O‘zbek noni haqida qiziqarli 10 fakt
O‘zbek noni haqida qiziqarli 10 fakt
O‘zbekistonga bir marta bo‘lsa-da tashrif buyurgan va issiqqina nonni tatib ko‘rgan inson borki, uning o‘ziga xos mazasini unutolmaydi. Zero, tandirdan endigina uzilgan yumshoq nonning ta’mini boshqa hech bir yerdan topa olmaysiz.
Mamlakatda non va non mahsulotlariga bo‘lgan ulug‘ hurmat qadimdan shakllangan. O‘zbekiston xalqi madaniyatida non juda katta va o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

Fakt №1

O‘zbekistonda non hech qachon pichoq bilan kesilmaydi. Tanovul avvalida uni qo‘l bilan sindirib, har bir mehmon qarshisiga bir necha bo‘lakdan tarqatadilar.

Fakt №2

Nonni hech qachon teskari holatda, yuqori tomonini pastga qaratib qo‘yish kerak emas. Aytishlaricha, bu nonga nisbatan ulkan hurmatsizlik bo‘lar ekan.

Fakt №3

O‘zbekistonda shunday odat mavjud: oilaning biror a’zosi uzoq safarda ketishdan avval uyidan chiqmay turib, butun nondan bir bo‘lak tishlashi lozim. Ushbu tishlangan nonni uyning ko‘rinarli joyga osib qo‘yishadi. Yoshi ulug‘larning aytishlaricha, non o‘z sohibining safardan qaytishini intizorlik bilan kutadi. 

Fakt №4

Oila qurgan yoshlarning nikoh kunida ularning oilaviy munosabatlari hamisha shirin va davomli, bir umrli bo‘lishi uchun maxsus udumga ko‘ra non sindiriladi. 

Fakt №5

O‘zbekiston xalqi uchun non bilan qasam ichish juda katta ahamiyatga ega, ushbu qasamni buzish esa kechirilmas xato sanaladi. 

Fakt №6

Non aylana shaklda bo‘lgani sababli ayrim vaqtlarda likopcha vazifasini ham o‘taydi. Uning ustiga turli shirinliklar solib, yaqinlarga tarqatishadi, shashlik, qovurilgan va qaynatilgan go‘shtni non ustiga solib berish ham odat tusiga kirgan. 

Fakt №7

Mehmonlar uchun dasturxon tuzalayotgan vaqtda stol ustidagi nonlar soni juft bo‘lishi kerak. Agar uyda bitta yoki uchta non qolgan bo‘lsa, ularning biri ikkiga sindirib qo‘yiladi. Toq sonli nonlarni odatda mar’aka marosimlarida dasturxon ustiga keltiradilar. 

Fakt №8

O‘zbekistonda uyga kelgan mehmonlarga sovg‘a va shirinliklar qatorida non berib xayrlashish odat tusiga kirgan. Ushbu nonlar soni ham hamisha juft bo‘lishi kerak. 

Fakt №9

Non pishirish jarayoni boshidan oxiriga qadar qo‘l mehnatini talab qiladi. Bu borada qiziqarli hikoya ham mavjud: O‘rta Osiyoda mahalliy odamlar odatda nonlarni do‘konlardan emas, nonvoyxonalardan harid qilishgan. O‘tgan asrning 70 yillarida SSSR oziq-ovqat sanoati vazirligi ilmiy tadqiqotlar institutiga non pishirishni mexanizatsiyalashtirish talabini qo‘yadi. Institut mutaxassislari loyiha ustida juda ko‘p vaqt mehnat qiladilar, ammo nonning shaklini mashina yordamida chiqarish imkonsiz ekanligini tan olishadi. 

Fakt №10

O‘zbekistonda non tayyorlashning ko‘plab usullari va retseptlari bor. Mamlakatning har bir viloyati va hududi o‘zining ajoyib retseptlari bilan maqtana oladi. Misol usun Farg‘ona vodiysida qatlama nonlari juda ommalashgan. Uni tayyorlash vaqtida har bir qavat o‘rtasiga sariyog‘ yoki qaymoq surtiladi. Aynan ushbu hududda jizzali va ko‘k patir ham tayyorlanadi. Qashqadaryo nonlari javdar unidan pishiriladi va betakror ta’mi bilan bir umrga yodingizda qoladi. Zog‘ora non o‘ta qadimgi retsept asosida tayyorlanishi bilan diqqatga sazovordir. Samarqand nonlari esa to‘yimli va qalin ekanligi bilan sizni hayratga soladi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook