esnash havo harorati o’rtacha 20 gradus bo’lganda namoyon bo’ladi.

Biroq hanuzgazha olimlar tomonidan keltirilgan farazlarni hech biri esnashni asl sababini ochib berolmagan!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook