Og‘ir va dahshatli kasb: Hindistondagi kanalizatsiya g‘avvoslari haqida eshitganmisiz?
Og‘ir va dahshatli kasb: Hindistondagi kanalizatsiya g‘avvoslari haqida eshitganmisiz?
Dunyodagi hech bir kasb o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Uning kelishib chiqishiga ma’lum sabablar asos yaratgani aniq. Dunyodagi har bir mehnat qilayotgan inson - hurmatga sazovor. Har bir kasb jamiyat uchun o‘z o‘rnida muhimdir.

Ammo, dunyoda shunday kasblar ham borki, bu haqida eshitishning o‘zi sizni hayratga solib qo‘yishi mumkin. Misol uchun Hindistonda kanalizatsiya g‘avvoslari o‘zlarining og‘ir mehnatlari ortidan kun ko‘rishadi. Bunday kasb turini dunyoning boshqa hech bir burchagida uchrata olmaysiz.

Bu qanday kasb va unga nisbatan bo‘lgan talab qay daraja?

Hindistondagi kanalizatsiya g‘avvoslarini shahar sharoitlarida truba o‘tkazgichlarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi inosnlarga qiyoslash mumkin. Biroq, ular orasidagi farqlar ham yetarlicha: Hindistonda bu ishda hech qanday malaka va ma’lumotga ega bo‘lmagan insonlar mehnat qilishadi, ular bevosita kanalizatsiya ichiga suzib kirib, tiqinlarni qo‘llari bilan tozalab olishadi.

Trubalarni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun uchun maxsus liboslar va uskunalardan foydalanishlari haqida bilasiz. Hindistonning g‘avvoslari esa hech qanday xavfsizlik qoidalariga ham e’tibor berib o‘tirishmaydi. 

Ular har safar kanalizatsiya ichiga tushayotgan vaqtlari o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yadilar. Shu sababli ham ular orasida o‘lim ko‘rsatkichlari juda baland.

1993 yilda aynan mana shu sabab tufayli Hindistonda kanalizatsiya g‘avvosligi bilan shug‘ullanish ta’qiqlab qo‘yilgan, shunga qaramay ushbu kasbga bo‘lgan talab yuqori ekani bois uni butunlay yo‘qotib bo‘lmadi.

Kanalizatsiya -  Hindiston uchun juda katta muammo. Bu yerdagi boylar yashaydigan tumanlarda ham trubalar toza emas. Chiqindi to‘g‘ri daryoga oqib ketadi, kanalizatsiya quduqlarini biror turdagi panjara bilan himoyalab qo‘yish birovning hayoliga ham kelmaydi. Shu sababli minglab g‘avvoslar har kuni mana shu ish bilan shug‘ullanishadi. Aslini olganda mana shu odamlar sharofati bilan aholi vakillarining hayoti birmuncha yaxshilanadi, yo‘qsa shaharlarda juda katta muammolar yuzaga kelgan bo‘lardi. Ammo, insonlar kanalizatsiya g‘avvoslarini odam o‘rnida ko‘rishmaydi. Odatda bu ish bilan o‘ta nochor insonlar va eng quyi kasta vakillari shug‘ullanishadi. 

Og‘ir ish kunlari

Kanalizatsiya g‘avvoslari haftasiga 7 kun, kuniga 12 soatdan mehnat qilishadi. Og‘ir mehnatlari evaziga esa bir kun davomida 5 dollar va undan kamroq pul topishlari mumkin. Ko‘p hollarda bu kabi ishchilar o‘z kasblari ortidan turli kasalliklar orttirishadi, ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lishadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kasb bilan shug‘ullanuvchi insonlarning 70%i ish vaqtidagi baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lar ekanlar.

2018 yilda aynan mana shu sababli Nyu-Dehli shahri ko‘chalarida odamlar namoyish uyushtirganlar. Ular kanalizatsiya g‘avvoslarining mehnat sharoitlarini yaxshilashni hukumatdan talab qilgan edilar. Ming afsuski, ularning murojaatlariga hali biror javob bo‘lganicha yo‘q. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook